I BOB. O‘ZBEKISTONDA EKOLOGIK SIYOSATNING
MOHIYATI VA UNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI
1.1. Respublikada ekologik siyosatning shakllanishi
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat
boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respub-
likasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish
sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-
yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston
Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat
qo‘mitasi qayta tashkil etildi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
faoliyatining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:
● ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan
oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvi;
atrof-muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy
komplekslar va alohida obyektlar muhofaza qilinishini, ekologik sha-
roitning sog‘lomlashtirilishini ta’minlash; chiqindilar bilan bog‘liq ish-
larni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan
davlat ekologik nazoratini amalga oshirish, mahalliy davlat hokimiyati
organlari va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bilan mus-
tahkam hamkorlikda maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya
qilish, qayta ishlash va ko‘mish borasida ta’sirchan tizimni tashkil etish;
● yer, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, muhofaza qilinadigan
tabiiy hududlar, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va
ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi
qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratni o‘rnatish;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish,
tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash borasida yagona siyosatni
amalga oshirishga oid amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga
oshirishda idoralararo hamkorlikni ta’minlash;
● ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat
kadastrini yuritish, yovvoyi hayvonlarni, yovvoyi o‘simliklarni
ko‘paytirish va saqlash pitomniklarini, zoologiya va botanikaga oid
9
kolleksiyalarni davlat tomonidan ro‘yxatga olish; ekologik tarbiya,
targ‘ibot va ta’limni, shuningdek, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza
qilish sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini
oshirishni tashkil etish.
Butun dunyodagi insonlarni bezovta qilayotgan “ozon tuynugi”
tabiatni asrashda eng global muammolardan biridir. Ozon qatlami
qalinligi 3-5 mm va yerdan 17 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib,
odamlarni quyoshdan keladigan ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi.
Quyoshdan keladigan nurlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tib kelsa, barcha tirik
organizmlarni halok etadi. Ozon qatlami inson uchun nozik qalqon
bo‘lib kelgan, ammo keyingi paytda aqlli inson tomonidan texnogen
omillarning rivojlanib borishi natijasida nozik qalqonda teshik paydo
qilindi. “Antropogen ta’sirida atmosferaga katta miqdorda ftorli, xlorli
gazlar, freonlar va (NO
2
) azod oksidlari tashlanadi. Hozirgi kunda ozon
teshigi Antarktidaning kichikroq maydonida va Arktikada hosil bo‘ldi.
Shuningdek, katta shaharlar ustidagi ozon qatlami ham kun sayin
yupqalashib bormoqda”
1
.
«Inson tomonidan biosferaga ko‘rsatilayotgan ta’sirni tartibga
solish, ijtimoiy taraqqiyot bilan qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning
o‘zaro ta’sirini uyg‘unlashtirish, inson va tabiatning o‘zaro munosa-
batlarida muvozanatga erishish muammolari borgan sari dolzarb bo‘lib
qolmoqda.
Ekologik xavfsizlik kishilik jamiyatining buguni va ertasi uchun
dolzarbligi, juda zarurligi bois eng muhim muammolar jumlasiga
kiradi. Bu muammolar amaliy tarzda hal etilsa, ko‘p jihatdan hozirgi va
kelgusi avlod turmushining ahvoli va sifatini belgilash imkoniyatini
beradi»
2
.
Mamlakatimizdagi ekologik xavfsizlik siyosati O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi, atrof-muhit va barqaror rivojlanishga oid
qonunchilik hamda Yoxannesburg Deklaratsiyalari va Parij
konferensiyalari tamoyillari asosida olib borilib, ijtimoiy va ekologik
yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti orqali huquqiy demokratik davlat va
ochiq fuqarolik jamiyati barpo etilmoqda.
1
Odum E.P., 1980a Radiation ecology at Oak Rider/ In – Environmental Sciences Laboratorory
Dedication, Oak Ridge, Teen., Oak Rige National Laboratoru, pop. 53-57.
2
Mirziyoev Sh.M.
“Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi
tizimini takomillashtirish to’g‘risida”gi Farmoni. 21-aprel 2017-yil. Toshkent.
10
Biroq istiqbolda respublikamiz hududida quyidagi ekologik
muammolar o‘z echimini kutib qolmoqda:
● Orol dengizining qurishi tufayli kelib chiqqan ekologik vaziyat;
● ko‘p yillik paxta yakkahokimligi, ma’danli o‘g‘itlar va o‘sim-
liklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini me’yoridan ortiq
ishlatish, flora va faunaning degradatsiyasi tufayli vujudga kelgan
tuproq va suv resurslari sifatining qoniqarsizligi;
● tuproq, suv, biologik resurslar va atmosfera havosi sifatiga
antropogen, ayniqsa, sanoat ishlab chiqarishi ta’sirining kuchayishi;
● sanoat va maishiy chiqindilarni to‘plash, tashish va qayta ishlash
tizimining qoniqarsizligi;
● atrof-muhit holati va uni ifloslantirish manbalari axborot
monitoringining texnik va metodik ta’minoti rivojlanmaganligi va shu
kabilar.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza
qilish davlat qo‘mitasi huzurida Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan
tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ularning foydalanishni nazorat
qilish inspeksiyasining markaziy apparati tuzilmasi hamda uning
hududiy inspeksiyalari faoliyat olib boradi. Ushbu qo‘mita
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza
qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-
muhitni muhofaza qilish boshqarmalarida chiqindilarning hosil
bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta
ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilib boradi.
Qarorda chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, ta-
shilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsi-
yasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatining asosiy vazifalari va
yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilangan:
• davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, mahalliy ijro etuvchi
hokimiyat organlari, obodonlashtirish boshqarmalarining shahar va
tumanlardagi ixtisoslashtirilgan sanitariya tozalash tashkilotlari, “Toza
hudud” va “Maxsustrans” davlat unitar korxonalari, shuningdek,
chiqindilar bilan bog‘liq sohadagi qonun hujjatlariga rioya etish
bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyati ustidan davlat
nazoratini amalga oshirish;
• chiqindi yig‘ish punktlarini belgilangan tartibda tashkil etish,
chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish, ruxsat etilmagan joylarda chiqin-
dixonalar tashkil etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, poligonlarni boshqarish,
11
chiqindilarni utilizasiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizasiya
qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish;
• chiqindilar bilan bog‘liq ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish,
ularni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastrini
yuritish;
• jamoatchilik tomonidan ekologik nazoratni amalga oshirishda
fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va nodavlat- notijorat
tashkilotlariga ko‘maklashish;
• chiqindilar bilan bog‘liq sohada qonun hujjatlari talablariga rioya
etmagan aybdor shaxslarga nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘llash
orqali ularni ma’muriy javobgarlikka tortish.
Ekologiya – hozirgi kunda ma’lum hudud yoki respublika
miqyosidan chiqib, umumbashar muammosiga aylangan, biz buni
quyidagi muammolarda ko‘rishimiz mumkin.
Ikkinchi katta muammolardan biri – bu kislotali yomg‘irlarning
yog‘ishi hisoblanadi, atmosferaga ozon, uglevod va oltingugurt
dioksidlari va boshqa gazlar yuqori atmosferadan yog‘inlar natijasida
yerga qaytib tushadi. Kislotali yomg‘irlar qaerda yog‘masin, o‘sha
joydagi tuproqlarni zaharli moddalar bilan boyitib, tuproq tarkibida
mikroorganizmlarning faoliyatini buzadi, mazkur tuproqdan unib
chiqqan o‘simlik bu zaharli mahsulotlarning bir qismini o‘zi bilan olib
chiqadi, shu tariqa inson organizmiga o‘tib, og‘ir kasalliklarni keltirib
chiqaradi. Shuningdek, hayvonlar ham shu o‘simliklarni iste’mol -
qilgandan so‘ng, ularning mahsulotlari iste’molga yaroqsiz bo‘ladi yoki
noekologik toza mahsulotlardan inson organizmiga o‘tadi.
Uchinchi muammo – sanoati rivojlangan shaharlarda ko‘p uch-
raydi, atmosferaning ifloslanishidan insonlarda nafas olish yo‘llari
hamda teri kasalliklarini keltirib chiqarmoqda, qaerda atmosferaga
ozon, uglerod va oltingugurt dioksidi tushgan bo‘lsa, bunday yomg‘irli
havoda insonning sog‘lig‘i yomonlashadi. Donli ekinlar, sabzavot-
larning hosili iste’mol uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi, qishloq xo‘jaligi
bu xildagi yomg‘irlardan katta zarar ko‘radi. Shuningdek, barcha
turdagi metallar zanglaydi yoki korroziyaga uchraydi.
To‘rtinchi muammo – “parnik effekti” deganda, karbonat angidrid
saqlovchi qalin gazlar tutuni yuqoriga ko‘tarilib, yerni o‘rab oladi,
quyosh nurlarining ochiq kosmosga o‘tishiga to‘sqinlik qiladi, natijada
yerda havo isib boradi va iqlim o‘zgarishiga olib keladi. Keyingi
ma’lumotlarga ko‘ra, yaqin kelajakda (50-60-yil) Arktika va Antarktida
12
muzlari erib, Tinch okeani va Atlantika okeani suvlari hajmi taxminan
50 metr balandlikka ko‘tarilishi taxmin qilinmoqda. Okean suvlarining
ko‘tarilishi natijasida Yevropa, Afrika va Avstraliyaning bir qator
qirg‘oqlarini suv bosish ehtimoli bor.
Tabiatni eng ko‘p miqdorda ifloslaydigan vositalardan biri neftni
qayta ishlash va radioktiv moddalarning chiqindilari hisoblanadi.
Bularning ta’sirida o‘simliklar florasi va fauna to‘g‘ridan-to‘g‘ri nobud
bo‘ladi.
O‘zbekistonda eng katta ekologik fojia – Orol dengizi hajmining
kichrayishi hisoblanadi. Orol dengizi hajmi 67,5 kv. km dan 17,6 kv.
km ga kichraydi. Shuningdek, “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish”
kitobidan ijtimoiy-gumanitar, texnik, iqtisodchi va boshqa soha yo‘nalish-
lari yoki keng yo‘nalishda darslik sifatida foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |