O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti


Yo‘l bo‘yidan turli xil uzoqlikda bo‘lgan joylardan chuqur



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

Yo‘l bo‘yidan turli xil uzoqlikda bo‘lgan joylardan chuqur 
kavlab, ulardagi chuvalchanglar sonini aniqlash 
 
Ko‘rsatkichlar 
Chuqurlar № va yo‘ldan necha m uzoq 
Chuvalchang 
soni, dona 
I-0 m 
II- 5 
III- 10 
IV- 15 
Biomassa g. 
Har bir chuqurdan topilgan chuvalchanglar soni sanab chiqiladi, 
so‘ngra ularning og‘irligi tortish yo‘li bilan aniqlanadi va olingan 
ma’lumotlar bir-biri bilan taqqoslanadi. Chuvalchanglarning biomas-
sasi ularning soniga ko‘ra ko‘payishi, bo‘linishi ham ahamiyatga ega 
ekanligini ko‘rsatadi. 
Chuvalchanglarning ko‘payishi va yashashi tuproq tipi hamda 
strukturasi bilan ham bog‘liq bo‘ladi, unumdor strukturali tuproqlarda 
chuvalchanglar yaxshi o‘sib rivojlanadi. Ular tuproqning donador bo‘-
lishiga, mikrobiologik jarayonlarning borishini tezlashishiga yordam 
beruvchi ekanligi sababli, ular soni qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha ma’qul 
hisoblanadi. Quyidagi kuzatishlar tuproq strukturasining chuvalchang 
soni va biomassasi miqdoriga ta’sirini ko‘rsatadi. 
 
 


165 
9-jadval 
Tuproq strukturasi o‘zgarishiga qarab 1 m
2
 maydonda 
chuvalchanglar soni va biomassasining o‘zgarishi 
Tuproq strukturasi Chuvalchang soni, 
dona 
Chuvalchang 
biomassasi, g. 
15.3. Tuproqda yashovchi hasharotlarni aniqlash usullari 
 
Unumdorligi yuqori, toza organik moddalarga boy tuproqlarda faqat 
chuvalchang emas, balki yer ustida yashovchi hasharotlar soni ham ko‘p 
bo‘ladi. Bunday hasharotlarga faqat go‘ng bilan oziqlanadigan sassiq 
qo‘ng‘izlar, turli o‘rgimchaklarni misol qilib olish mumkin. Sassiq 
qo‘ng‘izlar asosan tuproqdagi mol tezaklarini qayta ishlash orqali yashab 
hayot kechiradi. Shu asosda tuproqning unumdorligi oshishiga yordam 
beradi, ammo ular faqat toza tuproqda hayot kechiradi yoki organik 
moddalar to‘plangan joylarda yashaydi va ko‘payadi. 
Bu hasharotlarni aniqlash ham tuproqning tozaligi haqida 
ma’lumot berib boradi. Buning uchun quyidagi usul bilan ular sonini 
aniqlash mumkin. Buning uchun erdan chuqur qazilib, uning ichiga 
oddiy shisha bankani solib qo‘yamiz, banka ichiga ozroq yopishqoq 
suyuqlik solinadi, chunki bankaga tushgan hasharot chiqib ketmasligi 
kerak. Banka solingan chuqurning balandligi yer bilan baravar bo‘lishi 
kerak, aks holda unga hasharotning tushishi qiyin bo‘ladi. 
Hasharot tutishga mo‘ljallangan bankani bir sutkada ikki marta 
tekshirish lozim, ertalab va kechqurun ko‘zdan kechirib, unga tushgan 
hasharotlar soni aniqlanadi. Chunki ayrim hasharotlar kechasi hayot 
kechirsa, ayrimlari kunduzi hayot kechiradilar, shu tariqa ularning 
hayot tarzini ham bilib olish mumkin. Hasharotning hayot tarzi haqida 
to‘la ma’lumotga ega bo‘lish uchun o‘rganiladigan joylarga qarab bir 
necha joyda kuzatish olib borish kerak bo‘ladi. Kuzatishlar har bir 
biotopda qancha miqdorda hasharotlar yashashini aniqlab beradi, qaysi 
joyda hasharotlarning soni ko‘p bo‘lsa, o‘sha joy ekologik toza 
ekanligidan dalolat beradi. 
Masalan, o‘tloqda 7 joydagi tuzoqlar 3 kecha-kunduz davomida 
turdi va bu muddatda 25 dona, butazorda 12 dona, mol yuradigan 


166 
yaylovlarda shu muddatda 46 dona sassiq qo‘ng‘iz to‘plangani ma’lum 
bo‘ldi. Bir kecha-kunduzda o‘tloqda 8 dona, yaylovda 15 dona, 
butazorda 4 dona sassiq qo‘ng‘iz tutilganligi ma’lum. Endi bir tuzoqqa 
tushgan hasharotlar sonini aniqlash uchun jami hasharot sonini tuzoqlar 
soniga bo‘lamiz, unda o‘tloqlarda bir tuzoqqa o‘rtacha 3,5 dona, 
butazorda 1,5 dona, mol boqiladigan yaylovda o‘rtacha 6,5 dona 
hasharot to‘g‘ri kelganligi o‘rganildi. 
Bu ma’lumotlarni quyidagi jadvalda aks ettirish mumkin. 
10-jadval 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin