O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

Sog‘lom turmush tarzi – bu faol mehnat, kuchli jismoniy va ruhiy 
holat, o‘ta xavfli va zararli ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni yenga oladigan, 
yetuklikka intiluvchan shaxsning shakllanish jarayonidir. 
Sog‘lom turmush tarzining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan 
iborat
• to‘g‘ri va rasional ovqatlanish; 
• harakatli turmush va badantarbiya; 
• kun va ish tartibini biologik qonuniyatlar asosida tashkil qilish; 
• jinsiy tarbiya, sog‘lom oila; 
• ruhiy osoyishtalikni ta’minlash; 


148 
• zararli odatlardan voz kechish; 
• shaxsiy va jamoat gigiyenasiga rioya qilish; 
• baxtsiz hodisa va jarohatlardan ehtiyotkorlik; 
• sog‘lom turmush tarzi haqida bilim va malakaga ega bo‘lish. 
♦ Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, uning 
tibbiy madaniyatini oshirish, jismonan sog‘lom, ruhan tetik, intellektual 
avlodni voyaga yetkazish borasida katta va samarali ishlar qilinmoqda.
Hozirda respublikamizda Salomatlik va tibbiy statistika instituti, 
uning viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
filiallaridan tashqari, 57 ta tuman va 14 ta shahar markazlari ham 
faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Joriy-yilning o‘tgan davri mobaynida 
Salomatlik va tibbiy statistika instituti, uning joylardagi tuzilmalari 
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus 
ta’lim vazirliklari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, "Mahalla" xayriya 
jamoat fondi, "Oila" ilmiy markazi bilan hamkorlikda aholi o‘rtasida, 
maktablar, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlarida 
sog‘lom turmush tarzi asoslari, sog‘lom oilani shakllantirish, ona va 
bola salomatligini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar muntazam 
ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Bundan tashqari, buklet, eslatma, plakat 
ko‘rinishidagi ko‘rgazmali-axborot materiallari, radio, televideniye, 
gazeta va jurnallar orqali ham chekka hududlarda yashovchi aholi 
o‘rtasida targ‘ibot ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Yana shuni ta’kidlab 
o‘tish joizki, institut xodimlari joylarga chiqib, mutaxassislarga, 
qolaversa, tibbiyot, maktab va maktabgacha tarbiya muassasalari, 
mahalla, keng jamoatchilik, barcha tashkilotlarda mas’ul bo‘lgan 
xodimlarga uslubiy va amaliy yordam berib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 28-noyabrdagi 
«Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida» Qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, 
davlatimiz rahbari tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini 
tizimli ravishda yaxshilashning asosiy yo‘nalishlaridan biri etib 
belgilangan birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatuvchi 
muassasalar faoliyatidagi profilaktik yo‘nalishni kuchaytirish, tizimli 
ravishda tibbiy madaniyat, sanitariya va gigiyena hamda sog‘lom 
turmush tarzi ko‘nikmalarini aholining keng qatlamlari orasida tatbiq 
etish maqsadida institut jamoasi joylarda izchil faoliyat olib bormoqda. 
♦ Yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot 
ishlarini samarali hamda ta’sirchan uslubda amalga oshirish maqsadida 


149 
har bir ta’lim muassasasida sog‘lom turmush tarzi, shaxsiy gigiyena, 
oila ma’naviyati, zararli illatlarning sog‘lom bola tug‘ilishiga salbiy 
ta’siri haqidagi tibbiy bilimini oshirishga qaratilgan o‘quv-mash-
g‘ulotlar joriy etilgan. 
Yoshlarni bolalikdan ovqatlanish rejimini yaxshi bilishlari uchun 
barcha maktablarda sinflar kesimida sog‘lom turmush tarzi ko‘nik-
masini shakllantirish, o‘z salomatligi uchun mas’uliyat hissini oshirish 
va sanitariya-gigiyenaga oid bilimlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan 
17 soatlik maxsus darslar o‘tilayapti.
Ushbu darslarda yoshlarga sanitariya-gigiyena qoidalariga oid 
tushunchalar berish, ularda zararli odatlarning oldini olish, OIV 
infeksiyasi va undan himoyalanish, reproduktiv salomatlik, o‘smirlik 
davrining ruhiyat muammolari, atrof-muhitning salomatlikka salbiy 
ta’sirini kamaytirish yuzasidan ko‘nikmalarni shakllantirish muhim 
ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan bir qatorda, har bir yoshni o‘zi uchun 
sog‘lom turmush tarzini tanlashi, birinchi navbatda sog‘lig‘i darajasini 
tibbiy ko‘rikdan o‘tish yo‘li bilan baholashga ham o‘rgatish ahamiyatga 
molik masaladir.
♦ Respublika aholisining 60 foizdan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi. 
Ular o‘rtasida ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini samarali va 
ta’sirchan uslubda amalga oshirish uchun har bir ta’lim muassasasida 
sog‘lom turmush tarzi, shaxsiy gigiyena, oila ma’naviyati, zararli 
illatlarning sog‘lom bola tug‘ilishiga salbiy ta’siri haqidagi tibbiy 
bilimlarini oshirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. 
Bu yoshlarimiz ongida sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini 
singdirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham, kasb-
hunar kollejlari o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari talabalari xohish-
istaklari ostida tegishli mavzular keng yoritib borilmoqda. Jumladan, 
Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan 24 ta oliy o‘quv yurti bilan 
o‘quv-yillari uchun talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi 
targ‘iboti bo‘yicha ish rejalari tasdiqlanib, bugungi kunga qadar 
«Sog‘lom turmush tarzi», «Reproduktiv salomatlik», «Zararli odatlar-
ning oldini olish», «Sog‘lom ovqatlanish», «OIV/OITS profilaktikasi» 
mavzularida davra suhbatlari, savol-javob kechalari, uchrashuvlar 
tashkil etilmoqda. Ana shunday samarali ishlar olib borilsa-da, ayrim 
yoshlarimiz sog‘lom turmush tarzi tushunchasidan xabardor emas, 
tadbirlarda ishtirok etmayotgani bois, o‘z sog‘lig‘iga ham e’tibor 
bermaydi. 


150 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin