O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə9/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

1.4-rasm. Kulibinning o‘ziyurar aravasi.
1791 yilda Shashmurenkovning yurtdoshi Ivan Petrovich Kulibin (1735- 1818y.) “o‘ziyurar aravaning” zamonaviy konstruksiyasini yaratdi (1.4-rasm). U 4 ta g‘ildirak o‘rniga 3ta g‘ildirak ishlatdi. Ramaning tagida joylashgan katta maxovik aravani muvozanatli xarakatlanishini taʼminlab berdi. Undan tashqari xarakatlantiruvchi shesterenkali noyob tezlik qutisi, aravani sekin to‘xtatuvchi maxsus prujinalardagi tormoz qurilmalari ham mavjud edi. Аravaning mexanizmi juda ham puxta ishlangan edi. Bu mexanizm tog‘ga chiqishda tezlikni oshirib, tushishda esa tezlikni kamaytirib berar edi. Ochiq kuzovda passajir sifatida o‘rindiqda ikki kishi joylashar edi va orqa tomonda 3 chisi doimiy ravishda oyoqlarini ketma-ket ko‘tarib, richaglarni bosib, aravani harakatga keltirar edi.
1690 yida frantsuz Deni Papen bug‘ mashinasini qurdi. Bu mashina slindr va porshendan tashkil topgan bo‘lib, “atmosferali” degan nom bilan ataldi. Mashinaing ishlash printsipi shundan iborat ediki, silindrning tubiga porshen ostiga suv quyilardi va bu suv isitkich yordamida isitilar edi. Isitish natijasida bug‘ porshenni tepaga harakatlantirardi. Keyin isitgich olib tashlanib, porshen sovuq suv yordamida sovutilardi va atmosfera bosimi xarakati ostida pastki holatga qaytarilar edi. Bu sikl bir minut davom etardi. Bu mashinaning ishlash qobiliyatli uzoqqa
cho‘zilmadi.
Ingliz temirchisi Tomas Nyukomen Papenning fikridan foydalanib, “suv sizib” ketadigan mashinani yaratdi. Silindrga oldin qozondan bug‘ berilar edi, keyin bug‘ni kondensatsiya qilinishi uchun bochkadan sovuq suv berilar edi.
1763 yilda Ivan Polzunov Kolivano-Voskresenskiy zavodlarida havo qoplarini harakatga keltiradigan birinchi bug‘ mashinasini loyihaladi, bu mashina Nyukomen turidagi 2-paroatmosferali silindrdan iborat eli. 1766 yilning may oyida qurilgan (Polzunovning o‘zi og‘ir mehnat tufayli kuchini yo‘qotib, mashinaning ishga tushishidani bir hafta oldin o‘lgan) va shu yilning noyabr oyida bu mashina ham ishdan chiqib tashlab qo‘yilgan.
Nyukomenning mashinasi iqtisodiy tomondan tejamli emas edi, lekin 1784 yilda Glazgo universitetining mexanigi Jeyms Uatt tomonidan mukammallashtiril- gandan keyin, bug‘ mashinasi dunyonig universal mexanik dvigatelining prototipiga aylandi. Bu mashina nafaqat ishlab chiqarishni, balki xalqlarning butun hayot tarzini o‘zgartirib yubordi. Uatt bu qurilmaga kondensator, bug‘ni taqsimlab beruvchi qurilmani (zolotnik) va porshenning ikki tomoniga bug‘ yetkazib berishni qo‘shdi. U kuchning baholanish mezoni - ot kuchi tushunchasini yaratdi.
Bug‘ mashinasi nazariy jihatdan har qanday kuchli va har qanday ob-havo sharoitidan istisno bo‘lgan o‘ziyurar transport vositasining yaratilishiga imkon berdi. Аylanma harakat uchun moslashtirilgan bu moslama, transportning hamma turlarida texnik taraqqiyotning asosini tashkil qildi.

1.5-rasm. Jozef Kyunуoning bug‘ aravasi.
Dvigatel sifatida birinchi marta bug‘li dvigatel frantsuz Nikola Jozef Kyuno (1715-1804) tomonidan ishlatilgan. Uning “bug‘ aravasi” (1.5-rasm) 1769 yilda Parij Аrsenali ustaxonalarida tayyorlandi va harbiy qurollarni va boshqa xarbiy texnikani bir joydan ikkinchi joyga olib o‘tish uchun mo‘ljallangan edi. Аravaning 3 ta g‘ildiragi bo‘lib, uning oldingi g‘ildiragi ham yetakchi ham yo‘naltiruvchi edi. Qozon oldingi g‘ildirakning oldiga yoqilish tarafi harakat tomonga qaratilib o‘rnatilgan edi. Mazkur mashinaning tezligi soatiga 4km gacha edi. Harakatlanishning har 15daqiqasida suv quyish va bug‘ning bosimini ko‘tarish uchun aravaga yana xuddi shuncha vaqt zarur bo‘lar edi. Kyunoning “bug‘ aravasi” 1794 yildan buyon muzeyda saqlanib kelmoqda.
1801 yilda Richard Trevitik o‘ziyurar passajir ekipajini qurdi, uning xalqda nomlanishi “pishqiruvchi shayton” bo‘lgan (1.6-rasm). Sinash paytida bu mashina g‘ildiraklarining katta bo‘lganligi sababli (g‘ildirak diametri 2,5m) aravakashlar va aholining xursandchiligini ko‘tara olmay ag‘darilib, sinib ketgan. Trevetikning o‘zi bu fikrga boshqa qaytmagan va paravozlar konstruksiyasi bilan shug‘ullanishni boshlagan. Lekin uning ishini davom ettiruvchilar ishlab chiqarishni davom ettirdilar va o‘zlarining konstruksiyalaridagi aravalarni patentlashtirishgan. Keyinchalik mashinalar uchun yanada kuchli, yanada yengil va tejamli, tezligi soatiga 30 km gacha yetadigan bug‘ dvigatellari ishlab chiqildi. Bug‘ dvigatelli mashinalarda elastik shinalarni, rul trapetsiyasini, turli aylanish kuchli bitta o‘qdagi g‘ildirakni aylantiradigan mexanizm-differentsialni, bug‘ mashinasidan yetakchi g‘ildirakka zanjirli va hattoki kardanli vallarni qo‘llay boshladilar.
Keyinchalik og‘ir va kamquvvat bug‘ mashinalari o‘rniga ichki yonuv dvigateli (IYoD) kirib keldi. IYoD 1860 yilda gazli dvigatelni qurgan frantsuz mexanigi Jak Eten Lenuer (1822-1900) tomonidan yaratilgan deb hisoblanadi.
Biroq frantsuz harbiy injeneri Filipp Lebon Lenuardan 60 yil oldin gaz dvigatelinig loyihasini yaratgan edi, lekin 1804 yilda fojeali olamdan o‘tganligi sababli buni ro‘yobga chiqara olmagan. Lenuardan oldin boshqalar ham bo‘lgan, lekin uning bu sohadagi hissasi shundan iborat ediki, u tajriba nusxasini emas, balki texnologik, ishlab chiqarishga to‘g‘ri keladigan, o‘sha davrda zarur, kerakli
joyda va aynan extiyoj bo‘lgan davrda yaratdi.


1.6-rasm. Trevitikning bug‘ avtomobili
Lenuarning ishlanmalaridan foydalanib, sotuvchining yordamchisi Kelnlik Nikolaus Otto 15% ga yetadigan foydali ish koiffitsenti tejamli gaz dvigatelini yaratdi. Dvigatelni to‘rt taktli deb atashdi, chunki bu dvigateldagi jarayon porshenning to‘rtta harakatida bajarilgan va tirsakli valning aylanishiga mos tushgan. Dvigatel asosan statsionar sharoitlarda ishlatilar edi, chunki uning og‘irligi 1 kVt ga 500 kg ni tashkil qilar edi, bundan tashqari gazning zahirasini joylash uchun katta rezervuar kerak edi.
Transport vositalarida foydalanish uchun qulay bo‘lgan benzin dvigatelining yaratilishida eng katta hissani G.Daymler (1834-1900) va V.Maybax (1846-1929) qo‘shgan. G. Daymlerning birinchi dvigateli (1882) nafaqat statsionar ishlatish uchun, balki transport vositalarida ishlatish uchun ham yaroqli edi. G.Daymler dvigateli valining aylanish chastotasi gaz dvigatellari aylanish chastotasidan 4–5 barobar ko‘proq edi va bir minutda 900 aylanishga yetar edi. Dvigatelning og‘irligi sezilarli darajada kamaygan edi.
Nemis injeneri Rudolf Dizel (1858-1913y.) yanada tejamkor dvigatelni yaratdi. 1893 yilda bu injener tomonidan siqib, yonilg‘i aralashmasining o‘t olishi bilan ishlaydigan va sekin-asta 40 atm. gacha chiqadigan dvigatelning birinchi namunalarini yaratdi. Yoqilg‘i sifatida kerosindan foydalanib, bu dvigatelning foydali ish koeffitsenti 34% yetar edi.
АVTOMOBIL transportining rivojlanishi uchun irlandiyalik Jon Bond Danlop
tomonidan yaratilgan 1888 yili patentlangan, ishonchli havo shinalari katta ahamiyatga ega. Keyinchalik maʼlum bo‘lishicha, edinburglik injener Robert Uilyam Tompson ham xuddi shunday pnevmoshina uchun 1845 yil patent olgan. Biroq Tompson o‘zidan merosxo‘r qoldirmasdan vafot etganligi uchun uning ixtirosi unutilib ketdi.
Feodalizmning rivojlanishi bilan moddiy ishlab chiqarish va transportni rivojlantirish uchun yangi shart-sharoitlar yaratildi. Ishlab chiqarish kuchlarining o‘sishi bilan mehnatning jamiyatdagi bo‘linishi kuchaydi. Maʼlum bosqichda shahar-qalʼalar xamda davlat va administratsiya shahar-markazlar o‘rniga savdo - xunarmandchilik shahar markazlari barpo qilindi va rivojlantirildi. Ishlab chiqarish hajmining oshishi, qishloq xo‘jaligining rivojlanishi ishlab chiqarish extiyojlari kabi transport vositasiga, tashqi davlatlararo savdo-sotiqqa ham ehtiyoj sezildi. Shu munosabat bilan ko‘pgina davlatlarda daryo, dengiz va quruqlik aloqa yo‘llarining kengaytirish bo‘yicha ishlar olib borildi.
XV-XVI asrlarda yangi savdo-sotiq yo‘llarining va davlatlarning barpo etilishi feodalizmning yemirilishi va Yevropada kapitalistik munosabatlarning paydo bo‘lishi jarayonini tezlatdi. Buyuk geografik kashfiyotlar davri deb nomlangan bu davr Аfrika, Osiyo va Аmerikalarning kolonizatsiya qilinishiga asos soldi.
XVII asrning oxiriga kelib, beshta materik maʼlum edi. Oxirgi oltinchi kontinent – Аntarktida 1820 yilning yanvar oyida “Vostok” va “Mirniy” kemalarida tashkil qilingan F.F.Bellinsgauzen boshchiligidagi Rossiya ekspeditsiyasi tomonidan kashf qilingan.
XIX asrga kelib quruqlik transportining yangi turi – temiryo‘l transporti vujudga keldi. Savdo-sotiq uchun qurilgan dunyodagi birinchi temir yo‘l Аngliyada 1825 yil Stefenson boshchiligida qurilgan.
Butun tarix mobaynida transport vositalari (suv, arava, hayvonlar) yuk tashishni amalga oshirayotgan maʼlum bir shaxs yaʼni yuk egasiga tegishli bo‘lgan. Kapitalizm davrida korxonalarning kengaytirilishi, texnikaning, texnologiyaning murakkablashishi va ishlab chiqarish xajmlarining o‘sishi natijasida har doim foydalanib bo‘lmaydigan, shaxsiy murakkab va qimmatbaho
transport xo‘jaligini korxona egasiga juda ham og‘irlik qilgan. Shu sababli keyinchalik transport, maʼlum to‘lov evaziga istagan mijozga yuklarni va yo‘lovchilarni tashishga imkon beradigan, mustaqil sohaga ajralib chiqdi. Bu transportning shakllanish jarayoning tezlashishiga va avtomobil sohasini murakkab funktsiyalardan bo‘shatish imkonini berdi.
Shunday qilib, transport, ishlab chiqarishning kapitalistik usuli sharoitida me- xanik dvigateldan foydalanish, aloqa yo‘llari tarmog‘ining kengaytirilishi, trans- portning ishlab chiqarishning alohida sohaga ajralib chiqishiga, vositalarning diffe- rensiatsiyasiga va dengiz, daryo, temiryo‘l, avtomobil, quvur o‘tkazish, keyinroq esa havo transportining ham paydo bo‘lishi kabi o‘zgarishlarga duch keldi.

        1. Yüklə 9,23 Mb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin