O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti


-rasm. 1998-2017-yillarda atmosfera ifloslanish darajasi 3 dan 5



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

1-rasm. 1998-2017-yillarda atmosfera ifloslanish darajasi 3 dan 5 
gacha bo‘lgan respublika shaharlarida AII ko‘rsatkichlari 
dinamikasi. 
Navoiy azot va Samarqand superfosfat zavodlarida ishlab chiqarish 
hajmi oshgan sari, atmosferaga shuncha ko‘p zaharli moddalar 
tashlanmoqda. 
Fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarishda ham atmosferaga fosforli 
birikmalar va ftor changi, oltingugurt, is gazi va azot oksidi ajralib 
chiqadi. Zaharli moddalar va changlarning tarqalish maydoni 5-6 km 
maydonni egallaydi. Shamol yordamida bu birikmalar turli tomonga 
2005
2010
2015
2017
Toshkent
Olmaliq
Andijon 
Buxoro 
Sarosiyo tumani 
Chirchiq


80 
tarqaladi. Kimyo sanoati ajratadigan zaharli moddalar tarkibi o‘ta 
murakkabligi, xavfliligi, organizmga og‘ir kasalliklar olib kelishi bilan 
ajralib turadi. Bu kimyoviy moddalar tuproqda hamma narsani sintez-
lovchi, utillovchi bo‘lib, tuproqda 50-60-yilgacha saqlanib qoladi. Ana 
shu ma’lumotlar kimyoviy chiqindilar nihoyatda xavfli ekanini 
bildiradi. 
Eng zararli moddalarni havoga tashlaydigan yana bir soha – bu 
neftni qayta ishlash sanoati hisoblanadi. Shuningdek, atmosferada 
parnik effektini tashkil qilgan soha ham neftni qayta ishlash sohasidir. 
Neftni qayta ishlash sohasi yiliga 225 ming tonna is gazini havoga 
chiqaradi, bir kecha-kunduzda 600 tonnadan ziyod moddani atmosfera-
ga tashlaydi. Neftni qayta ishlayotganda uglevodorodlar, sulfit 
angidrid, azot va karbonat angidridi, aldegit, ammon zarralari atmo-
sferani zaharlaydi. Bu sohaga sintetik kauchuk ishlab chiqarish ham 
kiradi, bu tarmoq havoga yengil uchuvchan va erituvchi moddalar tash-
laydi. Neft zavodidan 25 km masofada ham is gazi mavjud bo‘ladi.
Plastmassa va metallar olishda hamda polimerizatsiyalashda fenol, 
ammiak moddalari, efir, organik kislotalar va boshqa zaharli moddalar 
ajraladi. Bu moddalarning havoda me’yori oshib ketsa, albatta tirik 
organizmlarning rivojlanishiga zarar etadi, natijada o‘simliklar florasi 
va hayvonlar faunasi kundan-kunga kamayib boradi. Sivilizatsiya 
boshlangandan beri insoniyat o‘zining yaxshi yashashi, rohat-farog‘ati 
uchun tabiatdagi ma’lum turlarni quritib, kamaytirib boradi. 
Havoni zararlaydigan manbalardan biri, insonning turmush 
sharoitini yaxshilashda zarur bo‘lgan elektr energiyani beruvchi, 
xonalarimizni issiq tutuvchi, telefon va televizor, kompyuter va 
boshqalarning ishlashi uchun zarur bo‘lgan issiqlik manbaini hosil 
qiluvchi, quvvat beruvchi elekr stansiyalari hisoblanadi. 
Elektr stansiyalarida olov yoqilishi natijasida ko‘mir, mazut, 
gazlarning yonishida issiqlik hosil bo‘ladi. Stansiyalarda 10-11 kVt 
soat elektr quvvati hosil qilish uchun 1m
3
tabiiy gaz sarflanadi. Shu 
jarayonda yoqilg‘ini hamma vaqt ham to‘la va toza yondi deb 
bo‘lmaydi, chala yonish natijasida ko‘proq, to‘liq yonish natijasi 
kamroq zararli moddalar havoga tushadi. Ayniqsa, ko‘mir tarkibidagi 
oltingugurt yonish jarayonida sulfit angidridga aylanadi, mana shu 
modda havoni juda ifloslantiradi. Toshko‘mir yongan joyda is gazi 
zararlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1 tonna 
toshko‘mir 83.4 kg oltingugurt oksidini, 44 kg azot oksidini, 347 kg 


81 
chang, 1kg is gazi 0,4 kg uglevodlarni, 0,1 kg aldegidlarni ajratadi
bulardan tashqari SO
2
gazi ham ajralib chiqadi. Zaharli moddalar 
miqdori toshko‘mirlarning qaerdan qazib olinganiga qarab o‘zgarib 
turadi, har bir kon zavodidan o‘ziga xos, kimyoviy tarkibi bilan bir-
biridan farq qiladigan ko‘mirlar qazib olinadi.
Issiqlik olish uchun mazutdan foydalanilganda ham ko‘mir kabi 
turli kimyoviy tarkibga ega zaharli moddalar havoga chiqadi, mazut 
tarkibida oltingugurt oksidi gazi ko‘p bo‘ladi, shuning uchun atmosfera 
ko‘mir yongandagiga qaraganda ko‘proq ifloslanadi. Oltingugurt oksidi 
gazi baland trubalar orqali havoga uchib chiqib, 15-20 km masofaga 
tarqaladi va atrof-muhitni mutlaq zararlaydi. 
Issiqlik olish uchun foydalaniladigan yoqilg‘i turi–tabiiy gaz to‘liq 
yonganda, havoga eng kam miqdorda chiqindilarni tashlaydi. Bu 
yoqilg‘i turi eng toza hisoblanadi.
Respublikamizda tabiiy gaz zahiralari katta bo‘lganligi uchun, 
katta sanoat korxonalaridan tortib oddiy xonadonlar, uy va hovlilarda 
ham bu yoqilg‘i turidan foydalaniladi. Tabiiy gazdan ham ehtiyot 
bo‘lish taqozo qilinadi. Agarda u chala yonar ekan, albatta atmosferaga 
is gazi, sulfat angdiridi, uglevodorodlar ajralib chiqadi, me’yordan 
oshib ketsa, barcha tirik organizmlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘limga olib 
keladi. Is gazi odamni juda qisqa daqiqalarda bo‘g‘ib qo‘yadi, inson 
hayotdan ko‘z yumadi. 
Havoni ifloslaniruvchi yana bir katta tarmoq bu avtotransport 
tarmog‘i hisoblanadi. Ma’lumki, yer sharida avtomobillar soni juda 
tezlik bilan oshib bormoqda, ulardan tashqari, havoda uchuvchi 
samolyotlar, tezyurar passajir va yuk poezdlari ham mavjud, bularning 
harakati uchun albatta yoqilg‘i kerak. Yoqilg‘i yonganda ozmi ko‘pmi 
miqdorda zaharli gazlar atrofga tarqaladi. 
Bilamizki, katta shaharlardagi ayrim sanoat korxonalarida zaharli 
gazlar faqat kunduz kunlari tarqalishi mumkin, ammo avtomobillar 
harakati to‘xtamaydi, demak, is gazlari kechayu kunduz bizning yon-
atrofimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarqaladi. Biz ulardan nafas olamiz
korxonalardan chiqqan moddalar baland trubalar orqali yuqoriga 
tarqaladi, ular qaerlargadir kislotali yomg‘irlar bo‘lib yog‘ishi mumkin, 
ammo avtomobillardan chiqadigan is gazlaridan bizning yuzimizga, 
hovlimizdagi mevalarga, hidlaydigan gullarimizga, kiyimlarimizga is 
gazining zaharlari yog‘iladi.


82 
Dabdurustdan olis tabiat qo‘yniga borib qolsangiz, to‘liq nafas 
olish bizga og‘irlik qiladi. Bizning o‘pkamiz bunday toza havoni qabul 
qilishga qiynaladi. Shaharda kechalari osmonga qarasangiz, yulduzlar 
juda kam, xira ko‘rinadi, olis qishloqlarga, ona tabiat qo‘yniga borib, 
osmonga qarasangiz, yulduzlar charaqlab, tushib kelayotgandek 
tuyiladi. Mana farq, toza havo va ifloslangan havoning aniq isboti 
bizga. 
Avtotransportning havoni ifloslantiruvchi zahari is gazi, uglevo-
dorodlar, azot oksidlari, aldegidlar, ketonlar, eng xavflisi qo‘rg‘oshin-
lardan iborat. Avtomobillarning havoga tashlaydigan is gazlari havoga 
tashlanganda, meteriologik sharoitlar ta’sirida fotokimyoviy o‘zga-
rishlar ro‘y beradi. Bunda azot qo‘sh oksidi parchalanib, azot oksidiga 
aylanadi, aldegid va ketonlar radikallarni paydo qiladi. Ushbu reak-
siyalar natijasida katta shaharlarda “smog”lar paydo bo‘ladi. Smog – 
katta shaharlarda barcha zaharli gazlarning qo‘shilib reaksiyaga kirishi 
natijasida hosil bo‘ladigan va yerga qaytib tushadigan zaharli gazlardir. 
Mashinalar ichki yonar dvigatellaridan chiqqan qo‘rg‘oshin zar-
ralari 1m
3
atmosfera havosiga 1-2 mg dan 4-5 mg gacha tashlanmoqda. 
Katta shaharlar atrofidagi dalalardan meva-sabzavotlar, o‘tlar mutlaq 
iste’mol qilinmasligi kerak. Kechayu kunduz qatnaydigan 
avtomobillardan tarqagan qo‘rg‘oshin natijasida magistral yo‘llar 
atrofidagi 1m
3
havo tarkibida 14-38 mg qo‘rg‘oshin bor. Olis tabiat 
qo‘ynida bu ko‘rsatkich 0,1-0,5 mg ga teng bo‘ladi. Qo‘rg‘oshin zar-
ralari dunyoning hamma burchaklariga borib etdi. Katta Shimoliy muz 
okeani va Grenlandiya muzliklaridan qo‘rg‘oshin zarralari topildi. 
Ayrim olimlarning fikricha, atmosfera havo qatlamini ifloslan-
tiruvchi manba avtotransport vositalaridan chiqqan zaharli gazlar 
hisoblanadi. Odam soni milliondan oshgan katta shaharlarda 3,4 benz-
a-piren miqdori 100 m
3
havoda 1,7 mg etadi, aslida bu ko‘rsatkich 0,2-
0,4 mg atrofida bo‘lishi me’yoriy hisoblanadi. 1 dona avtomobil bir-
yilda o‘rtacha 4 tonna oksigenni havodan olib, atrof-muhitga 800 kg is 
gazi, 40 kg azot oksidi va 200 kg zaharli modda hamda uglevodorodni 
tashlaydi.
AQSH sanoat va transporti eng rivojlangan mamlakatlar sarasiga 
kiradi, shuning natijasi o‘laroq atmosfera havosining 40-80% gachasi 
faqatgina avtomobillardan chiqadigan tutun evaziga ifloslanadi. Hatto 
shahar havosining ham zaharli gazlar bilan ifloslanishining sababchisi 
avtomobillar bo‘lib, ular 60% zaharli gazlarni havoga tashlaydi. 


83 
O‘rtacha hisobda havoga 100 mln. tonna is gazi tashlansa, shundan 75,3 
mln. tonnasi avtomobillardan chiqqan zaharli tutunlardir. 
Bu ko‘rsatkichlar hamma mamlakatlarda bir xil emas, Fransiya va 
Germaniya mamlakatlarida avtomobillardan chiqqan zaharli gazlar 
miqdori 13-15% ni tashkil qiladi.
Atmosfera havosi o‘ta iflos bo‘lsa, quyosh nurlarining yerga yetib 
kelishini kamaytiradi, yorug‘lik to‘siladi, kunduz kunlari xiralashib 
qoladi. Yorug‘lik to‘siladi, quyoshdan kelayotgan ultrabinafsha nurlar 
ushlanib qolib, yorug‘lik va harorat miqdor jihatdan kam o‘tadi, bu 
narsa yerdagi tirik organizmlarning bir maromda rivojlanishiga zarar 
keltiradi. Ba’zan uchib chiqqan qorakuya va qurumlarning miqdori 
ko‘payib ketsa, yorug‘lik 70-80%ga kamayadi. 
Atmosfera havosini yoqilg‘ilar, kimyo sanoati chiqindilari, og‘ir va 
rangli metallurgiya hamda avtomobil va boshqa transportlarning zaharli 
chiqindilaridan himoya qilish insoniyatning asosiy vazifasidir. 
Qachonki havo toza bo‘lar ekan, inson o‘pkasiga toza havo kiradi, nafas 
olishi engillashadi. Ekologik sof atmosferadan nafas olgan insonlar 
sog‘-salomat bo‘lib, uzoq umr ko‘radi. 
Havoni zaharli moddalardan toza saqlash va atmosferaga tash-
lanayotgan zaharli gazlarni ushlab qolish – shu havodan nafas 
olayotgan insonlarning burchidir. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin