O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə43/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

АVTOMOBIL yo‘lini jihozlash


Yo‘l tasmasini jihozlashga ko‘kalamzorlashtirish, velosiped va piyodalar o‘tish yo‘lakchalarini, dam olish maydonchalarini, avtomobil to‘xtash joylarini, shamolga qarshi moslamalarni, reklama qalqonlarini o‘rnatishni o‘z ichiga oladi.
Ko‘kalamzorlashtirilgan tasmalaridan qorni to‘xtatish, pardozlash va ortiqcha namlangan joylarni quritish uchun foydalaniladi. Yashil tasma devorsimon o‘simliklardan, daraxtzor tasmasidan, yo‘l bo‘yidagi xosildor - mevali bog‘lardan iborat bo‘ladi.
Аvtobus va avtomobil haydovchilarining uzoq vaqtli ishlaridan so‘ng qisqa vaqt dam olishlari uchun imkoniyat yaratib berish juda muhim. Buning uchun, ko‘pincha, aholi yashaydigan punktlardan tashqarida, tinch o‘rmonlarda, daryolar
va ko‘llar qirg‘oqlarida va tinch joylarda dam olish maydonchalari barpo etiladi.
Qattiq shamol esuvchi xududlarda shamolga qarshi vositalar o‘rnatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Аgar avtomobil 100 km/s va undan ortiq tezlikda harakatlansa, kuchli shamoldan xar xil avariyalar sodir bo‘lishi mumkin.
АVTOMOBIL harakat tezligi va jadalligi qatnov qismi va yo‘l yoqalarini xavfsizlik tasmalari, bordyurlar, g‘ildiraklarni qaytaruvchi to‘sinlar bilan, yon chiziqlar va hokazolar bilan jihozlanishini talab qiladi.
Yo‘lning chetidagi chiziqlar yo‘l cheti qirralarini harakat qismini kengayishini aniq ko‘rsatadi. Yon chiziqlar yo‘l qoplamasining qirralarini mustahkamlashi za- rur, rangi bilan farq qilishi va yo‘l qatnov qismidan yo‘l yoqasiga o‘tishni bildirish uchun xizmat qiladi. Yon tasmalarning kengligi 0,5... 0,75 m ni tashkil etadi.
Аvtomobilning to‘satdan xo‘l tuproqli yo‘l yoqasiga o‘tishi yo‘l-transport xodisasiga olib kelishi mumkin. Bunday noxush xolatlar bo‘lmasligi uchun yo‘l yoqasini mustahkamlash lozim.
Yo‘l harakati xavfsizligini oshirish uchun yo‘l belgilari, xavfsizlik devorchalari, to‘siqlar, signalli yo‘naltiruvchi ustunlar o‘rnatiladi, yo‘l qoplamasini aniq belgilab chiqiladi.
Yana bir muhim ishlardan biri bu avtomobil yo‘lini yorug‘lik chiroqlari bilan jihozlashdir. Kunduzi avtomobil qatnovi ko‘p bo‘lganiga qaramay, yo‘l-transport xodisalari, ko‘pincha kechqurun sodir bo‘ladi. АVTOMOBIL yo‘llarini yoritish xalokatlar sonini bir muncha kamaytiradi.
Yo‘l harakati jadalligi juda katta bo‘lgan xozirgi sharoitda avtomobil yo‘llarining ekspluatatsiyasini takomillashtirishga faqat yo‘l harakatini boshqarish va tartibga solish tizimini yaratish bilan erishish mumkin.
Elektronikaning zamonaviy yutuqlari elektron asboblar yordamida harakatlanish haqida maʼlumot to‘plash va axborot berish, hamda alohida joylarda yoki yo‘l tizimi chegarasida transport oqimini boshqarish imkonini beradi.
Muhandislik inshootlarini, yo‘llarni o‘z vaqtida taʼmirlash va taʼmirlash ishlarini olib borish uchun boshqaruvchi tashkilotlar va harakat xavfsizligini taʼminlovchi organlar yo‘lning sharoitini va joylashishini bilishi lozim.
Buning uchun ushbu yo‘l tashkilotlari meteorologik, qor ko‘chishiga qarshi va boshqa stansiyalar yaratish, tezlikni o‘lchovchi moslamalar, yo‘l qoplamasini yemirilishini xisoblovchi moslamalar, yo‘lni ravonligini o‘lchovchi moslamalar, yo‘l to‘shamasining suv-issiqlik rejimini, yo‘lning muzlashi, tuman xaqidagi axborot berish va x.k. larga ega bo‘lishi kerak.

    1. Yüklə 9,23 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin