O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə5/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

Kirish


Har bir zamonda va xar bir xalqning rivojlanishida transport tarmog‘i muhim rolь o‘ynaydi, hozirgi kunda esa transportning ahamiyati yuqori darajada o‘sgan. Bugungi kunda har bir mamlakatda qishloq xo‘jaligi isteʼmol mahsulotlarini, korxona mahsulotlarini maʼlum masofaga yetkazib berishga bo‘lgan talab kundan- kunga o‘sib bormoqda, buni yaxshi rivojlangan transport tarmog‘isiz tasavvur qilish mumkin emas.
Transport - bu bir necha insonlarning individual talablaridan yoki ularning funktsiyalaridan shakllangan, yuk va yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha ijtimoiy talabni qondirishga mo‘ljallangan inson jamiyatining infrastrukturasidir. Insonlar har doim fazoda tez harakat qilishni orzu qilishgan va osmondagi qushlarga hovas ko‘zi bilan qarashgan. Kelajakda aynan sivilizatsiya rivojlanishini belgilovchi omil fazoda tez harakat qilish omili bo‘ladi. Texnika va transport zamonaviy texnologiyalar rivojlanishida tezlik bilan kurashish rivojlanishining asosiy yo‘nalishini belgilaydi. Insonlar hayotidagi moddiy va maʼnaviy darajani ko‘tarishda keng qamrovli va qiyin muammolarni aynan transport tizimi yechadi. Transport – jamiyatning ishlab chiqarish kuchi vositasidir, bu kuchsiz jamiyatning rivojlanishi va mavjud bo‘lishi mumkin emas.
Transport tizimining umumiy strukturasida kapital sarmoyaning ahamiyatli hajmini aloqa yo‘llari egallaydi. Harakat tarkibining ishlash samarasi aloqa yo‘llarining holatiga chambarchas bog‘liqdir.
Ishlatiladigan har bir transport turining nomiga asosan aloqa yo‘llari turlicha nomlanadi: avtomobil yo‘llari va ko‘chalar, temir yo‘llari, tramvay yo‘llari, metropolitan yo‘llari, quvur yo‘llari, dengiz yo‘llari, daryo yo‘llari, havo yo‘llari, havo trassalari, relsli, relssiz va boshqalar.
Transport – iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. U jamiyatning moddiy bazasi hisoblanadi, mehnatning taqsimlanishi, xalqaro ishlab chiqarish va savdodagi birlik va mutanosiblik darajasini muvofiqlashtiradi.
Transport moddiy ishlab chiqarish tarmog‘iga tegishli hisoblanadi, lekin qishloq xo‘jaligidan tashqari biror bir sohada moddiy mahsulot ishlab chiqarishda
ishlatilmaydi. U odamlarni va oldindan ishlab chiqarilgan moddiy mahsulotlarni tashishni taʼminlaydi.
Turli transportning so‘zsiz tashqi farqiga qaramay, ularning qurilishida, saqlanishida va ekspluatatsiyasida ko‘plab o‘xshash jihatlari mavjud. Temiryo‘l va avtomobil yo‘llaridagi ko‘tarmalar va daryodagi yo‘naltiruvchi inshootlar konstruksiyalari bir biriga yaqindir. Аmaliyotda avtomobil yo‘llarini, temir yo‘llarni, aerodromlarni yer osti suvlaridan va yer usti suvlaridan himoya qilish bir xil usul orqali yechimini topadi. Daryo va dengiz portlaridagi, avtomobil yo‘llaridagi, aerodromlardagi, shahar ko‘chalaridagi qoplamalar faqat ayrim detallari orqali bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun ishlayotgan muxandis, qaysi transportda ishlashidan qatʼiy nazar, boshqa transport turlari haqida ham aniq bilim va ko‘nikmalari bo‘lishi shart. Mazkur darslikni to‘laqonli o‘rganish transport tizimi haqida muxandisning dunyoqarashini kengaytiradi va eruditsiyasini oshiradi, transport tizimining holatini real baholashni o‘rgatadi, uning rivojlanishidagi texnik siyosatni va asosiy ilmiy – tadqiqot ishlarning yo‘nalishlarini belgilaydi.

      1. Yüklə 9,23 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin