O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə40/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

5.11-rasm. Yo‘l to‘shamasi: 1-yedirilish qatlami; 2-qoplamaning yuqori qatlami; 3-qoplamaning pastki qatlami; 4-asosi; 5-qo‘shimcha qatlam; 6-to‘shalgan tuproq.
Yo‘l qoplamasi – yo‘l to‘shamasining mustahkam, transport vositalaridan tushayotgan yukni bevosita qabul qiladigan yuqori qatlami. Qoplama bir va ikki qatlamli bo‘lishi mumkin. Qoplamaning yuqori qatlami tekis yuza hisobiga yo‘lning zaruriy transport-ekspluatatsion sifatlarini taʼminlaydi. Qoplamaning yuqori qatlami transport vositalarining g‘ildiraklari va atmosfera faktorlari taʼsiriga bevosita qarshilik ko‘rsata oladi, shuning uchun uni bog‘lovchi qo‘llanilgan mustahkam tosh materiallaridan quriladi.
Kam intensiv harakatda qoplama bog‘lovchi bilan ishlov berilgan mahalliy gruntlardan quriladi. Qoplamada mustahkamlikni oshirish uchun bo‘sh tosh
materiallaridan qurilgan yediriluvchi yupqa qatlam himoyalovchi deb ataluvchi mustahkam materiallardan quriladi.
Аsos – bog‘lovchilar bilan mustahkamlangan tosh materiallari yoki tuproqdan quriladigan yo‘l to‘shamasining ko‘tarib turadigan qismi. Qoplama bilan birgalikda asos transport vositalaridan tushayotgan bosimni pastda joylashgan qo‘shimcha qatlamlarga uzatadi, ularning yetishmasligi esa yo‘l poyi gruntiga bog‘liq.
Qo‘shimcha qatlamlar asos va yo‘l poyi grunti o‘rtasida joylashadi. Аsosning qo‘shimcha qatlami suv o‘tkazmaydigan, tekislovchi, cho‘kishga qarshi, qordan himoyalovchi bo‘lishi mumkin.
Yo‘l poyining yuqori qatlami yoki to‘shama grunti yo‘l to‘shamasi qurilishida qatʼiy mustahkamlangan qatlamni o‘z ichiga oladi. To‘shama grunti yetarli darajada mustahkam bo‘lishi shart; qator xollarda unga bog‘lovchi bilan ishlov beriladi. Yo‘l to‘shamasining barcha konstruksiyalari egilishga qarshiligi bo‘yicha qattiq (tsementbetonli) va qattiq bo‘lmagan turlarga bo‘linadi. Qatlam konstruksiyalari bo‘yicha yo‘l to‘shamasi katoklar va transport vositalari bilan zichlangan, zichlash va ishqalanish kuchini rivojlanishi natijasida mustahkamligi orttirilgan (rasklinki), qatlamning alohida qismlarini ushlab turuvchi sochiluvchan materialli; yotqizish, zichlash va qotishidan keyin monolit xosil qiluvchi asfaltbeton va sementbeton aralashmali; plitalardan tayyorlangan yig‘ma sementbeton qoplamali bo‘ladi.
Yo‘l to‘shamasining muhim xususiyati uning ishlov berishga qulayligi, ayniqsa eng ko‘p iqtisodiy texnologik priemlarda foydalanishga yordam beradigan tarkibi, kompleks mexanizatsiyasi va oqim usuli.
Qoplama turlari yo‘l toifasidan, shuningdek, intensiv harakat va transport vositalaridan tushayotgan yuklardan kelib chiqib SNiP 3.06.03-85
«АVTOMOBILnыe dorogi» meʼyoriy xujjatida normalashtirilgan (5.12-rasm).
II, III toifali yo‘llarda (qator xollarda III va IV) kapital turdagi takomillashtirilgan sementbeton qoplamalaridan (yig‘ma va monolit); issiq xolatda yotqizilgan asfaltbeton aralashmalaridan; beton yoki tosh asosda bruschatka va mozaikalardan qurilgan yo‘llardan; mustahkam chaqiq tosh va qovushqoq bitum
qo‘llanilib ishlov berilgan, saralangan tarkibli aralashmalardan quriladi.
Аralashmalar asfaltbeton zavodida asfalt aralashtirgich qurilmasida tayyorlanadi.

5.12-rasm. I(a-v), II(g-e), III(j-i), IV(k-n) toifali avtomobil yo‘llari uchun to‘shamaning konstruksion qatlamlari:
a – yig‘ma va monolit sementbetonli; b – issiq va iliq asfaltbeton aralashmali; v – beton yoki tosh asosli bruschatka va mozaikali yo‘llarda; g – qovushqoq organik bog‘lovchi aralashmasida ishlov berilgan, mineral kukunli yoki mineral kukunsiz tarkib bilan saralangan mustahkam chaqiqtosh materialli; d – shimdirish yo‘li bilan ishlov berilgan chaqiqtosh (shag‘alli);
ye – sovuq asfaltbetonli; j – qovushqoq bitum bilan ishlov berilgan gruntli; z – chaqiqtosh (shag‘alli), toshqolli; i – organik bog‘lovchi bilan ishlov berilgan mahalliy bo‘sh materialli va gruntli; k – katta tosh yoki bo‘lingan toshli tosh ko‘chalar; l – mahalliy asosli materiallar bilan mustahkamlangan gruntli (chaqiqtosh, shag‘al va b. bilan); m-granulometrik tarkibli gruntli;
n – mustahkamlanmagan gruntli; 1 – yo‘l qoplamasi; 2 – asos; 3 – asosning qo‘shimcha qatlami; 4 – gruntli asos.
III-IV toifali yo‘llarda qurilish davrida va II, III yo‘llarda: qizdirilgan xolatda yotqiziladigan (I yo‘l iqlim mintaqasidan tashqari) issiq asfaltbeton aralashmasi- dan; sovuq xolatda yotqiziladigan sovuq asfaltbeton aralashmasidan; yo‘lda shimdirish, yarimshimdirish, aralashtirish usuli bo‘yicha mukammallashtirilgan yo‘l qoplamalari quriladi.
Qurilmada bitum, hamda shimdirish yoki yarimshimdirish yo‘li bilan ishlov
berilgan, mustahkam chaqiqtoshdan (tarkibida donalari 5 mm dan kam
bo‘lmagan); yirik donali materiallardan (fraktsiya o‘lchamlari 40 mm gacha); sement bilan bitum emulьsiyasida yuzaga ishlov berish tuzilishida ishlov berilgan, qumli yoki supesli gruntlardan tayyorlangan qoplamani ham yengli mukammallashtirilgan turga olib kelinadi.
IV,V toifali yo‘llarda yo‘l to‘shamasining qurishning bir qancha davrida va III- V toifali yo‘llarda qurishning boshlang‘ich davrida o‘tish turidagi yo‘l qoplamasidan foydalaniladi:

  • bog‘lovchi bilan ishlov berilmagan chaqiqtosh, shag‘alli, toshqolli;

  • faol qo‘shimchalar bilan yoki ularsiz bog‘lovchilar bilan ishlov berilgan gruntlardan va kammustahkam mahalliy tosh materiallardan;

  • katta yoki bo‘lingan toshdan terilgan tosh ko‘chalar.

Past turdagi yo‘l qoplamasi V toifali yo‘llarda va yo‘l to‘shamasini qurish davrida ichki karyerli yo‘llarda va birinchi navbatda IV toifali yo‘llar qurilishida qo‘llaniladi. Past turdagi qoplamaga turli mahalliy skelet materiallar bilan mustahkamlangan yoki yaxshilangan gruntlar, yotqizilgan yog‘ochli, yaxlit va izli materiallar kiradi.

    1. Yüklə 9,23 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin