O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə44/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

Transport yo‘laklari


Jahon bozoriga chiqish uchun qisqa va qulay yo‘llarga intilish strategik muhim vazifaga aylandi.
Zamonaviy tushunchada yo‘laklar – bu avvalam bor, ko‘pincha transportning har xil turlari bilan katta xajmli yuklarning olib o‘tilishi mo‘ljallangan yo‘nalishlar. Xalqaro transport koridorlari avvalam bor, tashqi savdo yuklarini - eksport-import va tranzit yuklarini tashishni taʼminlab beradi.
Bugungi kunda yevroosiyo davlatlari mintaqada transkontinental transport koridorlarini tuzish muhim ekanligini tan oldilar. Bunga sabab, Yevropa va Janubi- Sharqiy Osiyoning orasidagi transport aloqalarining samaradorligini oshirish zaruriyati; Yevropa va Janubi –Sharqiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi savdo- sotiq-iqtisodiy aloqalarini o‘rnatishda markaziy- va janubiy-osiyo davlatlarining yanada ko‘prog‘ini jalb qilinishi; Yevroosiyo mintaqasining ichkarisidagi davlatlarining boy xom-ashyo resurslariga va bozorlariga sarmoyadorlarning katta qiziqishi kabi tamoyillardir
АVTOMOBIL va transport koridorlari ishlab chiqarishning o‘sishi va transport koridorlari o‘tadigan mintaqa aholisining ish bilan bandligini taʼminlashga muhim sabab bo‘lmoqda. Buning natijasida nafaqat transport infrastrukturasi va u bilan bog‘liq sohalar rivojlanadi, balki ijtimoiy sohada ham o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Yevropa transport koridorlari (5.17-rasm):

  1. E-40 (Qozog‘iston Respublikasi chegarasi – Qo‘ng‘rod – Nukus – Dashxovuz – Buxoro – Navoi – Samarqand – Jizzax – Toshkent – Qozog‘iston Respublikasi chegarasi);

  2. E-60 (Turkmaniston Respublikasi chegarasi – Olot – Buxoro – Qarshi – G‘uzor – Sherobod – Termez – Turkmaniston Respublikasi chegarasi).

Osiyo shosse yo‘llarining transport koridorlari (5.18-rasm):
Xalqaro tashishlarni bajarish uchun yaxshi asos bo‘lib BMT ning Osiyo va Tinch Okeani bo‘yicha Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining ostida uzunligi 140 ming km dan ortiq bo‘lgan Osiyo shosse yo‘llari tarmog‘ining tuzilganligi bo‘ldi. Hukumatlararo Kelishuv 2004 yilning 26 aprelida XXR ning Shanxay shahrida imzolangan.
Osiyo shosse yo‘llari tarmog‘i 1959 yildan boshlab, asosan bir mintaqadan ko‘proq xududni bosib o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi avtoyo‘l marshrutlarini aniqlash va rivojlantirishda o‘zaro aktiv aloqalarni o‘rnatgan, ESKАTO ramkasi ostida ish olib borayotgan 32 davlatning muhim tashabbuslaridan biri hisoblanadi.
Buyuk ipak yo‘lini tiklashning asosiy maqsadi - bu transport tizimlarining rivojlanishidagi yangi yo‘llarni va imkoniyatlarni yaratish, Yevropa va Osiyo transport-aloqa koridorini yaxshilash, Buyuk ipak yo‘li mintaqasidagi zamonaviy transmilliy yo‘l infrastrukturasining rivojlanishi hisoblanadi.

5.17-rasm. TRАSEKА marshrutlari.

5.18-rasm. Osiyo avtomobil yo‘llari tarmog‘i (OАYT)
Ushbu mashrutni qurish mavjud tashqi va ichki ehtiyojlar natijasida paydo bo‘ldi. Tashqi ehtiyoj oldingi Sovet Ittifoqi va Sharqiy Yevropa hududida tashkil qilingan yangi davlatlarning paydo bo‘lganligi bilan, butunjahon iqtisodiy muhitda kuchlarning o‘zaro munosabatining sezilarli o‘zgarishini aniqlab beradigan Sharqiy Osiyodagi iqtisodiy potensialining tezkor o‘sishi bilan bog‘liq. Xozirgi kunda Osiyoga butunjahon ishlab chiqarishining 4/1 qismi to‘g‘ri keladi, yaqin kelajakda esa bu ko‘rsatkich 3/1 qismni tashkil etadi.
Buyuk ipak yo‘li regioni zamonaviy transmilliy yo‘l infrastrukturasining rivojlanishiga muhim ahamiyat berib, hamda bir tizimdagi texnik siyosatini ishlab chiqish va mintaqa davlatlarining Osiyo va Yevropa orasidagi transport-aloqa koridorini yaxshilash bo‘yicha harakatlarini birlashtirish, so‘nggi yillarda dunyoning turli mamlakatlarining hukumatlari tomonidan qator xalqaro kelishuvlar va boshqa muhim xujjatlar imzolandi.
Osiyo-Evropa o‘rtasidagi transport aloqalarini o‘rnatish maqsadida ushbu qitʼa mamlakatlari tomondan ko‘plab qarorlar ishlab chiqildi va bir qator kelishuvlar
imzolandi.
1992 yilda Osiyo va Tinch okeani davlatlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKАTO) Osiyo avtomobil yo‘llari va Transosiyo temir yo‘llaridan tashkil topgan yerusti transport infratizimining rivojlanishini qo‘llab quvvatladi. Osiyo avtomobil yo‘llarining tarmog‘i xaqidagi Xukumatlararo kelishuvga ko‘ra Osiyo avtomobil yo‘llari loyihasining tuzilishi 2003 yilning noyabr oyida boshlandi. ESKАTO tarkibiga kiruvchi ko‘p davlatlar rivojlanayotgan davlatlar bo‘lib, tarmoqli rivojlantirsh uchun katta mablag‘ ishlata olmaydi. Shu sababdan Osiyo avtomobil yo‘llarining tarmog‘lari mavjud mintaqaviy yo‘llarning rivojlanishi va modernizatsiya qilinishi zarur.
Osiyo yo‘llari tarmog‘ining katta qismini – taxminan 82 % ni qattiq to‘shamali ikki va undan ortiq tasmali yo‘llar tashkil etadi. Taxminan 7 %- yaʼni yo‘lning umumiy uzunligidan 10000 km umuman qoplamasiz. Osiyoning marshrutlari АH1dan АH9 gachasi 4 dan ortiq regiondan kesishib o‘tadi. Ushbu yo‘nalishlar xududlararo transport aloqasida muhim rol o‘ynaydi. 4 ta kichik regionlar mavjud: Janubi-Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo, Markaziy va Janubi – G‘arbiy Osiyo, Sharqiy Osiyo.
Osiyo yo‘llari tarmog‘iga kiruvchi 32 ta davlatlardan 18 tasi (ESKАTO bazasida avtomobil yo‘llari xolati to‘g‘risida maʼlumotlari bor) xududda xududlararo savdo-sotiqqa takomillashtirishning iqtisodiy taʼsirini analiz qilish uchun tanlandi. Osiyo yo‘llari tarmog‘i davlatlaridagi yo‘llarning rivojlantirish va takomillashtirish uchun uning narxini taxminan hisoblash uchun mintaqaviy darajada taxminiy hisoblash modelidan foydalanildi.
АVTOMOBIL yo‘llari Osiyo tarmog‘i (АYOT) 32 davlat xududidan kesishgan bo‘lib, uzunligi 140000 km ni tashkil etadi. U Yaponiyaning Tokio shahridan boshlanib, Finlyandiyaning chegarasi, yaʼni Xelьsinki shahrigacha va Bolgariyaning chegarasi Sofiya shahrigacha boradi. Tarmoq asosan Osiyo mamlakatlaridagi mavjud yo‘llardan o‘tadi. Osiyo yo‘llari standartlari 0 klass (Primary), 1klass, 2 va 3 klasslarni o‘z ichiga oladi, ular landshaftning turlariga asosan, loyihalanish tezligi, yo‘l to‘shamasining kengligi, egri gorizontal chiziqning minimal radiusi, qoplamaning ko‘ndalang nishabligi, qoplama turi,
virajlar va bo‘ylama nishablikka asoslangan holda aniqlanadi. 5.6-jadvalda Osiyo yo‘llari tarmoqlari uchun tavsiya etilgan standartlari keltirilgan. Loyihaviy tezlikka, joyning turiga, geometrik o‘lchamlarga, rejaning egri chiziqlari radiuslariga, ko‘ndalang nishablikka, to‘shama turiga va maksimal bo‘ylama nishablikka talablar keltirilgan. Osiyo yo‘llari tarmog‘iga qo‘yiladigan minimal talablar, III klassga mos tushishi zarur. Yo‘llarning Osiyo standartlariga asosan, III klass qurilishga sarmoyaning chegaralanishi sharoitlarida qo‘llanilishi taklif qilingan. Osiyo davlatlari - yo‘l tarmoqlari aʼzolarining bajarilishi shart bo‘lgan ikkita asosiy talabi – bu: 1)taʼmirga muhtoj bo‘lgan yo‘llarning holatini yaxshilash, birinchi navbatda, umumiy tarmoqning 72% ini qoplagan I, II va III klass yo‘llar xolatini yaxshilash; 2)III klassgacha bo‘lgan qolgan 28 % yo‘llarni yoki II klassgacha bo‘lganlarini modernizatsiya qilish. Osiyo yo‘llarining yo‘nalishlari va xarakteristikasi 5.7-jadvalda keltirilgan.
АYOT yo‘l standartlari
5.6-jadval





Давлат

Йўналиш №

Узунлиги,
км

1

2

3

4




Афғонистон

АҲ1, АҲ7, АҲ62, АҲ71, АҲ76, АҲ77

4,247




Арманистон

АҲ81, АҲ82, АҲ83

958




Озарбайжон

АҲ5, АҲ8, АҲ81, АҲ83

1,442




Бангладеш

АҲ1, АҲ2, АҲ41

1,804




Бутан

АҲ48

1




Камбоджа

АҲ1, АҲ11

1,339




Хитой

АҲ1, АҲ3, АҲ4, АҲ5, АҲ6, АҲ14, АҲ31, АҲ33, АҲ34,
АҲ42, АҲ61, АҲ65, АҲ67, АҲ68

25,579




Шим. Корея

АҲ1, АҲ6, АҲ32

1,320




Грузия

АҲ5, АҲ81, АҲ82

1,154




Хиндистон

АҲ1, АҲ2, АҲ42, АҲ43, АҲ45 — АҲ47

11,432




Индонезия

АҲ2, АҲ25

3,989




Ироқ

АҲ1, АҲ2, АҲ8, АҲ70, АҲ71, АҲ72, АҲ75, АҲ78, АҲ81,
АҲ82

11,152




Япония

АҲ1

1,200




Қозоғистон

АҲ5, АҲ6, АҲ7, АҲ60 — АҲ64, АҲ67, АҲ68, АҲ70

13,189




Қирғизистон

АҲ5, АҲ7, АҲ61, АҲ65

1,695




Лаос

АҲ3, АҲ11, АҲ12, АҲ13, АҲ15, АҲ16

2,297




Малайзия

АҲ2, АҲ18

1,595




Монголия

АҲ3, АҲ4, АҲ32

4,286




Бирма

АҲ1, АҲ2, АҲ3, АҲ14

3,003




Непал

АҲ2, АҲ42

1,321




Покистан

АҲ1, АҲ2, АҲ4, АҲ7, АҲ51

5,377




Филиппин
Ороллари

АҲ26

3,517




Жанубий
Корея

АҲ1, АҲ6

907




Россия
Федерацияси

АҲ3, АҲ4, АҲ6, АҲ7, АҲ8, АҲ30, АҲ31, АҲ60, АҲ61,
АҲ63, АҲ64, АҲ70

16,869




Сингапур

АҲ2

19




Шри-Ланка

АҲ43, АҲ44

650




Тожикистон

АҲ7, АҲ65, АҲ66

1,925




Таиланд

АҲ1, АҲ2, АҲ3, АҲ12, АҲ13, АҲ15, АҲ16, АҲ18, АҲ19

5,112




Туркия

АҲ1, АҲ5, АҲ84, АҲ85, АҲ86, АҲ87

5,254




Туркманистон

АҲ5, АҲ70, АҲ75, АҲ77, АҲ78

2,204




Узбекистон

АҲ5, АҲ7, АҲ62, АҲ63, АҲ65

2,966




Вьетнам

АҲ1, АҲ14, АҲ15, АҲ16

2,678

Osiyo yo‘llarining yo‘nalishlari va harakteristikalari.
5.7-jadval.






Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin