O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

1. Atmosfera: 
Uning kislorod va azotdan iborat gaz qobig‘i bor. Shuningdek, kam 
miqdorda karbonat angidrid (0,03%), ozon va boshqa gazlar mavjud. 
Atmosferaning holati, yer yuzasidagi hamda suvli muhitdagi fizik, 
kimyoviy va biologik jarayonlarga katta ta’sir qiladi. Biologik 
jarayonlarning borishi, organizmlarning nafas olishi va o‘lik organik 
moddalarning minerallashishi uchun kislorod hamda karbonat angidrid 
zarur. Nafas olish va fotosintez jarayonlarida ozon qatlami yer yuzasini 
ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi. Azot, karbonat angidrid va suv 
bug‘i vulqonlarning harakati natijasi, kislorod fotosintezi mahsulidir. 
Atmosfera bir necha qatlamga ega: 
1) troposfera – eng pastki qatlam, yerga tutashgan qism (9-17km). 
Bu qatlam atmosferadagi 80 foiz gaz va suv bug‘ini o‘zida saqlab 
turadi; 
2) stratosfera; 
3) mezosfera; 
4) termosfera (ionosfera); 
5) noosfera – bu qatlamda «tirik narsa» mutlaqo yo‘q. 
2. Gidrosfera – yerning suv qobig‘idir. Suv tez harakatlanishi 
hamda yerga singishi, hamma joyda o‘ziga hos holda bo‘lishi hamda 
o‘ziga chetdan boshqa molekulalarni biriktirib olish imkoniga ega. Eng 
toza hisoblangan atmosfera suvlarida ham eriydigan 10-50 mg/l 
moddalar bor. 
Suv – biosferaning eng muhim tarkibiy qismi, tirik organizmlar hayoti 
uchun eng zarur omillardan biri. Yer sharining 70 foizi suv bilan qoplangan 
bo‘lib, 1300 mln. km
3
ni tashkil qiladi. Suvning asosiy qismi Tinch okeanida 
joylashgan. Yer usti suvlari (ko‘l va daryo) 0,182 mln. km
3
bo‘lsa, shundan 
0,001 mln. km
3
suv tirik organizmlarda uchraydi. Muzliklarda hozircha 24 
mln. km
3
chuchuk suv zahirasi bor, shuningdek, suvda ma’lum miqdorda 
kislorod va karbonat angidrid mavjud. Ularning miqdori, harorat va tirik 
organizmlar soniga ham bog‘liq. Karbonat angidrid atmosferaga qaraganda 
suvda 60 marta ko‘p. 
Gidrosfera litosferaning shakllanish davridan boshlab yer yuziga 
juda katta miqdorda suv bug‘i chiqargan. 
3. Litosfera – yerning tashqi qattiq qobig‘i bo‘lib, cho‘kma va 
magmatik jinslardan iborat. Yer po‘sti deb, yerning ustki qattiq qatlamiga 


60 
aytiladi. Litosferaning yuza qismi–tirik organizmlar yashashi uchun qulay 
sharoit mavjud qismiga tuproq deyiladi. Organizmlarning chirigan qismi 
gumusga yoki tuproqning unumdor qatlamiga aylanadi. Tuproqning 
tarkibiy qismini minerallar, organik moddalar, tirik organizmlar, suv va 
gazlar tashkil qiladi. Litosferada ko‘p uchraydigan kimyoviy 
elementlarga O, Al, Fe, Ca, Mg, Na, K lar kiradi. 
Tirik organizmlar yerning ustki qatlamida, asosan 3-5 metrda 
joylashadi, ayrim o‘simliklarning ildizlari 35-40 metr chuqurlikkacha 
kirib boradi. Tuproq tarkibidagi mineral moddalar tog‘ jinslarining 
nurashidan hosil bo‘lsa, organik moddalar tirik organizmlarning hayot 
mahsulidir. 
Megadunyo misolida olib qarasak, biosfera chegarasi juda kichik 
va tor bo‘lib qoladi, ammo tirik organizmlar biosferada juda xilma-xil 
joylashgan. Atmosferaning yuqori qatlamlari va gidrosfera chuqur-
liklarida ular juda kam. Hayotiy jarayonlar asosan yer yuzida, tuproqda 
va suvning yuqori qatlamida boradi. Tirik organizmlarning umumiy 
massasi taxminan 2,43x1012 t og‘irlikda belgilanadi, biomassasi 
asosan quruqlikda hayot kechirayotganlar evazigadir. O‘simliklarning 
biomassasi juda ko‘p bo‘lib, ularning massasi 99,2 foizni tashkil qilsa, 
hayvonlar va mikroorganizmlar massasi 0,8 foiz. Suvli muhit yoki 
okeanlarda bu nisbat teskari: okeanlarda o‘simliklar ulushi 6,3 foiz, 
hayvon va mikroorganizmlar ulushi 93,7 foiz. Suvli muhitda jami 
biomassa 0,03x1012 t yoki yerdagi biomassaga (yerdagi tirik orga-
nizmlar massasiga) nisbatan juda kam yoki 0,13 foiz. 
Tirik organizmlarning tarqalgan turlariga nisbatan olib qarasak, 
ma’lum bo‘ldiki, biomassaning 99 foizi 21 ta tur, hayvonlar biomas-
sasining 96 foizi umurtqasizlar, 14 foizi umurtqalilar va shuning o‘ndan 
bir qismi sut emizuvchilar biomassasidir. 
Jami tirik organizmlar massasi butun biosfera massasiga nisbatan 
0,25 foizni tashkil qiladi. 
Biosferada tirik moddalar bilan birga nisbiy moddalar ham mavjud. 
Tog‘ va tuproq jinslariga kiruvchi moddalar massasi juda ko‘p. 
Biosferadagi modda va energiya modda almashinuvi uchun, tirik 
organizmlar ularni o‘zlarini o‘rab turgan muhitdan oladi. Tirik 
materiyaning bir qismi qayta tug‘iladi, qayta tiklanadi va chirib, yo‘q 
bo‘ladi. Bu holatlar o‘rtasida hamisha muvozanat saqlanib turadi. Har 
yili biosferadagi o‘simlik va hayvonlarning ko‘payishi natijasida 10 
foizga yaqin biomassa qo‘shiladi. 


61 
V.I.Vernadskiy nazariyasining mohiyati shundaki, u tirik modda-
larning ahamiyatini hamisha tan oladi va ular planetaning qiyofasini 
o‘zgartiradi, deb e’tirof etadi. Tirik organizmlarning ahamiyati 
geologik davrda juda katta bo‘lgan. Shuning uchun, Vernadskiyning 
aytishicha, Yer kurrasida doimiy harakat qiluvchi kimyoviy kuchlar 
yo‘q, ammo tirik organizmlarning harakatini olib qarasak, ular juda 
katta kuchdir. Quyoshdan keladigan energiyani faqatgina tirik 
organizmlar ushlab olib, o‘zgartiradi. Demak, ular biz yashayotgan 
zaminga go‘zallik baxsh etishga qodir katta kuchdir. 
V.I.Vernadskiy ta’limotining ikkinchi nuqtai nazariga ko‘ra, bio-
sferaning tashkillanishida, tirik va tirik bo‘lmagan organizmlar o‘rta-
sidagi muhitga moslashish jarayonida tashkillanish boradi. «Organizm, 
– deb yozadi V.I.Vernadskiy, – hamma vaqt muhit bilan bog‘liq, aslida 
u muhitga moslashmaydi, balki muhitning o‘zi organizmga 
moslashadi». Bunday bog‘lanish mahsulini ko‘p sonli madaniy o‘sim-
liklar va uy hayvonlarining yangi turlari hosil bo‘lganidan ko‘ramiz. 
Hosil bo‘lgan bunday yangi turlar yashab ketishi uchun insonning yor-
dami kerak, aks holda, ular yovvoyilashib yoki yo‘qolib ketadi. Shu 
boisdan ham, Vernadskiy tirik moddalarning geokimyoviy jarayonla-
rini – hayvonlar, o‘simliklar va madaniy ongli inson bilan bir butun 
bog‘lanishda, deb ta’riflaydi. Olimning fikricha, oldinlari ikki omilga – 
tirik tana va uning hayot faoliyati mahsuldorligiga e’tibor berishmagan. 
1. Molekulaning chap-o‘ng assimetriya va hayot, bir tomondan 
organik moddalarning optik aktivligini fransuz olimi Lui Paster ochdi.
2. Biosferada energiya beruvchi tirik organizmlarning hissasi va 
tirik bo‘lmagan moddalarga ta’siri mutlaqo baholanmagan edi. Chunki 
biosfera tarkibiga faqat tirik moddalar emas, balki tirik bo‘lmagan turli 
tanalar ham kiradi. V.I.Vernadskiy ularni (atmosfera, tog‘ jinslari, 
minerallar), shuningdek, har xil tirik va nisbiy jinslardan hosil bo‘lgan 
(tuproq, suvning yuzasi) moddalarni nisbiy, deb hisoblaydi. 
Tirik moddalar biosferaning hal qiluvchi qo‘shilmasi bo‘lgani 
bilan, ular aslida faqatgina biosferada yashashi va rivojlanishi mumkin. 
Shuning uchun ham, V.I.Vernadskiy e’tirof etganidek, tirik 
organizmlar biosferaning barcha vazifalarini bajaradi hamda material 
va energetik tomondan bog‘liq bo‘lib, katta geologik kuchga ega. 
Biosferaning boshlang‘ich paydo bo‘lish asosi va undagi 
biogeokimyoviy jarayonlar planetamizning astronomik holatidan kelib 
chiqadi. Bu holat dastlab quyoshdan qancha uzoqda joylashish 


62 
masofasi, ekliptikaning yer o‘qiga egilishi bilan ifodalanadi. Yerning 
joylashish kengligi planetadagi iqlimni belgilaydi. Yer esa, o‘z navba-
tida, o‘zida yashovchi barcha tirik organizmlarning hayot faoliyatini 
belgilaydi. Quyosh biosferadagi asosiy energiya manbai bo‘lib, 
planetamizdagi barcha geologik, kimyoviy va biologik jarayonlarning 
harakatlantiruvchisi hisoblanadi. Quyoshning biosferadagi ahamiyatini 
energiyaning saqlanish va aylanish qonuni asoschilaridan biri bo‘lgan 
Yulius Mayer (1814-1878) shunday ifodalaydi: «Hayot – bu quyosh 
nurining hosilasidir». 
3. Tirik organizmlardagi o‘zgarish va boshqa hayotiy jarayonlar 
notirik jinslarda tez boradi. Shuning uchun ham, tirik organizmlardagi 
o‘zgarish butun tarixiy davrni o‘z ichiga olsa, notirik jinslarda bu 
jarayon geologik davr bilan o‘lchanadi. Geologik davrning bir sekundi 
tarixiy davrning yuz ming yiliga teng. 
4. Geologik davr jarayonida tirik moddalarning quvvati va notirik 
jinslarga ta’siri oshib boradi. Bu ta’sirni V.I.Vernadskiy shunday ifoda-
laydi: «Tirik moddalarning uzluksiz biogen atomlari notirik jinslarga 
ta’sir qiladi, lekin o‘z navbatida ular ham tirik moddalarga ta’sirini 
o‘tkazadi». 
5. Geologik davrda faqatgina tirik organizmlarda sifat jihatidan 
o‘zgarishlar bo‘ladi. Masalan, turli yillar ichida unib chiqqan 
maysaning daraxt bo‘lishi yoki hayvonning shakllanish ontogenezi va 
boshqalar. Bu o‘zgarishlarning borish jarayoni va mexanizmini birinchi 
bo‘lib Ch.Darvin (1859-y.) turlarning tabiiy tanlash orqali kelib 
chiqishi nazariyasi bilan isbotladi. 
6. Darvin ta’limoti bo‘yicha, tirik organizmlar tashqi muhitga qarab 
o‘zgaradi va moslashadi. Shunday o‘zgarishlarning to‘planishi 
evolyutsiya manbai bo‘lib qoladi. V.I.Vernadskiyning fikriga ko‘ra, 
tirik moddalar o‘z evolyutsiyasiga ega bo‘lishi mumkin, ular geologik 
vaqtga yoki tashqi muhitga moslashmaydi. Olim fikrining isbotini 
quyidagicha izohlaydi: «Hayvonlar markaziy asab tizimining uzluksiz 
o‘sib borishi biosfera uchun ahamiyatlidir va biosferada alohida 
tashkillanish bunga asos bo‘ladi». U o‘z fikrini soddalashtirib, tashkil-
lanish haqida shunday deydi: «Biosferaning ma’lum bir nuqtasida yoki 
ma’lum bir joyida bo‘lgan narsa avval ham, keyin ham ayni shu nuqtada 
takrorlanmaydi». Bu holatni o‘zgarishlarning qaytarilmasligi bilan 
izohlab, qayd etadiki, bu holat evolyutsiya jarayonidagi har qanday 
rivojlanishga tegishlidir. Evolyutsiyaning uzluksiz jarayoni, yangi 


63 
organizmlarning paydo bo‘lishi biosferaga o‘z ta’sirini o‘tkazadi, hatto 
nisbiy notirik jinslarga, masalan, tuproq, yer osti va yer usti suvlari va 
boshqalarga ham buning isboti sifatida devon davridagi tuproq va 
daryolar uchlamchi hamda bizning davrimizga nisbatan mutlaqo 
boshqa. Shunday qilib, turlar evolyutsiyasi sekin-asta butun biosferaga 
tarqaladi va uni qamrab oladi. 
V.I.Vernadskiy moddalarning aylanish shaklini, atomlarning bio-
gen migratsiya yo‘li bilan, kimyoviy elementlarning tirik moddalarga 
migratsiyasi, kimyoviy elementlarning to‘planishi, biosferada harakat-
lanuvchi omillarning rivojlanishi va boshqalarning biosfera bilan 
bog‘liqligini isbotladi. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin