Har xil turdagi transportlarning texnik – iqtisodiy xususiyatlari va qo‘llanilishi sohasi
Temir yo‘l transportining afzalliklari:
Har qanday quruqlikdan va xattoki suv ostidan xam o‘tkazish imkoni borligi (La – Mansh).
O‘zining ichki temir yo‘liga ega bo‘lgan sanoat va qishloq xo‘jalik korxonalarining o‘zaro aloqasini taʼminlanishi.
Yuqori olib o‘tish imkoniyati (bir tomonlama yo‘ldan bir yil ichida-20 mln.tonna yukni olib o‘tish mumkin, ikki tomonlama yo‘ldan-bir yilda bir yo‘nalish bo‘yicha-100 mln.tonnagacha).
Sutkaning istalgan vaqtida va iqlim sharoitlaridan qatʼiy nazar tashishning doimiyligi.
Suv transportidagiga nisbatan temiryo‘l transportida tashish masofasi qisqaroq.
Boshqa transport turlariga taqqoslaganda tashishning nisbatan kam sarf xarajatliligi.
Suv transportiga nisbatan taqqoslanganda tashish tezligining yuqoriligi.
Harakatdagi tarkib ishlatilganda manevrning yuqoriligi.
АVTOMOBIL transporti va havo transportiga qiyoslaganda atrof – muhitga kam taʼsirliligi, xususan elektrotirkamali poyezdlarda.
Temir yo‘l transportining mazkur ustunliklari yuk va yo‘lovchilarni uzoq, o‘rta masofalarga tashishda universal hisoblanadi. Temiryo‘l transportining eng katta kamchiligi - temiryo‘l qurilishida metallning ko‘p ishlatilishi (har bir km ga- 150 tonna).
АVTOMOBIL transportining afzalligi:
Suv va temiryo‘l transportiga nisbatan yuklarni tashish tezligining yuqoriligi.
Yuklarni yuk yuboruvchining omboridan to yuk qabul qiluvchining omborigacha qayta yuklamasdan yetkazish imkoniyati mavjudligi.
Qattiq qoplamali yo‘llarda yuklarning doimiy tashilishi.
Temir yo‘l transportiga nisbatan yaqin masofalarga yuklarni tashishda tashishning kam xarajatliligi.
Suv va temiryo‘l transportiga nisbatan tashishning masofalari kichikroq, ayniqsa tog‘li sharoitlarda.
АVTOMOBIL transportining qo‘llanilish sohasi–yuklarni va passajirlarni qisqa masofaga, qimmatbaxo va tez buziladigan yuklarni o‘rta masofaga tashish.
АVTOMOBIL transportining kamchiliklari: tashish narxining balandligi; atrof muhitni zaxarli gazlar bilan yuqori darajada ifloslanishi.
Daryo transportining afzalliklari:
Yuqori tashish imkoniyati, ayniqsa chuqur o‘zanli daryolarda.
Tashish narxining pastligi.
Metallning kam ishlatilishi va kapitalning kam xarajatliligi.
Kamchiliklari: tashishning mavsumiyligi, ayrim daryolarning asosiy yuk yo‘nalishi bilan mos kelmasligi, yuklarni tashish tezligining pastligi, transportning boshqa turlariga nisbatan tashish masofasining uzunligi. Shuning uchun daryo transporti o‘rta va uzoq masofalarga katta yuklarni (shag‘al, qum, o‘g‘itlar, yog‘ochlar va boshqalarni) tashishda ishlatiladi.
Havo transportining afzalliklari:
Yuklarni va yo‘lovchilarni har qanday yo‘nalishda tashilish imkoniyati, xususan qiyin joylarga ham.
Tashish tezligining yuqoriligi.
Transportning boshqa turlariga nisbatan tashish masofasining kamligi.
АVTOMOBIL va temir yo‘l transportiga nisbatan kapitalning kam kiritilishi. Kamchiligi: tashish narxining yuqoriligi, yoqilg‘ining ko‘p sarflanishi, ob-
havo sharoitlariga bog‘liqligi.
Havo transportidan asosan yo‘lovchilarni va qimmatbaho yuklarni uzoq masofalarga va qiyin boriladigan hududlarga tashish uchun foydalaniladi.
1.1-1.4-jadvallarida dunyoning ulkan transport inshootlariga tavsiflar keltirilgan.
Yirik temir yo‘l tonnellari
1.1-jadval
Nomi
|
Uzunligi,
м
|
Yo’llar
soni
|
Mamlakat
|
Temir yo’llar
(bo’lak)
|
Ekspluatatsiyaga
tushgan yili
|
Сейкан
|
53850
|
2
|
Япония
|
Хакодате (Хокадо о.) -
Аомори (Хонсю о.)
|
Қурилмоқда
|
Дайсимид-
зу
|
22228
|
2
|
Япония
|
Токио-Ниигата (Такасаки-
Муйка бўлаги)
|
1979
|
Симплон-
ский II
|
19825
|
1
|
Швецария,
Италия
|
Берн-Милан
|
1922
|
Симплон-
ский I
|
19803
|
1
|
Швецария,
Италия
|
Берн-Милан
|
1906
|
Син-
Каммон
|
18713
|
2
|
Япония
|
Симоносеки (Хосю о.)
Китакюсю (Кюсю о.)
|
1975
|
Аппенин-
ский
|
18519
|
2
|
Италия
|
Болонья-Флоренция
|
1934
|
Рокко
|
16250
|
2
|
Япония
|
Осака-Кобе
|
1972
|
Фурка
|
15400
|
1
|
Швецария
|
Кур-Бриг
|
1979
|
Северо-
муйский
|
15300
|
1
|
Россия
|
Братск-Комсомольск-
на- Амуре
|
-
|
Сен-Готард
|
15003
|
2
|
Швецария
|
Базель-Милан
|
1882
|
Ла-Манш
|
49000
|
2
|
Франция,
Англия
|
-
|
1994
|
Ангрен-Поп
|
19100
|
1
|
Ўзбекистон
|
Ангрен-Поп
|
2016
|
Chet mamlakatlarning katta ko‘priklari
1.2-jadval
Қитъа ва кўприк номи
|
Мамлакат, шаҳар
|
Тўсиқ тури
|
Транспорт тури
|
Узунлиги, м
|
Қурилган йили
(рекон.)
|
Европа
|
Тангенциале
|
Италия, Милан
|
Шаҳар
ҳудуди
|
Шаҳар
|
8000
|
-
|
Эланд
|
Швеция, Кальмар
|
Кал- Марсунд
Қуюлиши
|
Автомобиль йўли
|
6070
|
1972
|
Палья
|
Италия,Орвието
|
Палья
дарёси
|
Автомобиль
йўли
|
5374
|
1974
|
-
|
Дания ва Швеция
|
Болтиқ денгизи
|
Темир йўл автомобиль
йўли
|
13401
|
1996
|
Осиё
|
Нанкинский
|
Хитой, Нанкин
|
Янцзи
дарёси
|
Аралаш
|
6772
|
1969
|
Патна
|
Ҳиндистон, Патна
|
Ганг дарёси
|
Автомобиль
йўли
|
5575
|
1973
|
Тхонг-ланг
|
Вьетнам, Ханой
|
Хонгкха
дарёси
|
Аралаш
|
5500
|
1984
|
Африка
|
Картер
|
Нигерия, Лагос
|
Лагуна
Лагос
|
Автомобиль
йўли
|
5000
|
1980
|
Лоуер-
Замбези
|
Мозамбик,Сена
|
Замбези
дарёси
|
Темирйўл
|
3677
|
1972
|
Шимолий Америка
|
Пончартрейн1
|
АҚШ, Янги
Орлеан
|
Пончар-
трейн кўли
|
Автомобиль
йўли
|
38422
|
1959
|
ПончартрейнII
|
АҚШ, Янги
Орлеан
|
Пончар-
трейн кўли
|
Автомобиль
йўли
|
38352
|
1969
|
Жанубий Америка
|
Рио-Нитерой
|
Бразилия, Рио- де- жанейро и
Нитерой
|
Бухта Гуанабара
|
Автомобиль йўли
|
13900
|
1972
|
Хенераль-
Рафаэль- Урданета
|
Венесуэла, Маракайбо
|
Маракайбо ороли
|
Автомобиль йўли
|
8678
|
1962
|
Австралия
|
Брисбен-
Редклифф
|
Австралия-
Брисбен
|
Брамбл
кўрфази
|
Автомобиль
йўли
|
2760
|
1979
|
Dunyodagi eng katta temir yo‘l vokzali – “Grand Sentral Terminal” (Nyu- York) 1903-1913 yillarda qurilgan. Vokzal “ikki darajali” strukturaga ega bo‘lib, 20 gektar maydonni egallagan. Vokzalning “tepa qismi” da 41 ta yo‘lak mavjud, pastkisida - 26 ta. O‘rtacha har kuni vokzaldan 550 ta poyezd va 180000 yo‘lovchilar foydalanadi. Vaholanki, 1947 yilning 3 iyulida vokzaldan 252288 ta odam foydalangan
Kemalar qatnaydigan muhim kanallar
1.3-jadval
Мамлакат номи
|
Узунли- ги, м
|
Кенглик, м
|
Фарватердаги чуқурлиги, м
|
Океанлар (денгизлар), дарёлар (каналлар) ёки канал билан боғланган аҳоли яшайдиган
пунктлар.
|
Қурилган йили (реконструк- циялари)
|
Береговой (АҚШ)
|
5580
|
40-60
|
2,8-13,0
|
Бостон (Атлантика қирғоқларида) Браунсвил (Мексика
буғозида)
|
1972
|
Буюк (Даюньхе)
(Хитой)
|
1782
|
40-350
|
2,0-3,0
|
Пекин Шарқий -Хитой денгизи
|
XIII аср (1961)
|
Волго- Балтиқ сув йўли (Россия)
|
1110
|
25-120
|
4 ва ундан кўпроқ
|
Волга дарёси- Болтиқ денгизи
|
1810 (1964)
|
Нью-Йорк Стейд- Барж канали (АҚШ),
Эри
канали
|
835
540
|
37,5
50
|
3,6
3,6
|
Эри ва Шамплейн кўллари – Гудзон дарёси
Эри кўли- Гудзон дарёси
|
1918
1925
|
Yirik avtomobil tonnellari
1.4-jadval
Номи
|
Узунлиги, м
|
Қатнов
қисми сони
|
Мамлакат
|
Автообиль йўли
билан боғланадиган мамлакатлар
|
Эксплуата-
цияга тушган йили
|
Сен-Готард
|
16320
|
2
|
Швецария
|
Цюрих-Милан
|
1980
|
Арльберг
|
13932
|
2
|
Австрия
|
Инсбрук-Цюрих
|
1978
|
Фрежюс
|
12800
|
2
|
Франция,
|
Лион-Турин
|
1980
|
|
|
|
Италия
|
|
|
Монблан
|
11600
|
2
|
Франция,
Италия
|
Женева-Турин
|
1980
|
Канетцу (икки
тонелли)
|
10885
|
4
|
Япония
|
Токио-Ниигата
|
1976
|
Гран-Сассо (икки
тонелли)
|
10170
|
4
|
Италия
|
Рим-Джулианово
|
1975
|
Dunyodagi eng uzun temir yo‘l-bu uzunligi 9438 km bo‘lib, Moskvadan to Uzoq Sharqdagi Naxodkagacha boradigan Transsibir magistral yo‘li hisoblanadi. Dunyodagi yo‘lovchilarning eng katta kutish zali 1959 yil sentyabr oyida ochilgan Xitoydagi “Pekin” vokzalining to‘rt zallari hisoblanadi. Bu zallarga tik turgan holatda 14000 kishi sig‘adi. Dunyodagi eng uzun temir yo‘l platformasi Kxargpurda, G‘arbiy Bengalda (Hindiston) joylashgan, uning uzunligi 833 metrni tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |