O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti


 Alohida qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

 
14.3. Alohida qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar 
Tabiatni muhofaza qilishning yoki biologik xilma-xillikni saqlash-
ning asosiy elementlari bu qo‘riqxonalar va buyurtmalarni tashkil qilish 
bo‘lib, ularda o‘z navbatida biosfera genofondi–o‘simliklar, hayvonlar, 
shu jumladan, tabiiy resurslar – havo, suv, tuproq, tabiiy yodgorliklar, 
qal’alar asraladi. 
Biologik xilma-xillik ayniqsa qo‘riqxonalarda yaxshi saqlangan. 
Tabiiy milliy bog‘lar, ov qilish vaqtincha taqiqlangan yoki o‘simliklar 
alohida qo‘riqlanadigan va boshqa toifadagi qo‘riqlanadigan tabiiy 
hududlar tabiatni muhofaza qilishda muhim o‘rin tutadi.
O‘zbekistonda qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar tizimiga to‘qqizta 
davlat qo‘riqxonasi (220760 gektar), ikkita milliy bog‘ (598700 gektar), 
“Jayron” respublika ekomarkazi (5140 gektar), to‘qqizta davlat 
tomonidan ov qilish vaqtincha taqiqlangan yoki o‘simliklari alohida 
qo‘riqlanadigan hudud (1223920 gektar) va ikkita davlat tabiat 
yodgorligi (3480 gektar) kiradi. Ularning umumiy maydoni 2052000 
gektarni yoki respublika jami hududining taxminan 4,6 foizini tashkil 
qiladi. 
Davlat qo‘riqxonalari, Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi 
(IUCN) tasnifiga ko‘ra, I, Milliy bog‘lar II, “Jayron” ekomarkazi III, ov 
qilish vaqtincha taqiqlangan yoki o‘simliklar alohida qo‘riqlanadigan 
hududlar va tabiiy yodgorliklar IV toifaga kiradi. 
13 ta yirik kon – umumiy maydoni 407356 gektardan iborat viloyat 
va respublika ahamiyatiga ega yer osti chuchuk suvi hosil bo‘ladigan 
hududga “qo‘riqlanadigan tabiiy hudud” maqomini berish ishlari 
yakunlandi. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi Amudaryo, Sirdar-
yo, Qashqadaryo, Zarafshon, Chirchiq, Surxondaryo, Norin va 
Qoradaryo kabi yirik daryolar bo‘yicha maydoni 155416,5 gektar suvni 


155 
himoya qilish hududi, shu jumladan, 27900,5 gektardan iborat maydon 
qirg‘oqbo‘yi hududida tashkil etilgan.
O‘rmonlar. O‘zbekiston Respublikasi davlat o‘rmon fondining 
umumiy maydoni 8100 ming gektar yoki mamlakat umumiy 
maydonining 18 foizidan iboratdir. Daraxtlar bilan qoplangan erlar 
so‘nggi-yillarda 2400 ming gektardan 2800 ming gektargacha ko‘paydi 
va respublika umumiy maydonining 6,2 foizini tashkil qildi. Bu har bir 
kishi uchun daraxt bilan qoplangan 0,1 gektar er to‘g‘ri keladi, 
demakdir. O‘rmon fondi asosan cho‘l-qum hududlarida joylashgan 
bo‘lib, 7000,1 ming gektar maydonni egallagan. Tog‘li hududlarning 
831 ming gektari, daryo qayirlarining 113,7 ming gektari va 164,3 ming 
gektar vodiy hududi daraxtlar bilan qoplangan. 
O‘rmonlar tabiatni muhofaza qilish va melioratsiya sohasida katta 
o‘rin tutadi. O‘zbekistonda tabiiy o‘rmonlar 1,4 million gektar 
maydonni egallaydi (serdaraxtlilik 3 %). O‘rmon va chakalakzordan 
iborat cho‘l o‘tloqlari hisobga olingan holda ham, serdaraxtlilik 5-6 
foizdan oshmaydi.
Respublikaning o‘rmonli hududlarida 68 turdagi daraxt, 320 
turdagi buta va 2953 turdagi o‘tsimon o‘simliklarni uchratish mumkin. 
Ular orasida saksovul, archa, taroqsimonlar, cherkez, to‘rang‘a keng 
tarqalgan. 
Respublikada 93 ta o‘rmon xo‘jaligi korxonasi, shu jumladan, 67 
ta o‘rmon xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatmoqda.
 
7-jadval 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin