O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə25/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

3.7-rasm. Sankt-Peterburg dengiz porti xaritasi.
Portning jihozlanishi. Yuk operatsiyalarini amalga oshirish uchun portning asosiy inshootlari bu – yo‘l rivojlanishi, omborlar va yuk ortish mashinalari. Sankt- Peterburg dengiz porti xaritasi 3.6-rasmda ko‘rsatilgan.
Port yo‘llari quyidagilardan iborat: port stansiyasi – vagonlarni portning aloxida rayonlari yoki prichallari bo‘yicha saralashga xizmat qiladi; rayon parklari
– yuk ortish va yuk tushurish frontlarida vagonlarni tez almashtirish uchun; yuk operatsiyalari ostida bo‘lgan vagonlar uchun – yuk ortish yuk tushurish yo‘llari; prichal yo‘llari bo‘ylab yurish yo‘llari – vagonlarni yetkazish va tozalashga imkon beradi; tutashtiruvchi yo‘llar – port stansiyasini rayon parklari bilan bog‘lab turadi. Yirik daryolar etagida joylashgan dengiz portlarida dengiz transporti daryo transporti bilan yaqindan hamkorlik qiladi, ayniqsa, katta hajmdagi yukni dengiz
kemalaridan daryo kemalariga va aksincha.
Temir yo‘l va daryo yo‘l transporti bilan aloqa o‘rnatilmagan baʼzi portlarda yuklarni portga jo‘natilishini va kelgan yukni olib chiqish avtomobil transporti yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu portlarda qulay texnologiya bo‘lib, to‘g‘ridan- to‘g‘ri “kema-avtomobil” varianti bo‘yicha yukni qayta ortish texnologiyasi hisoblanadi.
Neft yoki boshqa suyuq kimyoviy moddalarni eksport qilinadigan portlar sanab o‘tilgan yuklarni qirg‘oqdagi katta xajmdagi idishlarga yetkazib beradigan kuvur transporti bilan bog‘langan bo‘ladi.
Daryo transporti. Daryo transportining texnik bazasiga quyidagilar kiradi: kemalar, suv yo‘li (tegishli inshoot va kurilmalari bilan), portlar, pristanlar, kemasozlik va kemalarni taʼmirlash zavodlari, aloqa.
Xuddi dengiz transporti kabi daryo transporti ham transport, xizmatchi va texnik kemalardan iborat. Daryo kemalarining dengiz kemalaridan farqi ularning sayozligi va o‘lchamlari bilan farq qiladi. Daryo flotiga quyidagilar kiradi:

  • o‘ziyurar kemalar – yo‘lovchi, yuk – yo‘lovchi va yuk kemalari;

  • o‘ziyurar bo‘lmagan turli vazifalarni bajaruvchi kemalar (barjalar);

  • shatakchi kemalar (itaruvchilar) - ularda yuk uchun bino yo‘q, ammo o‘ziyurar bo‘lmagan kemalarni tortish uchun kuch uskunasi bilan jihozlangan.

Kemalarning ichki suv transport yo‘llari bo‘ylab xavfsiz qatnovini taʼminlash uchun birinchi darajada ahamiyatni kemaning yurishida o‘qi va chetlarini hisobga olgan holda to‘g‘ri yo‘nalish tanlashga qaratishdir.
Harakatlanayotganda kema o‘zining qatnov yo‘li chegaralari orasida va turli to‘sqinliklardan xavfsiz masofada bo‘lishi shart.
Mos yo‘nalishni tanlash uchun kema boshqaruvchisi kemaning butun harakatlanishi jarayonida o‘z kemasining qaerda ekanligini aniq bilishi kerak. Kemaning qaysi joyda ekanligini navigatsion belgilar, qirg‘oqlarda yoki kema yo‘nalishi atrofida joylashgan tabiiy va sunʼiy belgilar bilan aniqlash orientirovka (mo‘ljallash) deb ataladi.
Turli orientirlarni aniqlash va ularga nisbatan kemaning yo‘nalishini tanlash ko‘z bilan chamalab (vizual) yoki navigatsion hamda elektroradionavigatsion asbob-uskunalar yordamida amalga oshiriladi.
Mo‘ljallashning turiga qarab va suzishning xususiyatlariga ko‘ra yo‘lning u yoki bu joyida kema boshqarishning turli usullari qo‘llaniladi, ulardan asosiysi bo‘lib ko‘z bilan chamalash (lotsman), navigatsion va radiolokatsion usullari hisoblanadi.
Kema boshqarishning ko‘z bilan chamalash usuli daryolar, kanallar, suv omborlarining ko‘l-daryo qismlarida suzishda asosiysi hisoblanadi. Uning mohiyati shundan iboratki, kemani boshqaruvchi shaxs kemaning joylashgan o‘rnini hamda uning tanlangan yo‘nalishini ushlab turishni vizual, yaʼni turli ko‘rinib turgan mo‘ljallar asosida amalga oshiradi.
Navigatsion usuldan yirik suv omborlari, ko‘llar va dengizning sohilbo‘yi qismlarida suzish vaqtida foydalaniladi. Bu holda kemaning joylashgan o‘rnini aniqlash va muayyan yo‘nalishda ushlab turish navigatsion qurilmalar yordamida amalga oshiriladi.
Radiolokatsion usuldan odatda ko‘rish imkoniyati cheklangan vaziyatda, mo‘ljallash ko‘z bilan chamalash usulidan foydalanib bo‘lmaydigan xolatlarda foydalaniladi, bunda kemaning radiolokatsion stansiyasi yordam beradi.
Kemani boshqarishning barcha usullariga doir shart – bu kemada tegishli
navigatsion xarita va axborotnomalarning mavjudligidir.
Kema boshqaruvchisiga navigatsion xarita hudud bo‘ylab joylashgan va xaritada belgilab qo‘yilgan mo‘ljallarga nisbatan kemaning yo‘nalishini doimiy nazorat qilib turishi uchun kerak.
Аxborotnomalarga suzish xududi lotsiyalari (suv havzalari xaqida malumotno- malarni o‘z ichiga olgan qo‘llanmalar), turli joylarning lotsiyaviy izohlanishi, suzishning mahalliy qoidalari, kema boshqaruvchilariga xabarlar (yo‘l varaqalari, bildirishnomalar), radiolokatsion sxemalar, xaritalar va hokazolar kiradi.
Belgilarga ko‘ra mo‘ljal olish asosan hech qanday asboblarsiz ko‘z bilan chamalash usuli asosida amalga oshiriladi.
Navigatsion belgilar asosida mo‘ljal olish va kemani boshqarish texnikasi boshqaruchidan quyidagi ketma-ket harakterlarni talab etadi:

  • kemani boshqarish joyidan turib, hududdagi belgini aniqlash;

  • ushbu belgining vazifasini aniqlash;

  • belgi yoki belgilar guruhiga nisbatan kemaning joylashgan joyini baholash;

  • kemaning keyingi harakatlanishi uchun mos yo‘nalishini tanlash va ushbu navigatsion belgi yoki belgilar to‘plami amal qilish hududidan kemani o‘tkazish.

Kema harakatining tug‘riligini nazorat qilish kema boshqaruvchisi tomonidan yo‘nalish burchaklari va belgilarigacha bo‘lgan traverz (yo‘nalishga nisbatan perpendikulyar) masofalarni aniqlash yo‘li bilan amalga oshiriladi, yaьni kemaning navigatsion belgilarga nisbatan joylashuvi nazorat qilib boriladi.
Yo‘nalish burchagi – kemaning diametr tekisligi hamda mo‘ljalga qaratilgan muayyan yo‘nalish orasidagi burchak;
Traverz masofa – kemaning diametr tekisligiga nisbatan perpendikulyar yo‘nalishdagi mo‘ljalgacha bo‘lgan masofa.
Kemalarni karvon ko‘rinishida joylashtirish va ularni bir-biriga ulash usuli harakat yo‘nalishiga (oqim bo‘ylab tepaga yoki pastga), oqim tezligi, daryo kengligi va kemalar turiga bog‘liq.
Daryo karvonining boshiga odatda eng mustaxkam konstruksiyali va eng ko‘p
yuk ortilgan kemalar qo‘yiladi. Bir nechta barjalarni oqimga qarshi shataklashda “chalqancha” yoki “g‘oz” usulidan qo‘yiladi (3.8, a-rasm).
Yuklangan barjalarni oqim bo‘ylab shatakka olinsa, unda ularni asosan ikki- uch qator qilib joylashtiriladi (3.8, b-rasm).
Аgar barjalar yo‘nalish bo‘ylab tarqatilishi zarur bo‘lsa, unda ular shatakka oluvchi kema bilan mustaqil shatakka oluvchi arqonlar bilan bog‘lanadi (3.8v- rasm).
Hozirgi kunda kemalarni itarish usulida shataklash keng qo‘llaniladi (3.8g- rasm). Bu usul shatakchi kemaga nisbatan suvning qarshiligini kamaytiradi, natijada yoqilg‘i sarfi, yuk tashash narxi ham qisqaradi, harakat tezligi esa ortadi.
Suv yo‘li – daryo, ko‘l, suv omborlari va sunʼiy kanallarning kemalar qatnaydigan qismi bo‘lib, u gidrotexnik inshootlarga ega bo‘ladi.

Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin