O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə26/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

3.8-rasm. Barjalarni shatakka olishda ulash sxemalari
Portlar–daryo transporti qirg‘oq xo‘jaligining asosi. Portlarda kemalarga yuk ortish, kemalardan yuk tushirish, yo‘lovchilarning kemaga chiqishi va tushishi, kemalarga texnik xizmat ko‘rsatish, daryo tarkiblarini tuzish ham amalga oshiriladi. Universal portlarda barcha ish turlari, maxsus portlarda esa faqat alohida (yo‘lovchi yoki yuk) turdagi xizmatlar ko‘rsatiladi.
Portlarning muxim elementlari bo‘lib, kemalarga yuk ortish va ulardan
yuklarni tushirish uchun mo‘ljallangan prichallar hisoblanadi. Prichallarning o‘zida omborlar va yalpi yuklar uchun ombor maydonlari tashkil etiladi.
Pristanlar – kemalarning oraliq bekatlari bo‘lib, ularda kemadan yo‘lovchilar tushishi va kemaga chiqishi uchun qisqa to‘xtashlar amalga oshiriladi, shuningdek, yuklarning bir qismi ortilish yoki tushirishjoyi. Flot strukturasining keyingi takomillashtirilishi va avvalam bor, ratsional birlamchi yuk ko‘tarish imkoniyatini topish, hamda kemalarni mahsuslashtirish va universallashtirish daryo transportining muhim muammolaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Daryoda o‘ziyurar kemalarning yuk ko‘tarish imkoniyatini oshirishning vazifasi ularning o‘tirishi va uzunligining qattiq chegaralanganligi sharoitlarida bajriladi. Undan tashqari, yuk ko‘tarish imkoniyati 5000 tonnadan ortiqroq bo‘lsa, o‘ziyurar kemalarning belgilangan metall xajmi, ko‘pincha, hisobga olingan mustahkamligini taʼminlash zarurligi uchun oshadi. Kemadagi qurilmaning quvvatini oshirish ham to‘sqinlikka uchraydi: chegaralangan chuqurliklarda juda ham kuchli vint kemaning tubi ostidan suvni haydaydi – va teploxod daryo tubiga yotib qoladi
Nikaragua kanali – Karib dengizi va Tinch okeani o‘rtasida qurilayotgan kanal bo‘lib, uning trassasi Nikaragua respublikasi hududidan o‘tadi.
To‘liq nomi - “Nikaragua buyuk transokean kanali” (Gran Canal Interoceanico por Nicaragua).
Nikaragua hukumati Nikaragua kanalining qurilishini Panama kanaliga qarama-qarshilik sifatida qurishni rejalashtirgan. Loyihani, bosh qarorgohi Gonkongda bo‘lgan xususiy transmilliy kompaniya – HKND- Group amalga oshiradi. Kanal qurilishi bo‘yicha HKND- Group ning asosiy hamkorlari: China Railway Construction Corparation (Xitoy), McKinsey & Company (АQSh), Environmental Resource Management (EC) pudratchi bo‘lgan.
Parametrlar
Kanalning ko‘rsatkichlari quyidagicha bo‘lishi kutilmoqda:

  • chuqurligi 26-30 m

  • eni - 230-530 m

  • uzunligi – 278 km (shu jumladan, 105 km Nikaragua ko‘li suvlari bo‘ylab). Kemaning kanalni suzib o‘tish vaqti taxminan 30 soatni tashkil etadi.

Kanal 25000 TEU xajmli konteynerlar tashuvchilarning va U 320-400 ming
tonna neft tashish imkoniga ega bo‘lgan dedveytli tankerlarning o‘tishini taʼminlab berishi kerak bo‘ladi. Kanaldan yiliga 5100 ta kema qatnashi mumkin bo‘ladi.
Qurilish haqida qaror. 2012 yilning 4 iyunida Nikaragua Milliy Kengashi Tinch va Аtlantika okeani suvlarini tutashtiruvchi “Nikaragua buyuk transokean kanali” (Gran Canal Interoceanico por Nicaragua) ni qurish bo‘yicha loyihani maьqulladi (61ta ovoz “rozi”, 25ta “qarshi”). Yangi okeanlararo kanalning Panama kanalidan uzunroq, kengroq va chuqurroq bo‘lishi va dengiz jadvalini yaxshigina bo‘shatishi ko‘zda tutilmoqda.
2013 yilda Nikaragua hukumati rejalashtirayotgan kanalni 50 yil muddatga “NK Nicaragua Canal Development Investment Co Ltd” (NKND) va uning egasi Van Szin (Wang Jing) tasarrufiga topshirdi.
Moliyalashtirish. Loyihaning mo‘ljallangan narxi 40 mlrd. dollarni (alьternativ maьlumotlarga ko‘ra 50 mlrd. doll.) tashkil etadi. Kelishuv shartlariga ko‘ra, NKND 10 yil davomida har yili Nikaragua Respublikasiga 10 mln. АQSh dollaridan to‘lab boradi (jami 100mln. АQSh dollari). Shuningdek, har qo‘shimcha loyiha daromadning 1% miqdorida (boshlang‘ich bosqichda) mablag‘ to‘lab beradi va bu miqdor sekin-asta qo‘shilib, keyinchalik 99% gacha ko‘tariladi. Bundan tashqari, sarmoyador Nikaragua Respublikasiga shartnoma muddatti tugagach qo‘shimcha loyihalar infratuzilmasini va uskunalarini topshiradi, shuningdek, shartnomaning maksimal muddati (100 yil) davomida korxona aktsiyalari ham 1% dan 99% gacha o‘sish tartibida mamlakat tasarrufiga o‘tkaziladi. Shu tariqa, Nikaragua davlati loyihaga o‘zining moliyaviy mablag‘ini kiritmaydi, ammo 50 yildan keyin kontsessiyaning-51% ni va yana 50 yildan keyin esa 99% aktsiyalarga egalik qiladi.
Infratuzilma. Loyihada, kanaldan tashqari, kanalning har tarafida ikkita dengiz porti (Brito va Punta-Аgila) qurish, neft quvuri qurish, Rivas shahridan shimolga aeroport, Brito erkin savdo hududini yaratish, San-Lorentso shahrida kurort qurish, kanal qurilishida buzilgan yo‘l tizimini qayta tiklash uchun yo‘l qurilishi rejalashtirilgan.
Xorijiy qatnashchilar. Xitoy davlati kanal qurilishiga qiziqishi– Venesueladan
katta hajmda sotib olinadigan neftni shu kanal orqali olib o‘tish niyati bilan bog‘liq. Loyihaning amalga oshirilishida Rossiya ham ishtirok etadi. U kanal uchun zarur infratuzilma qurilishi bilan shug‘ullanadi, hamda 2015 yilning 2 yanvaridagi shartnomaga ko‘ra, qurilish davomida Nikaraguaning suv va havo hududini kuzatish yo‘li bilan qo‘riqlash xizmatini ham bajaradi. Loyihada Braziliya ham ishtirok etishni rejalashtirgan.
Yo‘nalish. Xitoyning HKND- Group kompaniyasi Nikaraguada 2014-yilning 7 iyulida kanal yo‘nalishining aniq ko‘rinishini taqdim etdi. Unga ko‘ra, Tinch okeani sohilidagi Rivas shahridan janubda Brito daryosi etagidan boshlanadi kanal va Аtlantika okeani sohilidagi Punta-Gorda (Rama) daryosi etagigacha davom etadi.
Qurilish taqvimi. Kanalni qurishga tayyorgarlik (ekskavatorlar ishlash joylariga kelish uchun yo‘llar qurish) 2014 yilning 22 dekabrida boshlangan. Qurilish boshlanishida qurilishga qarshi bo‘lganlarning qonunga zid ravishda ijtimoiy tartibni buzishi kuzatildi.
Kanal qurilishida 200000 ishchi qatnashadi, kanalning o‘zi esa umumiy hisobda Nikaragua va chegaradosh mamlakatlarning taxminan 1 million aholisini ish bilan taьminlaydi. Kanaldan foydalanishning boshlanishi 2019 yilga rejalashtirilgan, qurilishning yakunlanishi esa – 2029 yilda tugatiladi.

    1. Yüklə 9,23 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin