152
cho‘llarga bo‘linadi. Cho‘l ekotizimlari kamyob va turlari yo‘qolib
borayotgan hayvonlar yashaydigan asosiy joy hisoblanadi.
Tog‘oldi yarim cho‘llar va cho‘llar – 800-1200 metr balandlikda
bo‘lgan tog‘oldi hududlarida joylashgan, uzunligi 30-50 kilometrli tog‘
tizmalarini qamrab olgan. Tog‘oldi yarim cho‘llar va cho‘llar
respublika tog‘li hududining qariyb 3/2 qismini egallagan.
Daryo va qirg‘oqbo‘yi ekotizimlari –
Amudaryo va Sirdaryo
vodiysining tekis uchastkalari, Zarafshon
va Surxondaryo etaklarini
qamrab olgan. Bu ekotizimlar sharoitining xilma-xilligi uchta asosiy
turni – to‘qayzorlar, qamishzorlar, daryolar va daryo o‘zanlarini ajratib
ko‘rsatish imkonini beradi.
To‘qayzorlar Amudaryo deltasida tor yoki alohida joylar ko‘rini-
shida
saqlanib qolgan, ba’zida Sirdaryo,
Surxondaryo, Zarafshon va
Chirchiq soyliklarida, Angren daryosi
va Qashqadaryoning quyi
oqimida ham uchraydi. Daryolar va ochiq sayozliklar kamyob va turlari
yo‘qolib borayotgan hayvonlar yashaydigan asosiy joy hisoblanadi.
Namgarchilik yuqori bo‘lgan hududlar ekotizimlari (ichki suv-
botqoqlik ekotizimlari) tabiiy va antropogen ekotizimlarga bo‘linadi.
Ular daryo va qirg‘oqbo‘yi ekotizimlariga o‘xshab ketadi, biroq
yuzasida suvning ko‘pligi va namgarchilik
darajasi yuqoriligi bilan
ajralib turadi.
Tabiiy namgarchilik yuqori bo‘lgan hududlar Amudaryo deltasida
joylashgan, u qariyb 700 ming gektar maydonni egallaydi. Deltaga suv
oqimi kelishining kamayishi va Orol dengizi qirg‘og‘ining orqaga
qaytishi oqibatida so‘nggi o‘n yilda ko‘plab tabiiy chuchuk suvli ko‘llar
yo‘q bo‘lib ketdi. To‘qayzorlar maydoni ikki baravarga, qamishzorlar
6 baravarga kamaydi. Antropogen namgarchilik
hududlari asosan
sun’iy havzalardan (suv omborlari va tashlama qo‘llar) iborat bo‘lib,
ularning orasida eng kattalari Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi, shuning-
dek, Dengizko‘l, Qoraqir, Sho‘rko‘l hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: