O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə38/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

5.7-rasm. Shahar tezyurar yo‘lining ko‘ndalang kesimi (o‘lchamlar metrda berilgan).

    1. ir satxdagi; b-o‘ymada pandus va burchakni xisobga olib taxminan 110...130 m ni tashkil qiladi.

Yo‘lka kengligining 4,5 m gacha torayishida va ikki tasmagacha bo‘lgan mahalliy va tranzit qatnov qismining har qaysi yo‘nalishdagi kengligi 7 m dan bo‘lganda uncha katta bo‘lmagan oqimda uzluksiz harakatdagi magistralning kengligi 55 m deb qabul qilinishi mumkin.
Tonnelda bir yo‘nalishda uchta harakat tasmasi har birining qatnov qismining kengligi 4 m dan bo‘lgan magistralning umumiy kengligi 73 m ga yetadi.
Katta shaharlarning chorrahalarida muntazam xarakatdagi umumshahar ahamiyatidagi magistral ko‘chalarning kengligi 50...60 m bo‘lishi mumkin.

5.8-rasm. Uzluksiz harakat bilan (a-v) va turli o‘lchamdagi harakat bilan (g-j) umumshahar ahamiyatidagi magistral ko‘chaning ko‘ndalang kesimlari (o‘lchamlar metrda berilgan):

      1. tonnellarga yaqinlashganda; b) estakadalarga yaqinlashganda; v) turli satxlardagi kesishmalar o‘rtasida; g, d, ye) kam, o‘rtacha va katta o‘lchamdagi harakatga muvofiq;

j) mahalliy harakatlarda.
Tranzit harakat qismidan mahalliy yo‘llar konstruksiyasini 6 m kenglikda ajratib quriladi, magistralning umumiy kengligi 70...80 m gacha kattalashadi.
Tramvay liniyasi alohida chiziqda tranzit va mahalliy yo‘llar orasida joylashtiriladi.
Аgar barcha tomondan yo‘lka va bino o‘rtasidagi ajratuvchi tasmani 6 m dan ko‘zda tutilsa, magistralning umumiy kengligi 12 m gacha kattalashishi mumkin.
Magistral ko‘chalarning ko‘ndalang kesimi kengligi oqimda qatnov qismi konstruksiyasining kengligi 16 m, yo‘lkalar - 4,5 m, yashil tasma - 3,5 m bilan birgalikda 32 m gacha kamayishi mumkin.
Tuman ahamiyatidagi magistral ko‘chalarining ko‘ndalang kesimi (5.9-rasm) kengligi turar joy tuzilishidagi binolarning joylashishi va yo‘lka va qizil tasma o‘rtasida yashil tasmani bor yoki yo‘qligiga bog‘liq xolda 24...41 m qilib loyihalanadi. Shuningdek, yashil tasma binolar orqasida joylashishi mumkin.
Ko‘p qavatli binoli tumanlarda turar joy ko‘chalarining avtomobillar to‘htashi va binolarning kichik bog‘lari uchun tanlangan tasma bilan kengligi 33...35 m, bog‘larsiz 21...23 m bo‘lishi mumkin.
Kam qavatli bino va ekinzorli tumanlarda turar joy ko‘chasining yer osti suv qabul qilgichlar bilan birgalikdagi kengligi bir qator daraxtlar bilan birga 15 m gacha kamayishi mumkin. Loyiha meʼyorlariga ko‘ra qizil chiziq chetidagi ko‘chalarning kengligi quyidagi qiymatlardan kam bo‘lmagan xollarda qabul qilingan:

  • uzluksiz harakatdagi umumshahar ahamiyatidagi magistral ko‘chalar uchun 75 m;

  • tartibli harakat uchun 60 m;

  • tuman ahamiyatidagi magistral ko‘chalar uchun 35 m;

  • ko‘p qavatli binolar yonida mahalliy harakatdagi ko‘chalar uchun 25 m;

  • binolar orasidagi sanitar uzilishlarga rioya qilgan holda kamqavatli qurilishda

– 15 m.
Binolar o‘rtasida o‘rnatilgan sanitar buzilishlardan saqlaydigan kam qavatli binolarda 15 m.
Ko‘cha va yo‘lning qatnov qismidagi ko‘ndalang nishablikning qiymati yo‘l qoplamasining turi va bo‘ylama nishabliklarga bog‘liq xolda qabul qilinadi. Ularning kattaligi deyarli tekis asfaltbeton va sementbeton qoplamalari uchun 15...25 ‰ dan, bruschatkali, mozaikali va yig‘ma beton yoki temirbeton plitali qoplamalar uchun 20...30 ‰ gacha o‘zgaradi. Rejalashtirilgan loyihalarda qatnov qismi ko‘ndalang nishabligi odatda o‘rtacha 20 ‰ deb qabul qilinadi.
Yo‘l poyi – hudud relʼefining notekisliklarini rostlaydigan yo‘lning konstruktiv qismi, yo‘l qoplamasi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Yo‘l poyi ko‘tarma va o‘ymalarda qurilishi mumkin; unga yuzaki va grunt suvlarini chetlatish uchun mo‘ljallangan moslmalar va inshootlar kiradi.
Yo‘l poyining qiya tekislikni o‘z ichiga olgan yon yuzasi yonbag‘ir nishabligi deb ataladi. Ko‘tarma uchun yer yuzasi bilan yonbag‘ir nishabligi yuzasini kesishgan chizig‘i yonbag‘ir tagi, o‘ymalar uchun esa yonbag‘irning yuqori qirg‘og‘i deyiladi.

Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin