АVTOMOBIL yo‘llari – bu yil faslidan, kundan va ob-havo sharoitlaridan qatʼiy nazar hisoblangan og‘irlik va tezlik bilan avtomobillarning to‘xtovsiz, xavfsiz va tejamli harakatlanishini taʼminlovchi muhandislik inshootlari
majmuasidir.
АVTOMOBIL yo‘llari turli belgilarga qarab tasniflanadi. Maʼmuriy bo‘ysinishi, iqtisodiy va madaniy ahamiyatiga ko‘ra avtomobil yo‘llari quyidagilarga bo‘linadi.
Magistral yo‘llari–“А” va “M”; respublika yo‘llari–“R”; mahalliy yo‘llar -“N” va “K”; Shuningdek Yevropa tarmog‘ining xalqaro avtomobil magistrallari– “E” xarfi bilan belgilanadi;
ichki maʼmuriy (idoraviy);
shahar;
ichki xo‘jalik (mintaqaviy);
xo‘jaliklararo;
xususiy.
Foydalanilishiga ko‘ra yo‘llar – umumiy va yopiq bo‘ladi. Umumiy yo‘nalishdagi yo‘llar, o‘z navbatida, to‘lovli va to‘lovsiz bo‘ladi. Qoplama turiga qarab, yo‘llar qoplamali va qoplamasiz (tuproq) turlarga bo‘linadi.
АVTOMOBIL yo‘llariga qo‘yiladigan asosiy talablar
Shahar tashqarisidagi yo‘llar ShNK 2.05.02-07 “avtomobil yo‘llari” asosida loyihalashtiriladi. (5.2-jadval) Tog‘ hududlarida hisoblangan tezlikning kamayishi va belgilangan darajada loyihalashtirish meьyorlarining ham pasayishi mumkin.
АVTOMOBIL yo‘llarining geometrik ko‘rsatkichlari
5.2-jadval
Аgar muayyan hududda shuning imkoni bo‘lsa va bu ortiqcha ish xarajatlarni keltirib chiqarmasa, u holda loyihada bo‘ylama qiyalik 30 %0 ortiq bo‘lmasligi kerak; avtomobil to‘xtashi uchun ko‘rish masofasi 450m dan kam emas; rejadagi egrilik radiusi 3000m dan kam emas; bo‘ylama kesimda qavariq egri chiziqlar radiusi 70000m dan kam emas, botiq egri chiziqlar radiusi esa 8000 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
I-texnik toifali yo‘llarda turli yo‘nalishdagi harakat qismi orasida kengligi 2.6m dan katta bo‘lgan ajratuvchi tasmalar tashkil qilinadi. Ularning har birini mustaqil yo‘l to‘shamasida loyihalashtirish mo‘ljallanadi.
АVTOMOBIL yo‘llarining kesishuvini va tutashishini, odatda, bo‘sh maydonchalarda va yo‘llarning kesishuvi yoki tutashishining to‘g‘ri joylarida joylashtirish lozim.
Yo‘l kesishish joyiga kelish ko‘rish masofasi avtomobilning to‘xtashi uchun yo‘llarning bo‘ylama nishabliklarida 40%0 oshmasligi kerak.
АVTOMOBIL yo‘llarini kesishishi va ko‘p qavatli bog‘lanmalari (transport bog‘lanmasi) quyidagi qoidaga ko‘ra qabul qilinadi:
I-a toifali yo‘llarda barcha toifali avtomobil yo‘llari bilan;
I-b va II toifali yo‘llarda II va III – toifali yo‘llar bilan;
III–toifali yo‘llarning o‘zaro kesishgan yo‘llarda va ularning tutashishidagi kelajakdagi harakat jadalligi tezligi kesishishida 8000 avto/sutkadan ko‘p bo‘lgan yo‘llarda.
Transport kesishmalarini shunday hisob – kitob bilan loyihalashtirish kerakki, bunda I va II toifali yo‘llarda chap tomonga burilish bo‘lmasligi, shuningdek, asosiy xarakat yo‘nalishlarining bir oqimda kesishuvi bo‘lishi mumkin bo‘lgan joylarda chapga burilish bilan kirish chiqish yo‘llari bo‘lmasligi kerak.
Texnik–iqtisodiy asoslab berish bilan I-b va II toifali yo‘llarda III toifali yo‘llarning bitta darajada tutashishi (xarakatlanishning chapga burilish yo‘nalishlarini olib qochish sharti bilan) mumkin.
I-III toifali avtomobil yo‘llarida kesishuvi va tutashuv joylari kam bo‘lishi kerak. I-a toifali yo‘llardagi kesishuvi va tutashishini aholi yashash punktlaridan
tashqari joylarida, odatda, kamida 10 km dan keyin, I-b va II-toifali yo‘llarda – 5 km, III-toifali yo‘llarda esa – 2 km masofada bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Аsosiy yo‘llarda harakat chiziqlarini harakatlanish qismi ustidan ko‘tarilmasdan yo‘naltiruvchi orolchalar bilan mos keluvchi joylarni belgi ko‘rinishida ko‘rib chiqilishi lozim.
Yo‘llarning bir darajada kesishishi va tutashishini sxemasidan qatʼiy nazar ularga nisbatan to‘g‘ri yoki yaqin burchak ostida olish tavsiya qilinadi. Moboda, transport oqimlari kesishmasdan, balki tarmoqlansa yoki qo‘shilsa, unda yo‘llar kesishmasini har qanday burchakda ko‘rishni taʼminlash xisobi bilan qurishga yo‘l qo‘yiladi.
АVTOMOBIL yo‘llarining temir yo‘llari bilan kesishishini har qanday holatda qoidaga ko‘ra stansiyalar va manevr harakat yo‘llari chegaralaridan tashqari to‘g‘ridan-to‘g‘ri kesishadigan yo‘llarda loyihalashtirish kerak. Bir xil darajadagi kesishadigan yo‘llar orasidagi o‘tkir burchak 60 gradusdan kam bo‘lmasligi lozim.
I-III toifadagi avtomobil yo‘llarning temir yo‘llar bilan kesishishi turli satxda loyihalashtirish ko‘zda tutiladi.
I-III toifadagi yo‘llarga barcha chetlashish va kirish holatida quyidagi qoplamalarga ega bo‘lishi kerak:
100 m uzunlikda – kumlangan, loy-qumli va yengil loyli tuproqlarda;
200 m uzunlikda – qora tuproqli, loyqa, og‘ir va changli namlangan tuproqlar;
IV toifali yo‘llarga kirishdagi qoplamalarning uzunligini I-III toifali yo‘llardagi qirishga nisbatan 2 marta kichikroq qilib ko‘rib chiqish ko‘zda tutiladi.
Yo‘llardan chetlashish va kirishdagi chetlashishlarni (yo‘l cheti) 0,5......0,75 m dan kam bo‘lmagan kenglikka mustahkamlash ko‘zda tutiladi.
Tezkor o‘tish yo‘lakchalarini bir darajada I-III toifali yo‘llardagi kesishish va chetlashishni ko‘rib chiqilishi lozim, shuningdek, ishlab chiqarish inshootlari va binolariga yaqin joyda, yaʼni yo‘l yuzida joylashgan xududda.
50 avto/sutka va undan ortiq keltirilgan va yuqori harakat jadalligidagi I toifali yo‘llarda chetlashish yoki yaqinlashish (yo‘llarga mos keluvchi to‘xtash va haydash);
II, III toifali ko‘chalarda - 200 avto/sutka va undan ortiq keltirilgan yo‘l harakat jadalligida. 5.3-jadvalda turli toifali va turli harakat rejimli yo‘llar uchun o‘tish-tezlik chiziqlarining uzunligi keltirilgan.
O‘tish tezlik yo‘lidagi chiziqlarning uzunligi
5.3- jadval
Izoh. Tezlikni oshirib o‘tish tasmasidan tutashma bilan birikishda, orqaga burilayotgan avtomobillar uchun mustaqil o‘tish qismlariga ega bo‘lgan, tezlikni oshirib o‘tish tasmasining to‘liq kengligi bo‘yicha uzunligini tutashmadagi hisobiy tezlik bilan mos keluvchi, lekin 50m dan kam bo‘lmagan 1-b II toifali yo‘llar uchun, 30 m gacha III toifali yo‘llar uchun kamaytirish mumkun.
Shaharlararo avtobus yo‘nalishining yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi avtovokzallarni shaharga kirish umumshahar magistrallari yaqinida yoki markaziy va chet tumanlar chegarasi orasida joylashtiriladi.
Yo‘lovchilarning katta oqimining yoki magistrallarning parallel yo‘nalishida avtobus, temir yo‘l, suv yoki havo yo‘llaridagi vokzallarni birlashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
I-III toifali avtomobil yo‘llari mahalliy joylar hududida kesishmasligi kerak va ikki tomondan qurilishi mumkin emas. Yo‘lning bir tomonidan qurilayotgan joy chetdan o‘tish qismidan kamida 200 m ni tashkil etishi lozim, chunki bu chiziqlardan qishloq xo‘jaligi uchun, mevali daraxt va o‘simliklarni ekish uchun foydalaniladi.
Shahar tashqarisidagi turistik avtomobil, velosiped va yo‘lovchilar uchun yo‘llarni trassa qilib manzarali joylarni, madaniyat yodgorliklariga qulay joylar, qo‘riqxonalar va tarixiy hodisalar ro‘y bergan joylarga mo‘ljallanadi.