O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

 
6.3. Noosfera (aql sferasi) 
 
V.I.Vernadskiy noosfera ta’limotida tabiiy va jamiyatshunoslik 
fanlari sintezini tushunib, asoslab berishga harakat qildi va insonning 
tashqi muhitga ta’sirini o‘rganishda uning ahamiyatini ko‘rsatib o‘tdi. 
Olimning fikricha, noosfera – biosferaning yuqori darajasi, ammo 
sifat jihatidan boshqa bo‘lib, bunda tabiat ham, inson ham mutlaq 
yangilangan holda bo‘ladi. 
Noosfera strukturasini quyidagilarga bo‘lish mumkin: 
● insoniyat; 
● jamiyat tizimlari; 
● fan bilimlarining birlashuvi; 
● texnika va texnologiyaning biosferada bir bo‘lishi. 
Vernadskiyning noosfera ta’limotining mohiyati shuki, insoniyat 
planetaning evolyutsiyasi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri javobgardir. Agarda 
odam o‘zi yashagan muhitni avvaylab yashasa, hayot yana davom etadi, 
aks holda, o‘zining yashashi uchun noqulay holga keltirsa, insoniyat 
halok bo‘ladi. Ana shulardan kelib chiqib, insonlar o‘z talablarini 
biosferaning imkoniyati bilan o‘lchab borishi lozim. 
Noosfera ta’limotidagi asosiy g‘oya, maqsad – inson va bio-
sferaning birligidir. Bu birlik ildizi – noosfera tashkillanishining 
insoniyat rivojlanishidagi o‘rni. Bular insoniyat rivojlanish tarixining 
biosfera rivojlanishiga ta’siri va uning noosferaga o‘tish qonuni-
yatlariga mos keladi. 
Noosfera ta’limoti asosida yotgan bosh mezon – insonning to‘liq 
shakllanmagan tirik organizm ekanligi. Ammo u o‘z qonunlari asosida 
hamisha tabiat ichida yashaydi va uning bir bo‘lagidir. Bu inson va uni 


67 
o‘rab turgan muhit bir-biri bilan uzluksiz bog‘liq ekanligini 
ko‘rsatadigan xususiyatdir. 
Biosfera tabiatning bir bo‘lagi bo‘lgan insonning turmush 
tarzigagina emas, balki uning fikrlashiga ham ta’sir ko‘rsatadi. 
Vernadskiy shunday deb yozadi: «Biosfera degan yangi tushun-
chani kiritayapman. Biosfera insoniyatni butun tarixiy jarayon bo‘ylab 
olib o‘tadi va bu jarayon tirik moddalar biokimyoviy tarixining davomi 
bo‘lib xizmat qiladi». 
Odamzod biosferada hech qachon o‘zini-o‘zi yo‘q bo‘lib ketishiga 
yo‘l qo‘ymaydi, fan ham hech qachon antinoosfera kuchlarga xizmat 
qilmaydi. 
Hozirgi fan va texnika taraqqiyoti «Kosmosda hayot bormi?», 
«Boshqa planetalarda hayot bormi?» degan savollarga javob topishni 
taqozo etadi. Bular xususida insoniyat hozirgi va kelajak fanini 
o‘rganib, aniq bir fikrga keladi va noosferada aql-idrok bilan hayot 
kechiradi. Biz megadunyoda yolg‘iz emasmiz. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin