O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston


Transport tizimining asosiy termin va tushunchalari



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə12/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

Transport tizimining asosiy termin va tushunchalari.


Tizim grek tilidan tarjima qilinganda butun, qismlardan tashkil topgan, maʼlum tarzda tartibga solingan degan maʼnoni bildiradi. Tizim so‘zining maʼnosi ostida uni tashkil qiluvchi elementlarda yo‘q bo‘lgan, noyob xususiyatlarga ega bo‘lgan, bir butunni tashkil qilgan o‘zaro bog‘langan elementlarning maʼlum yig‘masi tushuniladi. Tizimning elementlari o‘zaro harakatlanadi. Аloqalar esa tizimlarning turiga bog‘liq. Hamma tizim bir qator kichik tizimchalarga bo‘linadi, ularning har birini yana bir qator elementlarga bo‘lish mumkin.
Transport tizimi – bu tashishda o‘zaro harakatda bo‘ladigan har xil transport
turlarining turkumidir. “Transport tizimi” termini davlat, mintaqa yoki yirik shaharlariga nisbatan ishlatiladi. Transport tizimi turkumiga quyidagi transport
turlari kiradi: temir yo‘l (relsli); dengiz; daryo (ichki suv); avtomobil; havo; quvur (neft va gaz, isteʼmol mahsulotlarini o‘tkazuvchi).
Transport tizimining elementlari quyidagilar: turli shaharlarda alohida xizmat ko‘rsatayotgan, transportning har xil turlarining yig‘indisini tashkil qiluvchi shahar transporti, (metropoliten, tramvay, trolleybus, avtobus va boshqalar); asosan, sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, savdo-sotiq va boshqa korxona va tashkilotlarning ichki extiyojlariga xizmat ko‘rsatayotgan sanoat (ishlab chiqarish) transportining hamma turlari.
“Yaxlit transport tizimi”–transportning hamma turining ijtimoiy-iqtisodiy yaxlitligini bildiradigan tushuncha.
Transport tarmog‘i– bu davlatning yoki alohida mintaqaning aholi punktlarini bog‘lovchi aloqa yo‘llarining hamma turlarining to‘plamidir (temir yo‘li, avtomo- bil yo‘li, quvur yo‘li, havo yo‘li va suv yo‘li). U transportning kuchini belgilaydi.
Transportning umumiy va umumiy bo‘lmagan foydalanuvdagi turlari aniqlana- di. Umumiy fodalanuvdagi transport - bu davlat korxonasi yoki tashkiloti, jamoat tashkiloti, firma yoki jismoniy shaxs tomonidan berilgan, harakatdagi qonunga mos ravishda yuklar va yo‘lovchilarning tashishini amalga oshirishi lozim bo‘lgan transportdir.
Umumiy foydalanuvda bo‘lmagan transport – bu maʼlum bir korxonaga tegishli bo‘lgan transport. U faqatgina o‘zining korxonasi yoki tashkilotining tashishlarini amalga oshiradi. Korxona tasarrufidagi transportni sanoat transporti deb ham yuritiladi. Bu o‘z ichiga uzun bo‘lmagan yo‘llarni (misol uchun omborxonadan korxona chiqishigacha bo‘lgan yo‘llarni) oladi va ularni kelish yo‘llari deb atashadi. Umumfoydalanuvda bo‘lmagan transport turlariga transport sohasiga qarashli bo‘lmagan vazirliklar, korxonalar va tashkilotlarga tegishli bo‘lgan temir yo‘l, dengiz, daryo, havo, quvur, konveer, osma (kanat) va boshqa yo‘llarni o‘z ichiga oladi.
Magistral transporti tushunchasi ostida:

  • umumiy foydalanuvdagi transport;

  • katta shaharlarini va mamlakatning yoki yirik mintaqaning sanoat markazlarini

bog‘laydigan aloqa yo‘llari. Umumiy foydalanuvdagi tarmoq turkumiga kirishiga qaramay, asosiy magistraldan ketgan katta bo‘lmagan tarmoqlanish, magistral transportning bo‘g‘ini hisoblanmaydi va ko‘pincha mahalliy ahamiyatdagi liniyalar deb nomlanadi.
Magistral bo‘lmagan – sanoat va shahar transporti hisoblanadi.
Universal transport – bu transport turi amaliy jihatdan hamma turdagi yuk va yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangan. Temir yo‘l, dengiz, daryo, havo, avtomobil va bundan tashqari shahar va sanoat transportlari ham universal transport turlariga kiradi. Zamonaviy sanoat va magistral quvur yo‘llari, osma (kanat) va konveer yo‘llari maxsuslashtirilgan yo‘llar kompleksiga kiradi, lekin maʼlum bir loyihalar yuklarni va yo‘lovchilarni keng ko‘lamda tashishga moslashtirilishi mumkin.
Universal bo‘lmagan transport – bu maxsuslashtirilgan yoki maxsus transport, u faqat tashishning bir turini bajarishga moslashtirilgan (yuk yoki yo‘lovchi) yoki faqat bir turdagi (suyuq, sochiluvchan) yuklarning tashilishini bajarish uchun maxsuslashtirilgan transport turidir.
Diskretli transport – bu tashiladigan predmetlar (yuklar yoki yo‘lovchilar) liniyalardan donalab yoki alohida gruppalar (partiyalar) bo‘lib olib o‘tiladigan, erkin harakatlanuvchi transport turlari (avtomobil, poyezd, kema, samolyot va boshqalar) yordamida amalga oshiriladigan turli transport turi.
Uzluksiz transport – bu tashish narsalari uzluksiz oqim tarzida tashiladigan har xil turdagi egiluvchan liniyalar, burama burg‘ulovchi uskunalar, mexanik cho‘- michlar, eskalator va quvur yordamida amalga oshiradigan turli transport turi. Le- kin yo‘naltiruvchi sifatida ishlatilayotgan quvur transporti ichida alohida donalab (kapsulali, konteynerli, vagonli) harakatlanuvchi transportning diskret turidir.
“Transport jarayoni”–yuk va yo‘lovchilarni tashishni taʼminlanishiga yo‘naltirilgan transport faoliyatini belgilovchi termindir (bu termin sanoatda qabul qilingan”ishlab chiqarish jarayoni” tushunchasining analogi hisoblanadi). Yuk va yo‘lovchilarni yuborish punktidan belgilangan punktga yetkazib berishni bajaradigan operatsiyalarning kompleksini aks ettiruvchi “tashish jarayoni” terminining sinonimidir.
Tashish jarayonida qatnashadigan kuchli texnik taʼminlanganligi yoki texnik vositalar kompleksi yordamida o‘zining funktsiyasini transportning har turi bajaradi.
Transport vositalari ikkita asosiy kategoriyaga bo‘linadi:

  • aynan yo‘lni o‘zini va uning butun jihozlanishi bilan statsionar inshootlarini o‘z ichiga olgan doimiy vositalar.

  • yuk va yo‘lovchilarning harakatini (vagonlar, barjalar, avtotirkamalar va boshqa) amalga oshiruvchi harakatlanuvchi qismga tegishli bo‘lgan hamma aktiv (o‘ziyurar) va passiv (ulanadigan) donalar. O‘ziyurar qismlarga lokomotivlar, dengiz va daryo shataklari, avtotortgichlar, kemalar, avtomobillar, samolyotlar va boshkalar kiradi. Hamma o‘ziyurar qismlar energetik qurilmadan foydalanib, belgilangan tezlikli avtotirkamalardan, vagonlardan, barjalardan tuzilgan jamlamalarni olib yurish uchun maʼlum tortish kuchi va quvvatiga ega.

        1. Yüklə 9,23 Mb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin