Yuqori kengliklarda joylashgan regionlarda yog‘inlarning ko‘payishi hisobiga daryolar oqimi hajmi ortishi mumkin. Agar bu
erlarda ortiqcha namlik mavjudligini hisobga olsak, kutilayotgan jara-
yon salbiy omildir. Iqlim o‘zgarishini ifodalovchi barcha ma’lumot-
larning ko‘rsatishicha, yuqori kengliklarda tuproq namligi ortadi. Biroq
o‘rta kengliklarda yoz davrlarida tuproq namligi kamayadi, dunyoning
don etishtiriladigan muhim hududlarining ayrimlari ham shu zonaga
kiradi.
Chuchuk suv ekotizimga, toshqinlar va suv sathi rejimining o‘zgarishiga ta’sir etadi. Chuchuk suv havzalari (daryo, ko‘llar va suv
omborlari)da haroratning o‘zgarishi ularda yashaydigan organizmlarning
yashash sharoiti, o‘sish va miqdoriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ko‘llar
va daryolar o‘zanlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shiladigan oqim miqdori, yer
osti suvlari va yog‘inlarning o‘zgarishi ulardagi to‘yintiruvchi moddalar
va yerigan kislorod miqdoriga, bu esa, o‘z navbatida, suvning sifati va
tiniqligiga ta’sir etadi.
Ichimlik suvlari hajmi kamayadi. Bunga suv omborlari hajmining
jala yomg‘irlar va ko‘chkilari natijasida loyqa bosishi ham sabab
bo‘ladi. Jala, yomg‘irlar miqdorining ortishi, qor suvlari hisobiga
to‘yinishining kamayishi oqibatida suvning katta qismi tez oqib o‘tadi.
Bu jarayonlarning yer osti suvi qatlamlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi
kuzatilgan. Yog‘inlar miqdorining o‘zgarishiga qarab suv sifati ham
o‘zgaradi.
Suv resurslarining kamayishi odamlar, qishloq xo‘jaligi va atrof-
muhitga salbiy ta’sir etadi. Hozirgi kunda 1,7 milliard odam – dunyo
aholisining uchdan bir qismi, suv muammosi tig‘iz bo‘lgan mamla-
katlarda yashaydilar. Taxminlarga ko‘ra, 2025-yilda suvsizlikdan
qiynalayotgan aholi soni besh milliard kishigacha etishi mumkin.
Ushbu holatlarni yaxshilash hamda chuchuk suv resurslari