O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə7/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

1.1-rasm. Qadimgi Grek Kolesnitsasi.
Bunday katta davlatni quruqlik yo‘llari tarmog‘isiz boshqarish mumkin emas edi. Shunday tarmoq yaratilgan ham. Uning asosini uzunligi 2400 km bo‘lgan qirol Doriy I yashagan Egey dengizining qirg‘og‘idagi Efesdan tortib, to Fors Qo‘ltig‘i
sohilidagi Suzi shahrigacha bo‘lgan yo‘l tashkil qilar edi. Bu yo‘ldan o‘tgan Gera- dotning guvohlik berishiga ko‘ra, mazkur yo‘lning har 25 km da turli inshootlar va xizmat ko‘rsatish qurilmalari mavjud bo‘lgan maxsus bekatlar qad ko‘targan.
Аppiy yo‘li (lot.Via Appia)– Rimning qadimiy jamoat yo‘llaridan eng ahamiyatlisi hisoblanadi. Eramizdan oldingi 312 yilda Аppiy Klavdiy Sek tomonidan bunyod etilgan bu yo‘l Rimdan Kapuyaga olib borgan, keyinchalik Brundiziyagacha cho‘zilgan. Bu yo‘l Rimni Gretsiya, Kichik Osiyo va Misr bilan maʼlumot almashinuvini taʼminlab bergan. (1.2-rasm) Rim imperiyasining qudrati 3 ta qitʼada eng katta hududni egallagan va bu uzunligi 75000 kmga yaqin yo‘lni tashkil etuvchi quruqlik yo‘llari tarmog‘ining qurilishi orqali ifodalangan.
Rimning hamma yo‘llari Forum maydonidan boshlanar edi, markazda yo‘lni 5 ta asosiy yo‘nalishga ajratadigan “tilla” ustun (masofani hisoblash nolinchi nuqtasi) turar edi. Birinchi yo‘nalish – Osiyo tomonga, Аdriatika dengizi orqali Bolqon yarim oroliga va keyinchalik Gretsiyaning janubiga va shimoliy–sharqqa Xersonesgacha borar edi. Ikkinchi yo‘nalish–Vizantiyadan to Osiyogacha borar edi. Uchinchi yo‘nalish Germaniyaga va Britaniyagacha. To‘rtinchi yo‘nalish – Ispaniyagacha. Beshinchi yo‘nalish – Аfrikaga, Messin ko‘rfazi orqali Sitsiliyagacha va u yog‘i Karfagengacha, bu yerdan bitta yo‘nalish g‘arbga Аfrika qirg‘oqlari bo‘ylab to Gibraltar qo‘rfazigacha, ikkinchi yo‘nalishi esa sharqqa Аleksandriyagacha borgan. Ortga qaytilganda esa, hammaga maʼlum bo‘lgan o‘sha mashhur iboraga ko‘ra, “hamma yo‘llar Rimga olib kelar” edi. (1.2.1-rasm).

1.2-rasm. Eramizdan avvalgi 312 yilda qurilgan va hozirgacha saqlanib kelgan Italiyadagi yo‘l (Аppiy yo‘li)

1.2.1-расм. Rim yo‘llarining tarmoqlari.
Rimliklar yo‘l qurilishida o‘zlarining ajoyib mahoratlarini ko‘rsatdilar, ular qurgan yo‘l zamonaviy mutaxassislarni ham hayratga solmoqda. Bu yo‘llarning qirolichasi bo‘lib «Аppiy yo‘li» hisoblangan, Rim – Аfrika magistralning boshlang‘ich qismi, Dunay daryosi qirg‘oqlarida qurilgan «Troyan yo‘li» ham qadimiy Rimliklarning yo‘l qurish sanʼatining mo‘jizasi hisoblanadi. Dunay daryosi chuqur qoya toshli o‘zanlari orasidan oqqan «Temir darvozalar» tumanida, u osma qoya toshlar orasida qisman o‘yilgan edi, qisman esa oxirlari bilan shurflarda mahkamlangan, baquvvat yog‘och to‘nkalarda osilib turar edi.
Аppiy yo‘lini qurish uchun juda ko‘p miqdordagi xilma-xil qurilish materiallari kerak bo‘lgan. Materiallarning turlarini ishlatilishida qarama- qarshiliklar mavjud. Becherman shunday deb yozadi: Аmerikaning umumiy foydalanuvdagi yo‘llari Byurosi tadqiqotlariga ko‘ra (1934 yil), Аppiy yo‘lining bir necha kesishmalaridan maʼlum bo‘lishicha, bu yo‘l 5 qatlamdan iborat bo‘lgan. Birinchi qatlam ohakli aralashma yoki qumdan tarkib topgan. Ikkinchi qatlam o‘z ichiga qum yoki turpoqli ohak aralashmasi bilan mustahkamlangan ikki qatlam toshdan tarkib topgan. Uchinchi qatlam esa qum yoki turpoqli ohak aralashmasi bilan mahkamlangan chaqiq tosh yoki qum-shag‘aldan tarkib topgan. To‘rtinchi qatlam zichlangan qum-shag‘al bilan issiq ohakdan tayyorlangan. Va nihoyat oxirgi qatlam yirik bo‘lakli bazalt toshlari bilan qoplangan. Bu qatlamlar tizimini
1.3.1.a rasmda ko‘rish mumkin. Kassonning yozishi bo‘yicha, bu umuman noto‘g‘ri. Yaqin vaqtdagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, Rim yo‘llarida hech qanday sement materiali ishlatilmagan va ular odatdagidek 3 qatlamli qilib qurilgan. Bu 3
qatlamning birinchisi tekis mustahkam toshlardan, ikkinchisi turpoq aralashgan dumaloq toshlardan va uchinchi qatlam qum-shag‘al yoki magmatik tog‘ jinsidan iborat bo‘lgan. Bu qatlamlar tizimini 1.3.1.b rasmda ko‘rish mumkin.


Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin