Umurtqasizlarni biotsenometr yordamida aniqlash
Soni
O‘simlikda Tuproq
ustida
Yerda Ildizda
1
2
3
4
5
6
To‘da bo‘lmay yashaydigan chigirtkalar sonini hisobga olish uchun
transekt usulidan foydalaniladi. Transekt usuli quyidagicha bo‘ladi:
izlanuvchi to‘g‘ri yo‘l bilan sekin 25-100 m ga harakat qiladi va u
yo‘lning oldida hamda ikki tomonidagi ko‘zga ko‘ringan barcha
chigirtkalarni qarab boradi. Transekt usulida oldinga 100 m yurib, uni
10-20 marta qaytarish samara beradi, bu usul chigirtkalar sonini
aniqlashda eng to‘g‘ri usul bo‘lib qolmoqda.
Izlanuvchi transekt usuli yordamida hasharotlarning turlari va
joylashish zichligi haqida to‘laqonli ma’lumot olishga erishadi. Agarda
chigirtkalar soni uncha ko‘p bo‘lmasa, ularni ko‘z bilan ko‘rib bo‘lsa,
ular turini aniqlab qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
15.5. Indikator qushlar monitoringi ko‘rinishi
Ekotizimning holatini yoki o‘zgarishini bildiradigan omillar atrof-
muhit indikatori deb tushuniladi. Ularga tuproq namunasi, havo na-
munasi, suv namunasi va boshqalar kiradi. Albatta, bularni laborato-
riyada aniqlanadigan bo‘lsa, qimmatbaho asbob-uskunalar kerak
bo‘ladi. Atrof-muhitda faqatgina laboratoriya usuli bilan emas, balki
168
ko‘p yillik tajribalar natijasida, atrof-muhitda bo‘layotgan o‘zga-
rishlarni ko‘z bilan chamalab ko‘rib, qushlar yoki o‘simliklarda
borayotgan o‘zgarishlarni bilish mumkin.
O‘simliklar kabi qushlar ichida ham bir qanchalari yashab turgan
hududida bioindikator sifatida tabiiy jamlikdagi inson ta’siri ostida
bo‘layotgan o‘zgarishlarni bildirib turadi. Birinchidan, indikator
qushlarni yaxshiroq o‘rganish uchun avval ularning o‘sha hududda
tarqalishini, sonini va yashash tarzini o‘rganish zarur. Ikkinchidan, har
bir turga mansub qushlarni to‘liq o‘rganish kerak.
Botanika bog‘idagi ayrim qushlar turi yashil daraxtlar va suv
havzalarining indikatori hisoblanadi. Shaharning bu uchastkasi insonlar
faoliyati bilan chambarchas bog‘lanib ketgan, shuning uchun ham
qushlar ekologik monitoringini bilish juda zarur.
Toshkent shahri qushlar uchun quyidagi biotoplarga bo‘lib
chiqiladi: 1) ko‘p yillik, yirik bargli daraxtlar maydoni;2) tashkilotlar
va uy-joy hududlarida joylashgan daraxtsimon butalar; 3) shahardagi
suv bo‘ylari. Shahardagi Botanika bog‘i yuqorida sanab o‘tilgan barcha
biotoplarni o‘zida jamlagan, shuning uchun aholi indikator qushlarni
yaxshi o‘rganib olishi kerak. Shuni aytishni unutmaslik kerakki, har xil
qushlar har xil biotopda yashab hayot kechiradi.
Ko‘p-yillik yirik bargli daraxtlarda quyidagi qushlar turi yashashi
aniqlangan: musicha, zag‘izg‘on, jig‘altoy (cheglok), tyuvik.
Jig‘altoy (cheglok) har yili Botanika bog‘ida uya qo‘yadi. Aprel
oyining boshlarida uchib keladi va sentyabrning oxiri oktyabrning
boshlarigacha yashaydi. Bu qush baland bo‘yli qalin o‘sgan daraxt-
zorlarda yashashni ma’qul ko‘radi, bunga sabab uning ov qilishi yoki
ovqatlanishidir. Bu qush mayda kemiruvchilar va hasharotlar bilan
ovqatlanadi. Uyalarini daraxtlarning eng tepasiga qo‘yadi, hajmi katta
bo‘ladi.
Tyuvik odatda o‘rmon qushi bo‘lib, daraxtlari ko‘p, chiroyli
landshaftli daraxtzorlarda yashaydi. Bu qush ham Botanika bog‘ida uya
qurishni ma’qul ko‘radi, aprel oyi o‘rtalarida paydo bo‘lib, sentyabr
o‘rtalarigacha uchraydi. Shuningdek, bu qush tinch park va xiyo-
bonlarda uya qurib, o‘sha joylarda ham yashaydi.
Odatda bu ikki qush bir bog‘da uchramaydi, ular o‘zlari
yashaydigan shahar parklarini bo‘lib oladilar, ammo Botanika bog‘ida
ularning har ikkisi ham uchraydi, bunga sabab, bog‘ning hududi juda
katta, 60 gektardan oshiq, shuning uchun ular bu yerda bemalol yashay
169
oladi. Shuni aytish kerakki, ular soni bu yerda juda kam bo‘lib, bori-
yo‘g‘i ikki juftdan bo‘lib yashaydi.
Bu ikkala qush shahar hayoti tinch bo‘lsa, daraxtlarning o‘sib
rivojlanishiga hech qanday to‘siqlar, ta’sirlar bo‘lmasa, tabiatga zarar
keltirilmasa, ular yashashlari mumkin.
Oddiy musichalar shahar Botanika bog‘ida aprel oyi oxirida paydo
bo‘lib, avgustning oxirigacha uchraydi. Bog‘da ular soni 8-10 juftdan
oshmaydi. Musichalar terak, qayrag‘och, zarang va boshqa baland
bo‘yli daraxtlarda yashaydi. Ular gala bo‘lib yashamaydi, bir joyda
faqatgina 2-3 juftni uchratish mumkin.
Musichalarning borligi atrof-muhit havosi toza ekanligini va soya-
salqin joylar ko‘pligini ko‘rsatadi.
Shuningdek, ko‘p uchraydigan qushlardan biri oq qanotli qizilish-
ton hisoblanadi. Bu qushlar shaharda-yil bo‘yi uchraydigan qushlar
toifasiga kiradi, qish fasligi kelib ular soni birmuncha ko‘payadi,
chunki ular uchib ketgan qushlarning bo‘shab qolgan uyalariga
joylashib oladilar. Qizilishtonlar shaharlardagi eski parklarda yashashni
xush ko‘radilar. Ba’zi qizilishtonlar eski parklardagi qari, baland bo‘yli
daraxtlarga tezgina uya qo‘yib olishadi.
Qizilishtonlar asosan daraxtlarning po‘stloqlari ostidagi hasha-
rotlar, ularning lichinkalari va urug‘lari bilan oziqlanadilar. Hozirgi
kunda qizilishtonlar shaharning Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy nomli
parklari va Botanika bog‘ida yashab hayot kechirmoqdalar.
Qizilishton daraxtlarning ko‘rinishi uchun indikator hisoblanadi,
ular sog‘lom, baquvvat daraxtlarda yashamaydi, qurigan, chiriyotgan
daraxtlarda uya qurishadi.
Botanika bog‘ining maydoni katta, daraxtlar soni ko‘p, ular bir-
biriga yaqin rivojlangani uchun ko‘pgina qushlarga makon hisoblanadi.
Bu yerda ko‘p joylarda uchramaydigan qushlar turi mavjud: qora
sayroqi qush (drozd), zarg‘aldoq, uzun dumli qarqunoq, g‘arb bulbuli
shular jumlasidandir.
Qora sayroqi qush. Bu qush asosan shahar hayotiga moslashgan
bo‘lib, hech qaerga ketmaydi. Qora sayroqi qushlar qish paytida juda
ko‘p ko‘zga tashlanadi, bu vaqtda ular soni juda ko‘p bo‘lib ketadi. Bu
qushlar o‘ta oilaparast bo‘lib, o‘z uyalarini fevral oylaridan boshlab
belgilab yoki egallab olishadi, mart oylarida ular uyalarini tuxum
qo‘yishga tayyorlab qo‘yadilar. Yozning boshlarida bolalarini uchirma
170
qiladi, tullash vaqtida ular soni kamayib, ko‘zga tashlanmaydi
(avgustdan sentyabr o‘rtalarigacha).
Bu qush turli archa, zarang va boshqa o‘rta bo‘yli daraxtlar hamda
butalarga uya qo‘yadi, balandligi 3 m dan oshmagan joylarda yashaydi.
Bu qush mayda hasharotlar, ko‘poyoqlar, yomg‘ir chuvalchanglari, kuz
va qishda turli xil rezavor mevalar, do‘lana, uzum va boshqalar bilan
oziqlanadi.
Bu qushning ma’lum bir joyda yashashi, bahorda yashil daraxt va
butalarning, qish, kuz fasllarida mevali daraxtlarning qulay sharoitlarda
o‘sishini bildiruvchi indikator hisoblanadi. Bir narsani aytish kerakki,
drozdning dushmanlari ko‘p, ayniqsa, uya qo‘ygan paytda uning uyalari
mayna va zag‘cha qushlar tomonidan egallab olinib, undagi tuxumlari
yo‘q qilinadi. Mushuklar ham qora drozdning uyalari past joylashgani
uchun tuxum va endi tuxumdan chiqqan polaponlarini ko‘z ochib
yumguncha yo‘q qiladi.
Qora drozdlar Chilonzor tumanida ko‘p uchraydi, chunki bu
tumanda daraxtlar ko‘p kesilmagan, qaerda daraxtlar ko‘p kesilsa, qora
drozd u joylardan ma’lum vaqtlarga ketib qoladi. Botanika bog‘ida
hozirgi kunda 50 juftdan ziyodroq qora drozdning yashashi qayd
qilingan. Qaerda tinchlik, osoyishtalik bo‘lsa, qora drozd paydo bo‘ladi,
mana shu xususiyatlari uchun ham uni indikator deb atashadi.
Zarg‘aldoq – bu qush Toshkent shahrida aprelning oxiridan boshlab
sentyabr oyining o‘rtalarigacha uchraydi, yashash joyi daraxtzorlar,
bog‘lar va suv bo‘yidagi soya-salqin joylar hisoblanadi. Zarg‘aldoq-
larning joylashishi Toshkent shahrida bir xil uchraydi, daraxtlar ekilgan
maydonlarda 100 x 50 m da 2-3 juft zarg‘aldoq qushlari yashashi ma’lum.
Zarg‘aldoqlar bahorda turli tuman hasharotlar bilan oziqlansa,
yozning ikkinchi yarmidan boshlab rezavor va boshqa mevalarni
iste’mol qilishga o‘tadi. Ular ko‘pincha qurt-qumursqalar, daraxt chi-
girtkasi va ularning tuxumlari bilan oziqlanadi. Bu qushlar sezilmagan
holda hasharot va zararkunandalarga qiron keltiruvchi qush yoki
ekologik indikator qush bo‘lgani uchun, ularning insonlarga bergan
foydasi juda katta.
Yana bir indikator qush – qarqunoqlar asosan turli qo‘ng‘izlar,
kaltakesaklar va kichkina qurbaqalar bilan oziqlanadi, ular qulay sha-
roit bo‘lsa, chumchuqlarni ham ovlashi mumkin. Bu qushlar katta-
kichik qo‘ng‘izlarga ko‘p qiron bergani uchun bog‘larga, daraxt-
zorlarga juda zarur qush hisoblanadi, chunki qo‘ng‘izlar daraxtlarning
171
po‘stlog‘i tagiga kirib, ularni yeb zarar keltiradi. Shuning uchun ham,
qarqunoqlar qaerda uchrasa, o‘sha joy ekologik toza hisoblanadi.
Uzun dumli qarqunoq shaharda aprel oyining o‘rtalaridan avgust
oyi oxirigacha uchraydi, bu qushning uya qo‘yadigan joyi–mevali
daraxtlar, yong‘oqzorlar, igna bargli daraxtlar va teraklar hisoblanadi.
Bu qushlar bir-biridan sal uzoqroq yashaydi.
G‘arb bulbuli shahar bog‘larida aprel oyi o‘rtalaridan sentyabrning
boshlarigacha uchraydi, ularning uyalari yirik-mayda daraxtlar
o‘rtasida aralash holda bo‘ladi. Uyalari ko‘pincha butalarda ham
bo‘lishi mumkin, baland daraxtlardan ular teraklarni yaxshi ko‘radi, suv
bo‘yidagi barcha darxtlarga uya qo‘yib ketadi. Bulbullarning dushmani
mayna va zag‘chalar, bu zararkunanda qushlar bulbulning tuxumlarini
yeb yo‘q qiladilar. Mayna va zahchalar faqat bulbul emas, boshqa
qushlarning ham yashashiga to‘sqinlik qiluvchi qushlar hisoblanadi.
Suv bo‘ylarida quyidagi qushlarning uchrashi ekologik vaziyatning
yaxshiligidan darak beradi, chunki suvli joylarda ham yashovchi
indikator qushlar mavjud. Ularga qamish qush, ko‘k targ‘oq yoki
baliqchi qush, qamish drozdovkasini misol qilish mumkin.
Qamish drozdovkasi yoki qamish qush yil bo‘yi respublika
hududida yashaydi, qishlash uchun boshqa joylarga uchib ketmaydi,
asosan suv bo‘ylarida yashaydi, qamish, qiyoqlar va daraxtzorlar bu
qushning hayot faoliyati uchun juda xush keladi. Bu qush suvdagi va
yer ustidagi hasharotlar hamda o‘simliklarning yosh novdalari va
rezavor mevalari bilan oziqlanadi. Suv bo‘ylaridagi qamishzorlar
ularning ko‘payishi uchun eng qulay joy hisoblanadi. Suv bo‘ylari va
ular yaqinida ekologik toza holat bo‘lgan joylardagina qamish qushlar
uya qo‘yib, qo‘payishi mumkin.
Ko‘k targ‘oq keyingi yillarda O‘zbekistonda qishlashga moslashdi,
yil bo‘yi uchraydi, aprel oylarida uya qurishni boshlaydi. Jarlar yoqasi,
buta yoki zich joylashgan boshqa daraxtlar bilan qoplangan daryo
bo‘ylari, ariqlar, kanallar, ko‘llar va boshqa suv to‘plangan joylar ko‘k
targ‘oqning o‘sib rivojlanishi uchun juda qulay hisoblanadi.
Oziqlanishi suvda bo‘lib, yirikligi 60 sm dan oshmaydigan tirik
baliqlarni, suv bo‘yidagi ninachi va boshqa umurtqasiz hasharotlarni
tutib yeydi. Qamish qush va ko‘k targ‘oqni birgalikda suv bo‘ylarida
ko‘rish juda amri mahol. Bu qushlar go‘yo bir-biriga oziqlanish va
ko‘payish uchun halaqit bergisi kelmaganday, boshqa-boshqa jamoa
bo‘lib, suv bo‘ylarida yashaydi.
172
Yuqorida nomlari keltirilgan qushlar yashaydigan hududlarda
daraxtlar sog‘lom bo‘ladi, ularga hasharotlar zarar bermaydi, shuning
uchun qaysi joylarda indikator qushlar yashashiga qulay sharoit bo‘lsa,
ushbu hududda daraxtlarning rivojlanishi uchun ekologik muhit etarli
deb hisoblash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |