O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti


 Biotsenoz turlar, ularning tarqalishi va ekologik strukturasi



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

5.2. Biotsenoz turlar, ularning tarqalishi va ekologik strukturasi 
Jamoaning mavjudligi uchun faqatgina turlarning soni emas, balki 
ularning xilma-xilligi ham lozim, xilma-xillik tabiatda biologik xilma-
xillikni saqlab turadi. Bioxilma-xillik deyilganda, ma’lum bir 
chegaradagi turlar va ekotizim tushuniladi. Xilma-xillik turlarning va 
populyatsiyalarning doimiy holda saqlanishiga imkon beradi.
Biotsenoz turlar joylar va ekologik struktura bo‘yicha bir-biridan 
farqlanadi.
Tur strukturasi – biotsenoz hosil qiluvchi turlar sonining ular 
massasi yoki soniga nisbatidir: 
● Biotsenozning tur strukturasida bir tur soni yoki massasi 
egallagan maydon yoki joyga nisbatan ko‘p bo‘lishi mumkin. 


53 
● Kam uchrashi – ma’lum joyda bir turning soni yoki massasi 
umumiy soniga qaraganda namuna olish yoki hisob maydonchasidan 
aniqlash orqali aniqlanadi. 
● Dominantlik darajasi – bir turning ushbu hududdagi ja’mi 
turlarga nisbati. 
Tur xilma-xilligi – ushbu jamoa yoki hududda uchraydigan turlar 
sonidir. Biotsenozlarda turlar soni juda ko‘p va kam bo‘lishi mumkin. 
Turlar xilma-xilligi o‘simlik yoki hayvon turining yoshiga ham bog‘liq 
bo‘ladi. Turlar yosh bo‘lsa, tur soni kam bo‘ladi, shuningdek, tur soni 
ekologik omillardan ham kelib chiqadi, o‘sish va yashashga sharoit 
qulay bo‘lsa, turlar soni ko‘p bo‘ladi. Tog‘lar, sahrolar, sho‘r 
tuproqlarda bioxilma-xillik kam bo‘ladi.
Jamoada dominant turlar bo‘lib, ular son jihatdan ko‘p bo‘lishi, 
ikkinchi darajali va kam sonli kamyob bo‘lishi mumkin. Dominantlar 
ichida bioxilma-xillikni saqlab turuvchi – quruvchi edifikatorlar 
bo‘ladi, bular o‘sha joyda mikroklimat hosil qilib, turlarning 
shakllanishi uchun sharoit yaratadi. 
Joy biotsenozi – bu har xil turga mansub organizmlarning vertikal 
yoki gorizontal joylashishidir. Joy strukturasi eng avvalo, o‘simliklar 
biotsenozida yaqqol ko‘rinadi. Biotsenozning vertikal strukturasida 
yaruslar bo‘yicha joylanishni, gorizontal biotsenozda rang-baranglik 
yoki mozaikani ko‘rish mumkin. Bu yerda uchraydigan o‘simliklar 
ichida dub, lipa, chinor birinchi darajali bo‘lsa, olma, nok, do‘lana – 
ikkinchi darajalilar, qorag‘at, yovvoyi bodomcha va boshqa butalar, 
so‘ng chalabuta va baland bo‘yli o‘tlar uchinchi darajalilarga kiradi.
Ekologik struktura – turli ekologik guruhlarga kiruvchi orga-
nizmlarning o‘zaro nisbatidir. Ekologik strukturasi o‘xshash biose-
nozlar turli tur tarkibiga ega bo‘lishi mumkin.
Yashash joyi – bu populyatsiyalarning yashaydigan quruqlikda 
yoki suvdagi hududi yoki akvatoriyasi hisoblanadi. Turning yashash 
joyi uning ekologik nishasi tarkibidir. Jamoaning yashab, oziqla-
nadigan joyiga biota deyiladi.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin