O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston


TEMIR YO‘L TRАNSPORTI Qisqa tarixiy maʼlumot



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə14/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

TEMIR YO‘L TRАNSPORTI

  1. Qisqa tarixiy maʼlumot


Temir yo‘l transporti - tarkibiga temir yo‘l va korxonalari, administrativ- xo‘jalik, madaniy-maishiy va tibbiy muassasalar kiradigan, ko‘p sohali murakkab xo‘jalik tashkiloti hisoblanadi. Tashish jarayonini amalga oshirish uchun temir yo‘l transportida texnik vositalar mavjud. Temir yo‘l transportining texnik jihozlanishining asosini sunʼiy inshootlari mavjud yo‘l, stansiyalar va yo‘lovchilar, yuk va ekipirovka inshootlari bilan boshqa ajratuvchi punktlari mavjud; harakatdagi tarkib; depo; energiya taʼminot qurilmalari; tirkama podstansiyalarni va elektrlashtirilgan liniyalarda kontakt tarmoqni o‘z ichiga olgan; suv taʼminoti inshootlari; moslashtirish uchun maxsus vositalar kiradi.
Temir yo‘llarning ekspluatatsion uzunligi
2.1-jadval



Мамлакат

Темир йўлларнинг эксплуатацион
узунлиги

Темир йўл зичлиги, км/1000км2

Ҳаммаси, км

электрлаштирилган




км

%

Собиқ СССР(1989)

147359

53862

36,6

6,6

АҚШ(1 тоифали йўллар)

205280

1667

0,8

21,9

Франция

34563

12008

34,7

63,5

Собиқ ГФР (1987)

30520

11871

38,9

123,0

Япония (1987)

27188

9367

34,5

73,1

Хитой

52767

5738

10,9

5,5

Ҳиндистон

61986

6664

10,8

18,9
      1. Yo‘l va yo‘l xo‘jaligi


Temir yo‘l bu – muhandislik inshootlarining kompleksi bo‘lib, belgilangan tezlikdagi poyezdlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan.
Temir yo‘l transportining yo‘l xo‘jaligiga butun yo‘l inshootlari va qurilmalari bilan hamda temir yo‘lning to‘xtovsiz ishini va uning rejalashtirilgan ogohlantirish taʼmirlanishini olib borishga mo‘ljallangan ishlab chiqarish bo‘linmalari va xo‘jalik korxonalari kompleksi kiradi.
Temir yo‘l transporti tizimidagi yo‘l xo‘jaligining butun og‘irligi uning gardaniga temir yo‘lning butun asosiy vositalarining 50% dan ortig‘i va ishchilarning umumiy sonining 20% dan ko‘pi to‘g‘ri kelishi bilan ajralib turadi.
Temir yo‘l juda ham aniq hisob kitoblar asosida hisoblangan yo‘l poyi yaʼni o‘yma va ko‘tarmadan iborat, uning ustiga esa chaqiqtosh, qum-shag‘al va qumdan tayyorlangan ballastli prizma joylashtiriladi. Uning ustiga aniq epyura shaklida temirbeton, taxta, metall shpalalar o‘rnatiladi va keyin ularga maxsus qistirgichlar yordamida qistiriladigan temir relslar o‘rnatiladi. Loyihalashda va qurishda temir yo‘lni to‘g‘ri va gorizontal qilishga harakat qilinadi, agar buning iloji bo‘lmasa, unda kesimda qiya nishabliklarsiz va rejadagi aylanmalarsiz qilinadi. Qanchalik nishablik qiya bo‘lsa va egrilik radiuslari kichik bo‘lsa, shunchalik harakat qarshilik katta bo‘ladi.
Dunyoning turli davlatlaridagi temir yo‘llar har xil kenglikdadir. MDH va Finlandiya temir yo‘llarining kengligi ichki chegaralaridagi nuqtalardan boshlab hisoblaganda 1520 mm ni tashkil qiladi. Saxalin orolida esa yo‘lning kengligi asosan 1067 mm. Yevropa mamlakatlari (Ispaniya va Portugaliyadan tashqari) hamda Kanada va АQShda yo‘lning kengligi 1435mm ni tashkil qiladi. Janubiy Аmerikaning ko‘pgina mamlakatlarida, Hindistonda, Ispaniya va Portugaliyada yo‘lning kengligi 1600, 1667 va 1676 mm ni tashqil qiladi. Baʼzi mamlakatlar juda ham tor yo‘llarga ega (750 mm gacha). Yaponiyada temir yo‘llarning asosiy kengligi-1067mm, yangi tezyurar temir yo‘llarning kengligi 1435mm ni tashqil qiladi.
Temir yo‘l pastki va ustki qurilishlardan tashkil topgan. Yo‘lning pastki qurilishi yo‘l to‘shamasi (o‘yma, ko‘tarma, yarimo‘yma va yarimko‘tarma) va sunʼiy inshootlar (ko‘priklar, tonnellar, trubalar, tayanch devorlari va boshqa) dan iborat.
Qurilishning yuqori qismiga ballast qatlam, shpalalar, relslar, mahkamlovchi uskunalar, olib qochishga qarshi uskunalar, yo‘nalishni o‘zgartiruvchi uskunalar, ko‘prik va o‘tkazgich bruslari kiradi. Yo‘lning yuqori qurilish qatlam quvvati rels turi, ballastning sifati va ballast qatlamining qalinligi bilan, shpalaning turi va ularning 1km ga soni bilan tavsiflanadi.
Yo‘l poyi deb – yo‘lning yuqori qurilish qatlami uchun asosni tashkil etuvchi inshootga aytiladi. U yo‘lning mustahkamligini taʼminlovchi va uning atmosfera va tuproq suvlari taʼsirlaridan himoyalovchi, yer qatlamining qayta ishlanishi natijasida olingan va yuqori qatlamni yotqizish uchun mo‘ljallangan tuproq
inshootlari kompleksidir.
Sunʼiy inshootlar temiryo‘lning daryo, kanal, yo‘l va boshqa to‘siqlar bilan tutashmasida quriladi. Ularga ko‘priklar, yo‘lo‘tkazgichlar, jarko‘priklar, estakadalar, tonnellar, quvurlar, gelereyalar va boshqa inshootlar kiradi.
Ko‘prik (2.1-rasm) – suv to‘sig‘i ustida quriladigan sunʼiy inshootdir. Ko‘priklar oraliq qurilmalarni ushlab turuvchi tayanchga o‘rnatilgan oraliq qurilmalardan iborat. Ko‘prik qirg‘oqga o‘rnatilgan qirg‘oq tayanchlari, va oraliq tayanchlaridan iborat. Ko‘prik oradagi tayanchlar bilan oraliqlarga bo‘linadi.
Ko‘priklar: oraliqlar soniga qarab 1-2-3-oraliqli; oraliq qurimasining konstruksiyasi bo‘yicha - pastdan, tepadan va o‘rtadan xarakatlanish bo‘yicha; asosiy yo‘llarning soni bo‘yicha - bir, ikki va ko‘pyo‘lakli; material turiga qarab- toshli, metall, temirbeton, yog‘och; uzunligi bo‘yicha-kichik- 25m gacha, o‘rta- 25dan-100m gacha, katta 100-500 m gacha va yuqorisinfli - 500m dan kattasiga bo‘linadi. Taxminan ko‘priklarning 70% metall va ularning xizmat muddati 80 va undan ko‘p yil.
2.1-rasm. Ko‘prik xarakatlanish yo‘li: a) yuqoridan, b) pastdan, b) o‘rtadan

2.2-rasm. Yo‘l o‘tkazgich. Yo‘l o‘tkazgichlarni avtomobil va temir yo‘llar kesishmasida yoki ikki temir yo‘l kesishmasida quriladi.

2.3-rasm. Jar ko‘prik (Viaduk) Miyo (le Viaduc de Millau). Viaduc de Millau ning oltita markaziy oraliqlari har biri 342 m uzunlikka ega ,ikkita chetdagisi esa-204 m. Yo‘l poyining yerdan maksimal balandligi-270 m, pilonlarning maksimal balandligi- 343 m.


Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin