O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti


 Ekologiyaning asosiy tushunchalari



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

1.3. Ekologiyaning asosiy tushunchalari 
 
Tirik materiyaning mavjudligi haqida olingan ilmiy evolyutsion 
ma’lumotlar mohiyati uning erda 3 mlrd. yillardan buyon davom 
etayotganini asoslab berdi. Paleontolog olimlar olgan ma’lumotlar 
yerda yashaydigan tirik organizmlar yashash jarayonida o‘zgarib tu-
rishini ko‘rsatdi. Masalan, odamning paydo bo‘lish evolyutsiyasidan 
hozirgacha uzoq davr o‘tgan, hozirgi odam o‘zining dastlabki o‘tmish-
doshlaridan farq qiladi. Arxeologlarning asoslashiga ko‘ra, odamga 
o‘tish davridagi o‘tmishdoshlar va maymunga o‘xshash o‘tmishdosh-
larning hamda o‘lib bitgan hayvonlarning DNK tahlili, jami yerda 
yashagan tirik organizmlarning genetik jihatdan bir-biriga o‘xshashligi, 
ularning umumiy bir avloddan kelib chiqqanligini ko‘rsatadi.
Yerdagi tirik materiya erkin, o‘zini-o‘zi boshqaradigan tizim 
bo‘lib, oqsil va nuklein kislotalar yoki biopolimerlardan tashkil topgan. 
Notirik jismlardan farqli belgi va xossalarining muvofiqligi bilan ajralib 
turadi va ularning asosiy belgilari: 
1) hujayrali tashkillashuvi; 
2) modda almashinuvida oqsil va nuklein kislotalarning asosiy 
yetakchi o‘rni bilan, o‘z-o‘zidan yengillashib, yangi muhitda barqa-
rorlikni saqlab turadi.
Tirik organizmlarda, odatga ko‘ra, harakat, ta’sirlanish, o‘sish, 
rivojlanish, ritmiylik, ko‘payish va irsiylik belgilari namoyon bo‘ladi, 
shuningdek, ular tashqi muhitga moslashadi. Bundan tashqari, ular o‘z 
kimyoviy tarkiblarini saqlab, modda almashinuvi jarayonini tezlash-
tiradi. Tirik materiyalar kimyoviy elementlar – uglerod, kislorod, azot 


20 
va vodoroddan iborat bo‘ladi, shuni aytish kerakki, notirik tabiatda ham 
ushbu elementlar mavjud, ammo ularning miqdori boshqa nisbatda 
bo‘ladi. 
Tashqi muhit bilan o‘zaro bog‘liqlik, bir tomondan, barcha tirik 
materiya yaxlit bir tizim sifatida ko‘rinishi umumiy qonunlarga 
bo‘ysunadi, ikkinchi tomondan, hamma biologik tizim o‘ziga xos 
alohida bo‘lib, elementlar bilan o‘zaro bog‘langan bo‘ladi. 
Modda almashinuvi yoki metabolizm jarayonida tirik organizm-
larda ko‘pgina kimyoviy reaksiyalar borishi natijasida organizmga 
zarur moddalar ishlab chiqiladi va ular energiya bilan ta’minlanadi. 
Boradigan asosiy reaksiyalardan biri fotosintez bo‘lib, quyosh 
yorug‘ligi evaziga anorganik moddalardan organik moddalar hosil 
bo‘ladi. Fotosintez bilan bir qatorda organik birikmalarning sintezi 
jarayoni anorganik moddalar orqali boradi. Oltingugurt, vodorod, 
serovodorod, temir, ammiak, nitrat va boshqa anorganik moddalarning 
oksidlanishi kimyoviy energiya orqali boradi. Bu jarayon xemosintez 
deb ataladi. 
Har bir tirik organizmning paydo bo‘lganidan o‘lishiga qadar vaqt 
davomida har xil tezlikda metobolik jarayonlar boradi, bu jarayon 
ontogenez deyiladi. Ontogenez o‘zida morfologik, fiziologik va bioxillik 
yangilanishni ma’lum davomiylikda tirik organizmning butun hayotida 
muvofiqlashtirib boradi. Ontogenez organizmning o‘sishi, hajmi oshishi, 
gavdasi yiriklashuvi, bir hujayralilar va to‘qimalar o‘rtasidagi farqlar 
hamda organizmda turli funksiyalarning bajarilishini tartibga solib turadi. 
Biologik tizimning tashkillanish darajasi ierarxik tabiiy tizimda 
boradi yoki kichik tizimchalar katta tizimni tashkil qiladi. 
Tirik materiyaning strukturali tashkillanishi molekulyar, hu-
jayraviy, to‘qimada, organda, organizmda, populyatsiyada va biosfera 
darajasida boradi. Ekologiya – biologik tashkillashuvning darajalarini 
oddiy organizmdan ekotizimgacha va biosferani to‘liq o‘rganadi. 
Molekulyar darajada modda almashinuvi va irsiy ma’lumotlarni 
tashish jarayoni boradi. 
Hujayra – mustaqil yashashga moslashgan tirik organizmning 
elementar strukturasidir. 
To‘qima – o‘zida bir xil hujayra va hujayralararo moddalarning 
o‘zaro muvofiqligidir. 
Organ – ko‘p hujayrali organizmning bir qismi bo‘lib, alohida 
vazifani bajaradi. 


21 
Organizm – bu tirik jon bo‘lib, tashqi muhit bilan o‘zaro bog‘liq, 
biologik tur bo‘lib, yaxlit tizimdan iborat, bir-biriga o‘xshash, ammo 
alohidalik xususiyatiga ega, tur ichida ko‘payish imkoniyati bor. 
Populyatsiya – vaqt va makonda ma’lum bir turning alohida o‘z-
o‘zidan ko‘payishiga muvofiqligidir. Populyatsiyadagi umumiy o‘zga-
rishlar to‘rt narsaga bog‘liq bo‘ladi: tug‘ilish, nobud bo‘lish, kirib 
kelish va chiqib ketish (migratsiya). 
Biotsenoz yoki ekotizim – ma’lum bir aniq hududda o‘sib ri-
vojlanuvchi turli mikroorganizmlar, o‘simliklar va hayvonlarning bir-
biriga muvofiqligidir. 
Biosfera – yerning tirik materiyadan iborat qobig‘idir. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin