5.4. Populyatsiyalarning biotsenozga o‘tish sabablari
Populyatsiyalar ichidagi organizmlarning bir-biriga va tashqi
muhitga bo‘lgan munosabati katta biotsenoz ichida bo‘ladi. Biotse-
nozlarning tuzilish va rivojlanish qonunlarini yaxshi bilish uchun
populyatsiyalar quyidagicha o‘rganiladi:
Tur vakillari: populyatsiya – guruh populyatsiyasi – tur – turlar –
biotsenoz – guruh biotsenozlari – biotsenoz (ekotizim) – ekotizim –
biosfera. Bunda har bir populyasiya, biotsenoz, tizim o‘rganiladi.
Populyatsiyalar esa guruh-guruh qilib o‘rganiladi.
55
Populyatsiya tarkibi va tuzilishi bilan biotsenozga asos soladi,
ularning tarkibi, turlar soni, vazifasi, harakati va tuzilishini o‘rganadi.
Mavzu xulosasi. Agrotsenozda turlar va ularning genetik har
xilligi kamayib borishiga inson faoliyati sabab bo‘lib kelgan. U o‘z
ehtiyoji uchun o‘rmonlarni, o‘tloqni yo‘qotib, madaniy ekinlar ekishga
erishgan va turlarning yo‘qolib ketishiga sabab bo‘lgan. Hozirgi kunda
bu holat juda tezlashdi. Turlar mutlaqo yo‘q bo‘lib ketmasligi uchun
ularning genofondini yoki gen bankini to‘plash zarur.
Yer yuzasining ko‘p joylarida genetik turlarning antropogen
omillar ta’sirida kamayib ketishi, bu borada katta ilmiy ishlar olib
borishni taqozo qiladi. YUNESKO rahbarligida genetik zahiralarni
saqlab qolish bo‘yicha ko‘p yillarga mo‘ljallangan dastur ishlamoqda.
Respublikamizda “Biologik xilma-xillikni saqlash” milliy
strategiya va harakat rejasi ishlab chiqilgan.
Agarda genetik zahiralarni saqlab qolmasak, vaqti kelib inson
genofondining ham turli kasalliklar bilan kasallanishiga olib keladi.
Nazorat savollari
1. Biotsenoz deb nimaga aytiladi?
2. Mikrobiosenoz tushunchasiga ta’rif bering.
3. Ekotizimlarda murakkab modda aylanishi qay tarkibda amalga
oshadi?
4. Bioxilma-xillik nima?
5. Populyatsiyaning biotsenozga o‘tish sabablari.
6. Ekologik nisha nima?
7. Agrotsenozda qaysi o‘simliklar o‘sadi?
4. Aerob organizmlar nima?
5. Anaerob organizmlar nima?
|