O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti


 Fauna va floraning “Qizil kitob”ga kiritilgan kamyob va



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

 
14.4. Fauna va floraning “Qizil kitob”ga kiritilgan kamyob va 
yo‘qolib borayotgan turlari 
 
Dunyo mamlakatlarida bioxilma-xillikning kamayib borayotgan-
ligidan tashvishga tushgan olimlar va mutaxassislar tezlik bilan 
kamayib borayotgan o‘simlik va hayvon turlarini o‘rganib, ularni 
alohida kitobga kiritishgan. Ushbu tadbirlar yordamida bunday hayvon 
yoki o‘simlik turini kamayayotgani yoki ularning soni xavfsiz darajaga 
etganligini nazorat qilib boriladi. “Qizil kitob” o‘simlik va hayvon 
turlarini taftish qiladi. Ushbu “Qizil kitob”dan joy olgan umurtqali 
hayvonlar ichida qushlarning turlari ko‘p (424 xil), suvda ham, 
quruqlikda ham yashovchi hayvonlar atigi 3 turga ega. Endemik, ya’ni 
jaydari hayvonlar ichida esa baliqlar (43 tur) va sudralib hamda 
o‘rmalab yuruvchi hayvonlar soni ko‘p (30 tur).


157 
Qushlarning 300 dan ortiq turi himoyaga olingan. Ularning 45 turi 
yo‘qolib borayotgan va kamyob hisoblanadi. O‘zbekistonda so‘nggi 
yillarda bioxilma-xillikni saqlash borasida tabiatni muhofaza qilishga 
oid qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, yo‘qolib 
ketish havfi bor turlar ko‘payib bormoqda. 
O‘zbekiston “Qizil kitob”ining birinchi nashriga (1983-yil) umurt-
qali hayvonlarning 63 turi kiritilgan bo‘lsa, oxirgi nashriga (2003-yil) 
106 turi kiritilgan. Bu respublikadagi jami umurtqali hayvonlarning 16 
foizini tashkil qiladi. Eng kamyob va yo‘qolib borayotgan turlar 
umurtqasiz hayvonlar va qushlar ulushiga to‘g‘ri keladi.
Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining Davlat statistika qo‘mitasi 
ma’lumotlari tahliliga asoslangan taxminlariga ko‘ra, kamayib ketgan 
jayronlar soni sun’iy ko‘paytirish orqali 1200-1250 boshga, “Sayxun” 
pitomnigida yo‘qolib borayotgan g‘aqildoq o‘rdaklar soni 600-650 
taga, kulrang g‘ozlar soni 17-25 taga, tovuqlar sonini esa 100-120 taga 
yetkazish mo‘ljallangan va bu borada zarur bo‘lgan ishlar maxsus 
pitomniklarda olib borilmoqda.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin