O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə39/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

5.9-rasm. Tuman ahamiyatidagi (a, v) va turar joy (b, g) magistral ko‘chalarining ko‘ndalang kesimlari: a, b – binodan yashil tasma bilan; v, g – yashil tasmalarsiz.
Yo‘l poyining tik yonbag‘ri shaxsiy og‘irligi va transport vositalarining taʼsirida, shuningdek, atmosfera faktorlarining taʼsirida uning turg‘unligiga, yo‘l
harakati xavfsizligi talablarini va yer ishlarini ishlab chiqarishdagi qulayliklarni
xisobga olib, qor yoki qum qoplashi sharoitlariga muvofiq tayinlanadi.
Yo‘l poyi konstruksiyasi yo‘l toifasiga, yo‘l to‘shamasi turiga, tabiiy sharoitiga va transport vositalarining yuqori xisobiy tezlik bilan harakatlanishini taʼminlash zaruriyatiga bog‘liq.
Ko‘tarma qurish uchun tabiiy faktorlar taʼsirida xolati umuman o‘zgarmaydigan yoki kam o‘zgaradigan, yo‘l poyining mustahkamligi va turg‘unligiga taʼsir o‘tkazmaydigan gruntlar ishlatilishi mumkin: qoya yoki bo‘sh va yengil sochiluvchan yumshamaydigan tog‘ jinslari, yirik tog‘ jinslari, qumli (mayda suv o‘tkazmaydigan va changsimon qumlardan tashqari) jinslar, yengil yirik supeslar. Yo‘l poyining turg‘anligi ko‘tarmada turli gruntlarning to‘g‘ri joylashishiga, ularning namligi va zichligiga bog‘liq.
Yo‘l poyi bo‘sh asosining namlik xususiyatini oshirish uchun sintetik materiallar qo‘llaniladi, ularni ko‘tarma qurishdan oldin tuproqqa yotqiziladi. Bunday materiallarni bo‘sh tuproqli joylarda, yaʼni bo‘lakli materiallardan bo‘lgan kichik qalinlikdagi ko‘tarma qatlamida yo‘l qurilish mashinalarini yurishini taʼminlash uchun; asosidagi namlangan coa tuproqlar bilan donador materiallarni aralashib ketishidan saqlash uchun; filьtr sifatida drenaj moslamalarini saqlash, qordan saqlash va bo‘lakli qatlamni loyqalardan saqlash uchun ishlatiladi.
Yo‘l poyining namunaviy ko‘ndalang kesimi 5.10-rasmda keltirilgan.
І toifali yo‘llarda to‘rt va olti tasmali harakat uchun kengligi 12,5 (13,5) m va 5
(6) m li ajratuvchi tasmalar bilan ajratish ko‘zda tutilgan. Ko‘ndalang kesimda ko‘tarma balandligi 12 m gacha, bo‘sh sochiluvchan tog‘ jinslarida o‘yma chuqurligi 12 va 16 m ko‘zda tutilgan.
І va ІІ toifali yo‘llar uchun ko‘tarma balandligi 2 m gacha va o‘yma chuqurligi 1 m gacha ko‘ndalang kesimlar ishlab chiqilgan. O‘yma chuqurligining 1 m gacha ko‘ndalang kesimda barcha toifali yo‘llar uchun ko‘tarmadan ajratuvchi va o‘yma ochuvchi ko‘rinishida loyihalangan.



5.10-rasm. Yo‘l poyining namunaviy ko‘ndalang kesimlari:
a,b – І toifali yo‘l; v, g – ІІ toifali yo‘l; d –ІІІ, ІV toifali yo‘l; ye – V toifali yo‘l; j – o‘ymadagi yo‘l; B yo‘l poyining kengligi; b qatnov qismi kengligi; d – ajratuvchi tasma kengligi;
d1 – mustahkamlash kengligi; s – yo‘l yoqasi kengligi; s1 drenaj kenligi;
s2 – mustahkamlangan tasma kengligi; s3 – mustahkamlangan yo‘l yoqasi kengligi; 1:m – yonbag‘ir nishabligi; N – o‘yma chuqurligi; R – radius.
Ko‘tarma balandligi 1 m da І - ІV toifali yo‘l yaqinida yaxlit suv o‘tkazmaydigan qatlamda yon ariqlar – lotoklar yoki zaxiralar, І - ІІІ toifali yo‘l yaqinida bo‘ylama naychasimon drenajlarni qurish ko‘zda tutilgan. O‘ymaning chuqurligi va ko‘tarmaning balandligidan qatʼiy nazar bir qancha gruntlarda І - ІІІ toifali yo‘llarning ko‘ndalang kesimlari ishlab chiqilgan. Ular yaxlit suv o‘tkazmaydigan qatlamli, bo‘ylama naysimon trubalar alohida xududlar uchun ariqlar ko‘zda tutilgan.
Yo‘l poyining ko‘ndalang kesimi nishabliklarining o‘zgarishi avtomobil
yo‘lining egriliklari va landshaft o‘zgarishi va virajlarga bog‘liq turlarga bo‘linadi, egrilik ko‘rinishdagi yo‘l poyi yo‘lning qor bilan qoplanishini kamaytirish, yo‘l harakati xavfsizligini oshirish va o‘rab turgan landshaftda reja yoylarga yordam beradi. Qoplamaning egri nishablik kesimi barcha xollarda qatnashadi. Istisno tariqasida og‘ir sharoitlar yoki qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga molik yo‘llarni yotqizishda.
Qoidaga ko‘ra, ko‘tarmalar o‘yma gruntlari va to‘plangan zaxiralardan quriladi. Аgar yo‘l qishloq joyidan o‘tgan bo‘lsa, 1,5 m dan oshmaydigan chuqurlikkacha yon rezerv gruntlaridan foydalaniladi. Tashish uzoqligiga muvofiq o‘ymadagi ortiqcha grunt yo‘l poyi yonbag‘ir qiyaligini qisqartirish, qiyalik konstruksiyasi, dam olish joylari, avtobus bekatlari uchun ishlatilishi mumkin.
Transport vositalarinin xisobiy tezlikda qulay va xavfsiz harakatlanishi uchun qatnov qismida qurilgan ko‘p qatlamli konstruksiya yo‘l to‘shamasi deyiladi. Yo‘l to‘shamasi qoplama, asos va qo‘shimcha qatlamlardan tashkil topgan (5.10-rasm).


Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin