O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə41/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

Yo‘ldan suvni qochirish


Yo‘l poyiga oqib kiradigan suv gruntning yumshashiga, yo‘l poyining yuklarni qabul qilish xususiyatining kuchli kamayishiga olib keladi. 5.13-rasmda yo‘l poyining namlanish manbalari keltirilgan.
Yo‘l poyini yuzaki suvlarning buzuvchi taʼsiridan yoki grunt suvlarining kapillyar ko‘tarilishidan himoyalash uchun suv qochirish inshootlari quriladi.
Yig‘ish, ushlab turish, yo‘l poyidan suvni qochirish va uni qoplama orqali o‘tkazish uchun inshootlar yig‘indisi yo‘ldan suvni qochirish tizimini tashkil etadi.
Yuzaki suvlarni qochirish uchun qatnov qismi va yo‘l yoqasi qavariq ko‘rinishga keltiriladi. Uncha katta bo‘lmagan ko‘tarma ko‘rinishida qurilgan yo‘l poyidan suvni qochirishni tezlatish uchun yon ariqlar – kyuvetlar quriladi.



5.13-rasm. Yo‘l poyining namlanish manbalari: 1 – yer osti grunt suvlari; 2 – kyuvetlardagi suv; 3 – atmosfera yog‘inlari; GSV – grunt suvlari gorizonti
Yuzaki suvlarni chetlatish avtomobil yo‘lining yo‘l poyini turg‘unlik va butunligini taʼminlaydi, shuningdek, tog‘ yon bag‘ri arig‘lari, zahiralar, novlar bilan amalga oshiriladi.
Ko‘tarma balandligi 2 m dan kam bo‘lmagan 2 ‰ li ko‘ndalang nishablikli joylarda, ko‘ndalang nishablik o‘zgaradigan joylarda, shuningdek, ko‘ndalang suv qochirish arig‘ining botqoqligida ikki tomonga ko‘tarma quriladi. Yo‘l poyiga suv yuqori tomondan oqib kelganda, ko‘ndalang nishablik aniq ifodalangan joylarda arig‘larni faqatgina tog‘ yon bag‘ri tomondan quriladi.
Yonbag‘ir qiyaligini ushlab turish qobiliyatiga ega bo‘lmagan suvlangan va namlangan tuproqlarda yo‘l poyini zaxini qochirish va xisoblangan suv sarfini o‘tkazishini taʼminlovchi bo‘ylama ariqlardan foydalaniladi. Tog‘ yon bag‘rlari- dagi joylarda suvtushirgichlar, tezoqar suv ariqlari, energiyani o‘chiruvchilar – suv qudug‘lari, devorlar quriladi.
Joylarning botqoqlanishi va yo‘l poyida suvning turib qolishini keltirib chiqarmaydigan xollarda relʼefi pasaytirilgan joylarda suvning ariqlardan, kyuvetlardan va novlardan o‘tkazishga ruxsat beriladi.
Drenaj qurilmalari yo‘l poyini grunt suvlari harakatidan va yuzaki suvlardan himoyalash uchun ishlab chiqilgan. Drenaj qurilmalari yo‘l poyini quyi qismiga suv kirishini uzish va to‘sish, o‘yma qirg‘og‘idan yuzaki suvlarni yig‘ish va chetlatish, yo‘l poyi asosida grunt suvlari sathini pasaytirish, shuningdek, suv chetlatish taʼminlanmagan joylarda yuzaki suvlarni oqizib yuborish uchun xizmat qiladi.
Drenaj qurilmalarini grunt suvlari yo‘l poyini mustahkamligini buzadigan joylarda tuproq suvlarining hisoblangan sathidan yoki yer yuzasi ustida yo‘l to‘shamasining pasti yetarli darajada ko‘tarilmagan xollarda qo‘llaniladi.
Suv sathini pasaytiruvchi qurilmaning kamchiligi gidrologik sharoitga, joy relʼefiga, ularning yo‘l poyi turg‘unligini taʼsiriga bog‘liq.
Drenaj qurilmalarni kapillyaruzuluvchan qatlamlar, qiya ko‘tarmalar va o‘yma drenajlar ko‘rinishida tayyorlanadi. Kapillyaruzuluvchan qatlamlarni ko‘tarma asosida qatlamda singdirish, suv chetlatish va izolyatsiya qilish qatlam turi bo‘yicha quriladi.
Qoidaga ko‘ra, suv chetlatish inshootlarini yo‘l poyini qurish bilan bir vaqtda quriladi.

    1. Yüklə 9,23 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin