O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston


Temir yo‘l transportidagi o‘lchamlar



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə17/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

Temir yo‘l transportidagi o‘lchamlar


Temir yo‘l transportida poyezdlarni xavfsiz, uzviy to‘xtovsiz harakatini tashkil qilish maqsadida harakat tarkibi va temir yo‘ldagi sunʼiy inshootlarning o‘lchamiga meʼyoriy shartlar qo‘yilgan. Bu o‘lchamlarning uchta asosiy turi mavjud: harakat tarkibining o‘lchami – T; qurilishlarning yaqinlik o‘lchami – C; yuklash o‘lcham – P (2.15-rasm).
Harakat tarkibining o‘lchami (T) deb yuqori ko‘ndalang (yo‘l o‘qiga perpendikulyar) ko‘rinishga aytiladi, unda bo‘sh yoki yuklangan holda to‘g‘ri gorizontal yo‘lda nafaqat yangi harakat tarkibi, balki maksimal darajali ishlatish mumkin bo‘lgan harakat tarkiblari ham sig‘ishi lozim.
MDH va Mongoliya temir yo‘llari uchun 1-T va T harakat tarkibining o‘lchamlari va 1-VM, 0-VM, 02-VM va 03-VM- MDH yo‘llari va chet el davlatlari yo‘llari izi 1435 mm bo‘ylab qatnaydigan harakat tarkiblari uchun GOST tomonidan o‘lchamlar belgilangan.
“S” Qurilishlarining yaqinligi o‘lchami bilan chegaraviy ko‘ndalang ko‘rinishi nomalanadi, uning ichiga harakat tarkibidan boshqa inshootlar va moslamalarning hech qanday qismlari kirishi mumkin emas.
“P” yuklov o‘lchami bilan chegaralangan ko‘ndalang (yo‘lning o‘qiga perpen- dikulyar) ko‘rinish nomlanadi, unda tashqariga chiqmasdan ochiq harakat tarkibiga joylashgan yuk joylanishi kerak va u to‘g‘ri gorizontal yo‘lda bo‘lishi shart.
O‘lchamsizlik yon tomonlama, tepa va pastki, hamda bir- va ikki- tomonlama bo‘lishi mumkin. Аgar yuk yuk ortish o‘lchamidan relslarning boshi satxidan 1230 mm balandlikdan oshsa pastki o‘lchamsiz deb nomlanadi, yon tomonlama deb 1230 dan 4000mm gacha, yuqori deb 4000 dan to 5300mm balandlikda bo‘lsa aytiladi. Yuqori o‘lchamsizlik uchta darajali bo‘ladi, yon tomon va pastki - oltita darajali. O‘lchamsiz yuklarni tashish mahsus ehtiyot choralarini ko‘rib chiqilgan holda amalga oshiriladi.

2.15-rasm. Аsosiy o‘lcham o‘lchovlari.

      1. Yüklə 9,23 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin