O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

“apokalipsis” boshlandi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, issiq havo 
oqimi bir joyda uzoq turib qolmoqda, bunday joylarga Yevropa, 
Yaponiya va AQSH hududlari kiradi. Issiq havo oqimi 2011-yilda 
Texas va Oklaxomada turib qolishi natijasida o‘rmon yong‘inlari kelib 
chiqdi va katta miqdorda maydonlar yonib kuyib kul bo‘ldi, yomg‘ir 
bo‘lmasa bunday katta hududlarni o‘chirishini iloji yo‘q edi. 2016-yilda 
Kanada ham issiq havo oqimining to‘planishi natijasida katta o‘rmon 
yong‘inlari kelib chiqdi va tabiatga va Kanada davlatiga keltirilgan 
zarar miqdorini o‘lchash qiyin bo‘ldi. 
Bu yil, ya’ni 2018-yil yozida Amerika qo‘shma shtatlarida
4 million gektardan ziyod maydonda yong‘inlar bo‘lib o‘tdi, ammo bu 
yong‘inlarni o‘chirishga hech kimni yoki biron texnikani qudrati 
yetmadi. Faqatgina tabiat o‘zi yog‘dirgan yomg‘ir natijasida tabiatni 
kuydirib kul qilgan olovning jilovi tortildi. Kaliforniyada keyingi besh-
yildan beri issiq havo oqimidan kelib chiqqan yong‘inlar yuzga yaqin 
kishi nobud bo‘ldi. 2017-yilda yong‘inning muddati butun yoz 
davomida davom etdi. Oregona bilan chegara joylar 127 kv.mil 
maydonida yong‘in tornodo singari aholi zich joylashgan hududlarda 
o‘z uylarni tashlab ketishga majburladi va ularning bor narsalari kuyib 
kul bo‘ldi.



Shvetsiya davlati o‘zining salqin iqlimi bilan barchaning havasini 
keltirardi, ammo bugungi shvesiya unga mutlaqo o‘xshamaydi. Qor 
boboning vatani bo‘lmish Laplandiyada hatto yong‘inlar natijasida 900 
stadion yonib ketdi. Chunki ikki oy davomida bir marta ham yomg‘ir 
yog‘maganligi tufayli havo harorati 30 
0
S bo‘lmoqda. Bunday issiqlar 
Shvetsiya uchun ham Laplandiya uchun ham mutlaqo kuzatilmagan 
edi. Norvegiya o‘rmonlari ham yong‘inlar uzluksiz kuzatilmoqda. 
Yaponiyada yong‘inlar kuzatilmadi, ammo havo harorati 41 
0
S dan 
oshgani uchun, tabiiy katastrofa deb e’lon qilindi. 2018-yil Gretsiya 
katta yong‘in bo‘ldi, yuzga yaqin odam kuyib kul bo‘ldi. Yong‘in 90 
minutda besh kilometr masofani egalladi, tezlik kuchli bo‘lgani uchun 
odamlarni qutqarish imkoni juda kamaydi. Ko‘pchi lik odamlar 
o‘zlarini dengizga tashlab olovdan qutilib qolishdi.
Buyuk Britaniya va boshqa Yevropa mamlakatlarida ham kutil-
magan issiqlar kuzatilmoqda, bunday issiq harorat haqi da bu mam-
lakatlarning aholisi o‘ylab ham ko‘rishmagan edilar. Angliya davlati 
meteorologlarning kuzatishlari bo‘yicha keyingi 350-yil davrda 2018-
yildagi issiq havo harorati bilan 18 o‘rinni egalladi. Angliyada bunday 
issiq lar 1976-yilda bo‘lgan bunda havo harorati 42 
0
S ga etgan, shu 
davrda uch oy yoz mobaynida bir tomchi ham yomg‘ir yog‘magan 
bo‘lib, hamma o‘simliklar suvsizlikdan nobud bo‘lgan. 2003-yilda yana 
shu holat takrorlandi. Qurg‘oqchilik butun dunyoda kezib yuribdi, hatto 
Afrikada ham havoning harorati oldingi yillardan ko‘ra yuqori 
ekanligini sinoptiklar o‘z ma’lumotlarida keltirishmoqda.
Saxara sahrosidan butun Afrika bo‘ylab issiq havo tarqaladi, 
sug‘orma dehqonchilik qiladigan mamlakatlarda osilib turadi. 2013-
yilda yoz faslida 50 kun davomida Shanxayda chidab bo‘lmaydigan 
darajadagi issiq kunlar hukm surdi, natijada qancha odam o‘lib ketdi. 
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrida havoning harorati 1902-
yildan 2002-yilgacha 1,3 
0
Sga isigan, Almati shahrida shu davrda havo 
harorati 1,8 
0
Sga, ammo Toshkent shahrida 2002-yildan 2017-yilgacha 
havo harortai 1,5 
0
Sga oshgan, 15 yilda harorat shuncha tezlik bilan 
oshdi. Global isish muammolari Markaziy Osiyo davlatlarini ham ayab 
qo‘ygani yo‘q. Orol dengizining qurib borishining asossiy sabablaridan 
biri ham Global isish hisoblanadi. To‘g‘ri bu borada Amudaryo va 
Sirdaryoning suvi ushbu respublika aholisi tomonidan sug‘orma 
dehqonchilikka sarflanmoqda. Ammo suvning Orol dengizi yuzasidan 



parlanib borishi ham odatdagidan tezlashganligi tufayli, dengizning 
qurib borishi yanada tezlashdi. 
Ekologiya va atrof muhitni himoya qilish qo‘mitasini ma’lumotlarga 
ko‘ra, 1964-yili Orol dengizining maydoni 68,9 ming km kv. bo‘lgan, 
undagi suv hajmi esa 1083 km kubdan oshgan.Bu vaqtlarda har yili Orol 
dengizidan 30-35 ming tonna baliq tutilgan tva konserva zavodlari ishlab 
turgan, dengiz suvida 38 turdagi baliqlar yashagan.
1969-yildan boshlab, minglab yillar mavjud bo‘lgan, bir vaqtlar 
“Ko‘k dengiz” nomini olgan, go‘zal dengiz suvi kamayib o‘z hajmini 
qisqartira boshladi, uning mavjud suv sathi sho‘rlana boshlandi. 
Oroldagi suv hajmi 15 barobar, dengiz sathi 29 metrga qisqardi, yana 
qisqarib bormoqda. Ayni paytda Oroldagi bir litr suv tarkibida 150-300 
grammgacha tuz mavjud. Bunaqa sho‘rlangan suv bironta dengizda 
uchramaydi, hatto okean suvidagi tuz miqdori (18-24 gr.) tashkil etadi. 
Ammo shunchalik sho‘r suvda birgina tur baliq yashamoqda. 
Orolbo‘yida yashagan Osiyo gepardi, Kaspiy yo‘lbarsi, Ustyurt 
qulonlarining so‘nggi vakillari jon berdi. Orol bo‘yi flora va faunasi 
deyarli yo‘qoldi, Orol dengizi bo‘ylarida eng ko‘p sonli o‘simliklar va 
hayvonlar turi mavjud edi. Endi har yili 100 million tonnagacha tuz-
qum bo‘roni havoga ko‘tariladi. Tuz bo‘ronlari endilkda yil bo‘yi 
bemalol 400 - 1000 kmgacha uchib boradi. Qoraqalpog‘iston, Xorazm 
va Buxora viloyatlarining unumdor yerlarini sho‘rlantirib yubordi. 
Xorazm viloyatining dehqonchiligini va ekin turlarini hamda sug‘orma 
dehqonchiligini akademik N.I.Vavilov Yegipet dehqonchiligi bilan 
tenglagan edi. Shunday unumdor dehqonchilik tizimi tanazzulga yuz 
tutmoqda.
Yil sayin Orol dengiziga eng yaqin bo‘lgan Qoraqalpog‘istonda 
ham flora va fauna turi kamayib bormoqda, insonlar o‘rtasida turli xil 
kasalliklar ko‘payib bormoqda. Ekin maydonlari sho‘rlanib ekilgan 
ekinlarning hosildorligi yil sayin kamayib bormoqda. Dengizning 
qurishidan baliqchilik sanoatiga etgan zarar 40 million, qayta ishlab 
chiqarish sohasidan kelib chiqqan zarar 99 million dollardan ortiqqa 
baholanadi.
Orol saqlanib qolishi uchun uning jon tomiri - Amu va Sirdaryodan 
oqib keladigan suvning unga kelib quyulishidir. Ammo kun sayin kelib 
tushadigan suv miqdori kamayib bormoqda, natijada Orol dengizi qurib 
borishga mahkum bo‘ldi. O‘zbekiston juda katta sug‘orma 
dehqonchilik maydoniga ega bo‘lishiga qaramasdan Amudaryo suv 



resurslaridan faqatgina 4 foiz, Sirdaryodan esa 6 foiz foydalanadi. 
Qo‘shni Tojikiston Amu suvlarining 39 foizi, Qirg‘iziston Sirdaryo 
boyliklaridan 23 foizini o‘z ehtiyojiga ishlatadi.
Global isish jarayoni insonlarning sog‘ligiga, yashash sharoitiga
hayotiy omillariga salbiy ta’sir qiladi. Yer sharidagi tabiiy katak-
lizmalar yaqin o‘n yillarda iqlim o‘zgarishi shu jarayonda borsa, bir 
qator salbiy hodisalar bo‘lishi insoniyatni xavfli halokatlar kutilmoqda. 
Iqlim o‘zgarishi ham siyosiy, ham iqtisodiy yo‘nalishda inson-
larning hayotiy taqdirini hal qilishda shakllanmoqda. Davlatlar o‘rta-
sida siyosiy muammolarni hal qilishda asosiy bahona bo‘lib, qaerdadir 
insonlar taqdiri ustida jon kuydiradi gan “uydirma” hisoblanadi. Kimdir 
o‘z hayot xavfsizligi uchun jon kuydiradigan bo‘lsa, kimdir 
mamlakatlar uchun jon kuydiradigan “kimsa” bo‘lib xizmat qiladi. 
Darslikda atrof-muhit himoyasi va insonning tabiat bilan 
bog‘liqligi barcha yo‘nalish talabalari uchun tushunarli tarzda yoritib 
berilgan. Darslik DTS va unga mos ravishda ishlab chiqilgan o‘quv 
adabiyotlarining yangi avlodini yaratish konsepsiyasiga muvofiq holda 
nashrga tayyorlangan o‘quv darsligi hisoblanadi. 




Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin