O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti


 Tabiiy ekotizimning klassifikatsiyasi



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

3.3. Tabiiy ekotizimning klassifikatsiyasi 
Ekotizimlar erning geografik landshaftini tashkil qiluvchi bo‘lgani 
uchun, tabiiy geografik landshaftning ajralmas qismi bo‘lib hisob-
lanadi. Biotsenozlar erning ustki qismida biosferaning asosiy qismini 
tashkil qiluvchi biogeosferani hosil qiladi. 
Landshaft – tabiiy geografik majmua bo‘lib, o‘z ichida lito-
sferaning yuqori gorizontlari, relyef, iqlim, suv, tuproqlarning o‘zaro 
aloqasini ta’minlaydi, rivojlanishda yagona tizim uchun bir xil sharoit 
yaratib beradi. Kelib chiqishiga qarab, landshaft ikkiga bo‘linadi: tabiiy 
va antropogen. 
Tabiiy landshaftlar inson ishtirokisiz, tabiiy omillar ta’sirida 
shakllanadi. Tabiiy landshaftlar o‘z navbatida 3 ga bo‘linadi: 
1. Geokimyoviy – yerning ustki qismidagi kimyoviy elementlar 
soni va tarkibi birikmalari. 


42 
2. Elementar – ma’lum uchastkada aniq bir jinslar ma’lum bir 
relyefda joylashishi, yer osti suvlari, o‘simliklar qoplami va bir xil 
tuproq sikllarida bo‘lishi. 
3. Qo‘riqlanadigan – ma’lum bir hududlarda insonlar tomonidan u 
yoki bu ishlar olib borilishi mutlaqo taqiqlanadi. 
Hozirgi paytda antropogen landshaftlar tabiiy landshaftlarga 
qaraganda ustunlik qilmoqda. Inson ta’sirida, xo‘jalik ish yuritish 
natijasida tabiiy landshaft mutlaq o‘zgarib ketadi. Antropogen 
landshaftlar o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi: 
● agromadaniy – (qishloq xo‘jaligi), bu qishloq o‘simliklarini ekish 
va bog‘lar tashkil qilish natijasida yuzaga keladi; 
● texnogen – insonning texnogen faoliyati natijasida hosil bo‘lgan 
struktura bo‘lib, baquvvat texnik vositalardan foydalanish natijasida 
tuproq strukturasi buzilishi, unumdorligi pasayishi, atmosferaga zararli 
gazlarning tashlanishi va boshqalar; 
● industrial – yirik sanoat majmualari natijasida muhitning 
o‘zgarishi; 
● shahar – (urbanizatsiya) ga xos qurilgan uy-joylar, ko‘chalar, 
istirohat bog‘lari va turli kommunikatsiyalar. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin