147
nafaqat inson uchun, balki davlat uchun ham foydalidir. Shu boisdan
ham, sog‘lom turmush tarzi hamda siyosatning aloqadorligi, davlat
siyosatining sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi o‘rni va
ahamiyati haqida fikr yuritish maqsadga muvofiqdir.
13.2. Sog‘lom turmush tarzi va yoshlar salomatligi
Mamlakatimizda keyingi yillarda aholi orasida sog‘lom turmush
tarzini shakllantirish borasidagi sa’y-harakatlar izchillik bilan olib
borilmoqda. Ta’kidlash muhimki, mazkur yo‘nalish davlat siyosatining
ustuvor vazifasiga aylanayapti. Sog‘lom
turmush tarzi iborasining
zamirida inson salomatligi yotar ekan, bu jamiyat taraqqiyotining
yuksalishida asosiy o‘ringa ega bo‘lishi tabiiy.
Darhaqiqat, sog‘lom
turmush tarzi bugungi kunda aholi orasida qanday ahamiyat kasb
etayapti?
♦ O‘tgan asrning 80-yillarida salomatlikni saqlash va mustah-
kamlashda, kishilar uzoq va baxtli umr ko‘rishlarida turmush tarzi
hamda uni sog‘lomlashtirish eng muhim tadbir ekanligi ham ilmiy, ham
amaliy tomondan isbotlandi. Shundan beri turmush tarzini sog‘lom-
lashtirish xususida ko‘p gapiriladi.
Bugungi kunda ushbu masalaga davlat darajasida e’tibor qaratilib,
Prezident farmonlari va qarorlarida o‘z aksini topmoqda. Keng jamoat-
chilik orasida davra suhbatlari, uchrashuvlar o‘tkazilib, ommaviy
axborot vositalarida maqolalar, eshittirishlar, ko‘rsatuvlar berib boril-
moqda.
Shunday bo‘lsa-da, sog‘lom
turmush tarzi nima, degan savol
tug‘ilganda, ba’zida ko‘pchilik umumiy gapdan boshqa biror-bir
mantiqiy tushunchaga ega emasligi ham namoyon bo‘layapti.
Dostları ilə paylaş: