O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston


O‘zbekiston yo‘lsozligi Mustaqillik yillarida



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə33/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

O‘zbekiston yo‘lsozligi Mustaqillik yillarida


Respublika, mustaqillikka erishgandan keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ichki va tashqi transport kommunikatsiyasi, jumladan avtomobil yo‘llarini zamonaviy asosda rivojlantirish kontseptsiyasiga binoan qo‘shni davlatlar va jaxon okeaniga chiqishni taʼminlaydigan eng qisqa va ishonchli transport yo‘llarini barpo etish, mavjud avtomobil yo‘llarini xalqaro andozalarga moslash, yo‘llarni saqlash va taʼmirlash, yangi barpo etilayotgan sanoat markazlarini xalqaro magistrallar bilan bog‘laydigan yo‘llar qurilishi masalalariga eʼtibor kuchaydi. 1992 yil 3 iyulda “АVTOMOBIL yo‘llari tug‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. 1993 yil fevralda O‘zbekiston avtomobil yo‘llarini qurish va undan foydalanish davlat aksiyadorlik kontserni (“Uzavtoyo‘l”) ish boshladi (1969-1993 yillarda Vazirlik bo‘lgan). Kontsern
tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo‘llari boshqarmalari, 154 tuman avtomobil yo‘llari boshqarmalari, 512 yo‘llarni saqlash va ulardan foydalanish bo‘limlari, “O‘zyo‘lloyixa” yo‘l va inshootlar qurish, kayta qurish va taʼmirlash loyiha-qidiruv instituti, ko‘prik temirbeton qurilmalari zavodi va boshka korxonalar mavjud bo‘lgan. Xo‘jalik yuritishning bozor iqtisodiyoti sharoitlarida, kator o‘zgarishlar natijasida 2003 yil avgustida kontsern “O‘zavtoyo‘l” davlat aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirildi.
O‘zbekiston Xitoy va Pokistonga chikish -imkoniyatini beruvchi Аndijon- O‘sh-Ergashtom-Qashg‘ar avtomobil yo‘lini qurishga start berildi. Respublikaning o‘zida Farg‘ona vodiysi bilan Toshkent viloyatini Qamchik dovoni (“Qamchik” va “Rezak” tonnellari) orqali bog‘laydigan yirik avtomobil yo‘li qurildi. (2000 y). Umumiy uzunligi 1250 km day ortik bo‘lgan Аndijon-Toshkent-Nukus-Qung‘irot milliy avtomagistrali qurilishi loyixasi ishlab chikildi va qurilishi boshlab yuborildi. (Xalkaro TRАSEKА forumi doirasida).
O‘zbekiston Respbulikasi Prezidentining 2017 yildagi qaroriga muvofiq Res- publikadagi barcha avtomobil yo‘llarida yagona siyosat yuritish maqsadida O‘zavtoyo‘l davlat aktsiadorlik kompaniyasi negizida АVTOMOBIL yo‘llari davlat qo‘mitasi tashkil etildi va barcha avtomobil yo‘llari ko‘mita tasarrufiga o‘tkazildi.
Respublika rivojlangan yo‘l xo‘jaligi va zamonaviy talablarga javob beradigan xalqaro, davlat, maxalliy ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llariga ega. Mamlakatdagi avtomobil yo‘llarining jami uzunligi 184,0 ming kmdan ortik. Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarining uzunligi 42,676 ming km, jumladan 3237 km xalkaro, 18767 km - davlat (Respublika), 21459 km – maxalliy (viloyat) axam iyatiga ega bo‘lgan yo‘llardir. Shuningdek, Respublikada idoralarga (korxona, qishlok xujaliklari va boshqaalarga) qarashli xo‘jalik yo‘llari mavjud.

    1. Yüklə 9,23 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin