O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

 
1.2. Ekologiya tushunchasi 
 
Fanning vazifasi. Ekologiya – tirik organizmlarning o‘zaro maq-
sadi hamda ular yashayotgan tashqi muhit bilan aloqasi va tirik or-
ganizmlar tizimidagi turli-tuman bog‘lanishlarni o‘rgatadigan fandir. 
Bu fan biologiya fanining tarkibiy bo‘lagi bo‘lishi bilan bir qatorda, 
kimyo, fizika, geologiya, o‘rmonchilik, dehqonchilik, tuproqshunoslik, 
matematika va boshqa tabiiy fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Birinchi bo‘lib “ekologiya” atamasini nemis olimi E.Gekkel fanga 
kiritdi, bu atama tirik dunyoning o‘zini o‘rab turgan muhit bilan o‘zaro 
bog‘liqligini o‘rgatadi. Ch.Darvin ta’rifi bo‘yicha, “yashash uchun 
kurashish sharoitlarini keltirib chiqaradi”. 
Ekologiya fanining o‘rganadigan predmeti – tirik organizmlar, 
populyatsiyalar, turlar, biotik va biosferik darajada tashkil qilingan 
ekotizim va uning tashqi dunyo bilan o‘zaro aloqasidir. Ekologiyani 
o‘rganishning bosh obyekti – ekotizim yoki tabiiy komplekslarning 
birligi, tirik organizmlarning hosil bo‘lishi va ular yashaydigan 
muhitdir.
Ekologiyaning bosh vazifasi – tabiat, jamiyat va ular bog‘liq-
ligining yangi qarashlari, kishilik jamiyatini biosferaning bir bo‘lagi 
ekanligini boshqalarga o‘rgatishdir. Aslida ekologiyaning vazifasi 
turlicha bo‘lib, ekologik tizimlarning umumiy qonuniyatlari asosida 
ishlanmalar berishi, biologik xilma-xillikni o‘rganishi va uni saqlab 
qolish mexanizmini ishlab chiqish, inson ta’siri natijasida kutiladigan 


13 
xavf-xatarni baholash va oldindan ko‘ra bilish, tabiiy resurslarni saqlab 
qolish, ko‘paytirish va undan rasional foydalanishdir. Ekologiya 
fanining rivojlanishi bosqichma-bosqich bo‘lib, o‘tgan asrning (XIX 
asrning) 60-yillaridan boshlanadi. Bu fanning rivojlanishi bosqichma-
bosqich amalga oshib bordi, dastlab ekologiya biologiya fanining bir 
bo‘lagi hisoblandi, XX asr boshlariga kelib, bir qator fidoyi olimlarning 
mehnati, ya’ni Ch.Adam va A.Tepsli, Ch.Elpeon, V.N.Sukachev va 
V.I.Vernadskiy, Aleksandr Gumgold, Charlz Darvin, V.V.Dokuchaev, 
G.F.Morozov, V.N.Sukachev va boshqalarning tabiatni hamda undagi 
tirik organizmlarni o‘rganishi orqali ekologiya fani shakllanib bordi. 
O‘zbekistonda ham bir qator olimlar bu fanning rivojlanishida o‘z 
hissalarini qo‘shishgan, K.Z.Zokirov, A.M.Muzaffarov, D.N.Qash-
qarov N.I.Granitov, T.Raximova, A.E.Ergashev va boshqalar o‘z 
asarlarida ekologiyaning ilmiy masalalarini bayon qilishgan. 
XX asrda O‘zbekistonda ekologiya fanining shakllanishi 
1919-yilda O‘rta Osiyoda birinchi universitet – Turkiston davlat 
universiteti ochildi. 1923-yilda ushbu universitet O‘rta Osiyo davlat 
universiteti deb qayta nomlandi va shu yillardan boshlab bu yerda sobiq 
ittifoq olimlari faoliyat yurita boshladilar. Ana shu olimlar O‘rta Osiyo 
ekologiya fani rivojiga katta hissa qo‘shdilar. 
O‘rta Osiyo ekologiyasi fanining ilmiy asoschilari bo‘lgan 
D.N.Kashkarov va E.P.Korovinlar O‘ODU tashkil topgan vaqtlarda 
O‘zbekistonga kelib bioekologiya faniga asos solgan birinchi olim-
lardir. 
D.N.Kashkarov Sukachev bilan birgalikda biosenoz haqidagi 
fikrlarni rivojlantirdi. Geografiya bilan ekologiyani bir-biriga bog‘lab, 
O‘zbekistonning tog‘li, tog‘ oldi, adirlar, sahro o‘simliklari, ularning 
joylashishi landshaftini o‘rganib chiqdi. Bu olimlar vrachlar bilan 
birgalikda ilmiy ishlar olib borib, o‘simliklarning inson sog‘ligi 
yo‘lidagi vazifasini ko‘rsatib berdilar. Hayvonlar ekologiyasi bo‘yicha 
ish olib borgan olim A.Pavlovskiyning ham xizmatlari katta, bu olim 
hayvonlar, o‘simliklar va odamlar bir-biriga bog‘liq holda rivojlani-
shini ko‘rsatib berdi. D.N.Kashkarovning “Среда и сообщества”, 
“Sinekologiya” kitoblari ekologiya fani shakllanishiga xizmat qilib 
kelmoqda. Ushbu kitoblar 1933-yilda Ch.Adams tomonidan ingliz 
tiliga tarjima qilingan. Amerika va ingliz olimlari Ch.Elton, 


14 
R.Chepman va boshqalar D.N.Kashkarovning ushbu kitoblarini o‘qib, 
ekologiya fani haqida fikr yurita boshladilar. 
Shuningdek, D.N.Kashkarov va E.P.Korovinlar birinchi bo‘lib 
“Sahro ekologiyasi” nomli monografiya yozdilar. Ekspeditsiyadan 
so‘ng ilmiy asoslarga tayanib yozilgan ushbu asarda mualliflar sahro 
o‘simliklari, ularning tarqalishi, biologiyasi, tarqalish areali haqida 
mufassal ma’lumotlar berdilar. O‘sha vaqtda dolzarb bo‘lgan 
ma’lumotlar berilgan asar tezlik bilan fransuz tiliga tarjima qilindi. 
E.P.Korovin O‘rta Osiyo fitoekologiyasini o‘zi borib, ko‘rib, 
ekspeditsiyalar o‘tkazib, haqqoniy ochib bergan fitoekolog olim 
hisoblanadi. Olim O‘rta Osiyo o‘simliklarining tarqalish zonalariga 
qarab, uning xaritasini chizib chiqdi. Quruqlik va sahrolarda floraning 
rivojlanishi biotsenozini o‘rganib, uni ilmiy asoslab berdilar. 
Bu ikki olim O‘rta Osiyo geografiyasi, landshaftlari, sahrolari, 
tog‘li hududlari, Qoraqum sahrosi evolyutsiyasi va gidriqlimini asoslab 
berdi.
N.Babushkin ham shu maktabga oid olimlar davrasiga kiradi. 
O‘rta Osiyo ushbu olimlarning izlanishlari tufayli, sobiq Covet 
Ittifoqi baland tog‘li hududlar va sahrosining ekologiyasini o‘rganish 
uchun laboratoriya bo‘lib qolgan edi. R.I.Abolin 1920-yillarda birinchi 
marta O‘rta Osiyo landshaftlarining ta’rifini yozib, hududlarining 
tuproq-biologik xaritasini chizib chiqdi. 
Akademik R.U.Raximbekov bizning zamondoshimiz bo‘lib, aslida 
D.N.Kashkarov maktabining umidli shogirdlaridan biri, bu olim 
ekologiya va geografiya fanining rivoji uchun O‘rta Osiyo sahro va 
tog‘li hududlari biologiyasini o‘rganishda katta ilmiy izlanishlar olib 
bordi.
“Biosfera” atamasini birinchi bo‘lib J.B.Lamark (1744-1829) fanga 
kiritdi va uning ma’nosi “hayot tarqalgan joy va yer yuzasida 
bo‘layotgan hayotiy jarayonlarga tirik organizmlarning ta’siri” deb 
ifodaladi. Lamarkdan so‘ng E.Zyuss 1875-yilda (Avstriya) “biosfera” 
atamasini ikkinchi bor fanga kiritib, unga aniq ta’rif beradi va “yerda 
tarqalgan maxsus qobiq” deb ifodalaydi.
Shu tariqa o‘simliklar, hayvonlar, turlar ekologiyasi (populyatsiya) 
haqidagi fikrlar shakllandi. 
1930-yillarda ingliz olimi Ch.Eltonning ilmiy ishlari asosida 
populyatsiya ekologiyasi vujudga keldi, bu olim ayrim individlarni 
o‘rganishda populyatsiyalarni birlik sifatida o‘rganishni taklif qildi. 


15 
Ekologiyada yana bir tarmoq – tajribaviy ekologiya XX asrning 30-
yillarida G.F.Gauze nomi bilan bog‘liq bo‘lib, u tufelkalar ustida tajriba 
olib borib, “Tajriba ekologiyasi” faniga asos soldi.
1935-yilda ingliz olimi A.Tepsli “ekotizim” degan tushunchani 
kiritdi va bu so‘z tezda o‘z o‘rnini topdi. 
V.N.Sukachev 1942-yil “biogeosenoz” tushunchasini ilmiy asos-
ladi, uning fikricha, organizmlar o‘zlari yashab turgan muhitdagi 
abiotik omillar bilan o‘zaro aloqada, barcha organizmlar va anorganik 
muhit bir-biriga bog‘liq, tabiatda modda aylanishi va energiyaning 
hosil bo‘lishi biogeotsenozning asosi hisoblanadi. 
Ekotizimning rivojlanishi V.I.Vernadskiy tomonidan biosfera 
ta’minotini ekologik asoslarda isbotlash imkonini berdi. Olimning 
fikricha, biosfera global ekotizim sifatida shakllandi, u ekologik 
qonuniyatlarga bo‘ysunadi, modda va energiya balanslarini bir holatda 
ushlaydi. 
1964-yilda Xalqaro biologik dastur qabul qilindi, dastur asosida 
ona sayyoraning maksimal biologik hosildorligi va demografik holat, 
yer sharidan foydalanishga bo‘lgan talab olimlar tomonidan o‘rganib 
chiqildi.
Ekologiya fani olimlarning olib borgan ishlari asosida sekin, 
bosqichma-bosqich o‘sib, yangi ilmiy tushunchalar bilan boyib bordi. 
Ekotizim, biotsenoz va biosfera olimlarning ilmiy ishlari natijasida fan 
sifatida shakllandi. Bu paytlarda hali insoniyat o‘zini tabiatning xo‘ja-
yini va “biz tabiatni boshqarishni o‘rganishimiz kerak” deb hisoblardi. 
XIX asr oxirlari va XX asr boshlarida, ya’ni ekologiyaning shakllanish 
davrlarida J.B.Lamark va T.Maltus kabi olimlar tabiatga ta’sir qilish 
natijasida undan keladigan xavf-xatar to‘g‘risida insoniyatni ogohlan-
tirishgan edi. 
Ekologiyaning rivojlanishi va shakllanishida Ch.Darvin organik 
dunyoda evolyutsiyaning asosiy qonuniyatlarini isbotladi, “yashash 
uchun kurash”, abiotik muhitda tirik organizmlarning o‘zaro va bir-biri 
bilan bog‘liqligini asoslab berdi.
Evolyutsiya jarayoni hech kim tomonidan boshqarib va oldindan 
ko‘rib bo‘lmaydigan tasodif mutatsiya hamda tabiiy tanlash natijasidir. 
Hozirgi zamonaviy evolyutsiya aniq ishonchli ilmiy bilimlarga 
asoslanadi va ish olib boradi.


16 
Ekologiya fanining hozirgi tarmoqlari qirqdan ziyod, kelajakda bu 
raqam yanada ko‘payishi aniq. Hozircha ekologiyani uchta yirik 
tarmoqqa bo‘lib o‘rganish mumkin. Bular: 
● Umumiy ekologiya – tirik organizmlarning yashash muhitini va 
ularning o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatlarini o‘rganadi. 
● Nazariy ekologiya – hayotiy jarayonlar tashkillashuvidagi 
umumiy qonuniyatlarni o‘rganadi va ochib beradi. 
● Amaliy ekologiya – insoniyat tomonidan biosferaga kelti-
rilayotgan zarar mexanizmini o‘rganib, ushbu jarayonlarning oldini 
olish usullarini ishlab chiqadi va tabiiy muhitni himoya qilish va tabiiy 
resurslardan rasional foydalanish prinsiplarini ishlab chiqadi. 
Umumiy ekologiya o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi: maxsus 
yoki autekologiya, populyatsion ekologiya yoki demoekologiya, 
turkum ekologiyasi yoki sinekologiya.
Ekologiya vaqt oqimiga bo‘ysunib, tarixiy va evolyutsion eko-
logiyaga bo‘linadi, shuningdek, hozir o‘simliklar ekologiyasi, hayvon-
lar ekologiyasi, mikroorganizmlar ekologiyasi shakllandi. Bugungi 
kunda tabiiy rivojlanish oqibatlaridan kelib chiqib, global ekologiya 
fani yuzaga keldi va bu fan yer sharidagi ekologik muammolarni va 
biosferani global ekotizim sifatida o‘rganadi. Insonlarning tabiatga 
bo‘lgan munosabatlarini shakllantirishda yana bir maxsus fan – ijtimoiy 
ekologiya (sotsial ekologiya) paydo bo‘ldi. 
Bu fanni kishilik jamiyati va tabiatning o‘zaro aloqasi ri-
vojlantiradi. Yana bir alohida bo‘lim – inson ekologiyasi (antro-
poekologiya), insonning bioijtimoiy tirik jon sifatida tashqi dunyo bilan 
o‘zaro bog‘liqligini o‘rganib boradi. 
Hozirgi zamon ekologiyasi siyosiy, huquqiy organlar, iqtisod, 
psixologiya, pedagogika va ma’naviyat bilan chambarchas aloqada 
bo‘lib, insonning tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasi va bu boradagi 
muammolarni muttasil o‘rganib boradi. Uning vazifasi jamiyatda ri-
vojlanishning iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy yo‘nalishlari o‘sib borishi 
hamda fan va texnika yutuqlarining ayrim ko‘rsatkichlari natijasida 
inson va tashqi muhit o‘rtasidagi salbiy oqibatlarni minimumga 
keltirish borasida ish olib borish hisoblanadi. Ekologiya atamasi bugun 
asta-sekin har bir inson ongiga etib bormoqda, o‘zi yashab turgan muhit 
haqida o‘ylashga majbur qilmoqda. Ekologik qarashlar kishilik jamiyati 
va tabiat o‘rtasida biomarkaziy prinsiplarni amalga oshirishga xizmat 


17 
qiladi. Ekologiya tabiatdan rasional foydalanish va atrof-muhitni hi-
moya qilishning nazariy poydevori bo‘lib hisoblanadi. 
Bugungi ekologiya fani inson ta’siri va atrof-muhit o‘rtasidagi 
murakkab muammolarni o‘rganadigan fanlar yig‘indisidir. Bu muam-
molarning dolzarbligi va murakkabligi natijasida ko‘pgina tabiiy, 
texnik va gumanitar fanlar ekologiyalashtirildi, natijada ekologiya 
tarmoqlarga bo‘linib, bir qator yo‘nalishlar barpo bo‘ldi, ular geo-
ekologiya, qishloq xo‘jaligi ekologiyasi, injenerlik ekologiyasi, kosmik 
ekologiya, matematik ekologiya va boshqalar. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin