O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə35/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

АVTOMOBIL yo‘llari elementlari


Ikkita punktni tutashtiruvchi eng qisqa masofa to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘ladi. Shuning uchun ham transport vositalari uchun yo‘llarning to‘g‘ri chiziqli bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Аmmo ko‘chalar va yo‘llarni loyihalashtirishda tabiiy to‘siqlar, suv havzalari, temir yo‘llar, tepaliklar va jarliklar, bino-inshootlarni
chetlab o‘tishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun yo‘llarning to‘g‘ri chiziqli bo‘lishi
harakatlanishni bir xillashtirib, haydovchini toliqishiga sabab bo‘ladi.
Murakkab relyefli, tog‘li hududlarda yo‘llar va ko‘chalarni egri qurishga to‘g‘ri keladi. Yo‘l yo‘nalishining o‘zgarishi yonma-yon hududlarning orasidagi burilishning tashqi burchagi bilan o‘lchanadi. Transport vositalarining ravon burilishini taʼminlash uchun yo‘lning yonma-yon to‘g‘ri chiziqli kesimlari berilgan radiusli yoy bilan o‘zaro tutashtiriladi.
Egri chiziqning radiusi yo‘l yoki ko‘chaning maqsadi, harakat tezligi, relьef turi va yo‘l qurilishidan kelib chiqib belgilanadi.
Yo‘lning egri chiziqli qismida transport vositalarining harakati yomonlashadi. Bunga sabab avtomobilni ag‘darishga urinuvchi markazdan tortuvchi kuch yuzaga keladi va bu avtomobilning turg‘unligini kamaytiradi.
Markazdan tortuvchi kuch harakat tezligi kvadratiga to‘g‘ri proportsional va egri chiziq radiusiga teskari proportsional xarakatlanadi. Yaʼni harakat tezligi qancha katta bo‘lsa, yo‘lning egri chiziqli qismi radiusi ham shuncha katta bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, kichik radiusli (2000m dan kichik) burilishlarda avtomobilni boshqarish va ko‘rish yomonlashadi, bu xolat ayniqsa o‘rmon xududlarida, aholi yashash punktlarida yomonroqdir.
Аgar egri chiziq radiusi meʼyordan kichik bo‘lsa, butun burilish hududida viraj

  • doimiy radiusli aylana egri chiziq hosil qilinadi, yo‘l chekkasiga esa egri chiziq markaziga tomon qiya shakl beriladi (yaьni markazdan tortuvchi kuchga teskari).


5.2-rasm. Viraj sxemasi: А – o‘tuvchi egri chiziqli virajni olib qochish joyi; V—qatnov qismining kengligi; io–ikkitaraflama nishablikli kesimning bo‘ylama nishabligi;
ivir—virajning ko‘ndalang nishabligi; iomg–virajni olib qochish joyidagi bo‘ylama nishablik; iprod—virajdagi bo‘ylama nishablik; l–kengaytirish; r–aylanma egri chiziq; R0 – dumaloqlash radiusi.
Bu burilishning ichki tomonidan avtomobillarning harakatlanish qismini kengaytirishga majbur qiladi, agar aylanish radiusi 1000m.dan oshmasa. Shuning uchun yo‘lning to‘g‘ri chiziqli qismi va viraj orasida sekin-asta o‘zgaradigan radiusli egri o‘tish chizig‘i o‘tkaziladi.
Butunlay kengaytirishga o‘tish sekin-asta kengaytirishning olib qochilishi yoki virajning olib o‘tilishi deb nomlanuvchi uzunlikda ro‘y beradi. Qatnov qismining normal kengligidan kengaytirilgan qismiga o‘tish aylanma egri chiziq boshiga uni tugatish uchun amalga oshiriladi.
Egri o‘tish chizig‘i o‘zgaruvchan radius tufayli aylanma egri chiziqqa ehtiyot- korlik bilan tutashadi, markazdan o‘tadigan kuchning sekin-asta oshib borishini taʼminlaydi va aylanma egri chiziqqa kirishda to‘satdan ro‘y berishi mumkin bo‘lgan yon tomondan turtkining xavfini yo‘q qiladi va xaydovchiga rulni sekin- asta burib, egri chiziq bo‘ylab harakatlanish rejimiga moslashishga imkon beradi.
Yo‘l shunday loyihalashtirilishi kerakki, haydovchi o‘z oldidagi yo‘l qismining yetarlicha uzunlikda ko‘rishi va yo‘ldagi to‘siqni ko‘ra olishi va uni aylanib o‘tishi yoki avtomobilni to‘xtatishi mumkin darajada bo‘lishi kerak.
Yo‘lning har bir toifasi uchun hisoblangan ko‘rish masofasi (5.2-jadval) va hisoblangan harakat tezligi (5.4-jadval) mavjud.
Tog‘li xududda avtomobil yo‘lini yotqizilayotganda, keskin ko‘tarilish va tushishlarni yengib o‘tish uchun katta burchakli maxsus murakkab burilishlar – serpantinlar (ilonizili yo‘l) tashkil etiladi. Аvtomobil boshqaruvi qulayligi va ko‘rish imkoniyatining yomonlashuvi natijasidaegri chiziqda harakat xavfsizligi pasayadi. Shuning uchun avtomobilning harakat tezligi oshirilishi bilan xaydovchi tomonidan to‘siqni ko‘rgan vaqtidan boshlab, to to‘xtash vaqtigacha bo‘lgan masofa oshiriladi. Shuning uchun tezlik oshirilishi bilan rejadagi ko‘rish masofasi va burilish egri chizig‘i radiusi ham oshirilishi kerak.
“Аvtomobil yo‘llari” ShNK 2.05.02-07 ga ko‘ra, yo‘lning o‘qi bo‘ylab rejadagi egri chiziqlarning eng kichik radiusi, harakat tezligi 60km/soatdan 120km/soatgacha ko‘tarilganda, 150 m dan 800 m gacha oshirilishi ko‘zda tutilgan. Egri chiziqlarning tavsiya etiladigan radiusi minimal radiusdan 4-5 marta
va undan ortiq bo‘lishi kerak.
Harakat tezligi 60 km/soatdan 120km/soatga o‘zgarganda, ko‘rish masofasi ham 85 m dan 250 m gacha bo‘lgan ko‘rsatkich orasida o‘zgaradi.
Qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan avtomobilni ko‘rish uchun eng kichik masofa bundan 2 barobar katta bo‘lishi kerak.
Ko‘chaning yoki yo‘lning o‘qi yer qatlamining ustidan o‘tkazilishi ko‘chaning yoki yo‘lning trassasi deb nomlanadi. Trassa bo‘shliqdagi chiziqdan iborat, chunki trassa nafaqat yer ustidagi burilishlar, balki tepalikka ko‘tarilishlar va pastga tushishlardan ham iborat.Trassaning xaritaga yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri xududda yotqizilishi geodezik ishlar yordamida amalga oshiriladi va chiziqning trassalanishi deb nomlanadi.
Berilgan punktlar orasidagi trassaning joylashuvining tanlovi yo‘lning toifasidan, hududning relьefidan, yer qatlamining geologik va gidrologik sharoitlaridan, kontur to‘siqlarning mavjudligidan kelib chiqqan holda tanlanadi.
Harakatning hisoblangan tezliklari
5.4-jadval.



Йўлнинг тоифаси

Ҳаракатнинг ҳисобланган тезликлари, км/с




Асосийси

худуднинг қийин жойларидаги рухсат берилган







кесишган

тоғли

1-а

150

120

80

1-б

120

100

60

II

120

100

60

III

100

80

50

IV

80

60

40

V

60

40

30

Trassaning gorizontal proektsiyasining maʼlum masshtabda bajarilgan grafik tasviri trassa rejasi deb nomlanadi.
Trassaning rejasidan ko‘chaning (yoki yo‘lning) rejasini farqlash lozim. Ko‘chaning rejasiga ko‘chaning qizil chiziqli ko‘cha bo‘ylab joylashgan hamma inshootlari (harakatlanish qismlari, trotuarlar, rels yo‘llari, yomg‘ir suvini yig‘uvchi quduqlar, ko‘kalamlashtirish, sunʼiy inshootlar va hokazolar) kiradi.
Zamonaviy avtomobil yo‘llari muhandislik inshootlarining katta majmuasini tashkil qiladi. Yo‘lning asosiy inshootlarini yer to‘shamasi, yo‘l qoplamasi, suv
qochiruvchi inshootlar, yo‘l o‘tkazgichlar, tonnellar, tirkama devorlar tashkil etadi. Yordamchi inshootlarga shartli ravishda avtomobil stansiyalarini, garajlarni, yoqilg‘i shahobchalari, taʼmirlash, tibbiy punktlar, yo‘l xizmati binolari kiradi. Jihozlanishga panjaralar, yo‘l belgilari, ko‘kalamlashtirish, yoritish, ko‘rish maydonchalari va dam olish maydonchalari kiradi.
Ko‘rsatilgan inshootlar joylashtirilgan xududning tasmasini olib qochish tasmasi deb nomlanadi. Yerni tejash maqsadida yo‘lning toifasini hisobga olgan holda olib qochish tasmasining kengligini mumkin qadar minimal darajada belgilashga harakat qilinadi. Olib qochish tasmasi hamma inshootlarni joylashtirish uchun va yo‘llarning yo‘l xizmati va transport xizmatini taʼminlanishidagi jihozlanishi uchun xizmat qiladi.
Yerlarni ajratib berish normalari yo‘lning toifasini, harakat tasmalarining soni- ni, yo‘l ko‘tarmasining balandligini, o‘ymaning chuqurligini, xududning holatini va uning nishabligini hisobga olgan holda belgilangan. Yo‘llarning rekonstruksiya- sida bino va inshootlarni buzilishiga yo‘l qo‘yilmasligi uchun olib qochish chega- rasining xar bir tomonidan nazorat tasmalari (olib qochish tasmalari) ajratib qo‘yiladi.
O‘zbekiston yo‘llari uchun nazorat tasmalarining kengligi yo‘lning texnik toifasiga qarab belgilanadi. Umumdavlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llarining I-II texnik toifasidagi yo‘llar uchun xavfsizlik tasmasining minimal kengligi 50 m.
Intensiv harakatlanish yo‘llarida katta tezlikdagi avtomobillarning bemalol, to‘siqlarsiz harakatlanishini taʼminlash uchun bir qator holatlarda asosiy yo‘lga parallel qilib, yuk va traktor transporti, velosipedchilar uchun alohida yo‘llar; piyodalar yo‘laklari va yo‘lovchilar uchun yo‘lakchalar; yo‘l usti va yo‘losti o‘tish joylari tashkil etiladi.
Zamonaviy tezlikli avtomobil yo‘llarda harakatlanishning qarama-qarshi oqimini, odatda, yer tasmasi bilan ajratiladi va bu yo‘lda ikkita qatnov qismi paydo bo‘ladi; baʼzi holatlarda qatnov qismlari biri ikkinchisidan maʼlum masofada joylashtirilishi mumkin.
Boshqa avtomobil yoki temir yo‘llari bilan kesishish joylarida
yo‘lo‘tkazgichlar va estakdalar quriladi.
Qor bosib qolishidan, hamda dekorativ maqsadlarda shuningdek shovqinni qaytaish va tabiatni chiqindi gazlaridan himoyalash maqsadlarida yo‘llar bo‘ylab daraxtlar ekiladi. Transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi sharoitlarini yaratish uchun va xaydovchilarni to‘g‘ri yo‘naltirish maqsadida yo‘l belgilari va panjaralar o‘rnatiladi.
Yo‘l muhandislik inshooti bo‘lganligi uchun mustahkam bo‘lishi kerak, tekis yuzaga ega bo‘lishi lozim, transport vositalarining xavfsiz va qulay harakatlanishini taʼminlab berishi kerak.


Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin