O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə37/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

5.5-rasm. АVTOMOBIL yo‘lining barcha tarmoqlarining namunaviy ko‘ndalang kesimlari (berilgan o‘lchamlar metrda).

  1. І-toifali avtomobil yo‘li; b)IІ-toifali avtomobil yo‘li; v) III- toifali avtomobil yo‘li; g) ІV- toifali avtomobil yo‘li; d) V-toifali avtomobil yo‘li. 1-yo‘l yoqasi; 2-qatnov qismining yo‘l to‘shamasi.

Yo‘l yoqasi qatnov qismining yo‘l to‘shamasi uchun yon tayanch vazifasini taʼminlaydi va avtomobillarni vaqtinchalik to‘xtab turishi uchun foydalaniladi.
Harakat qismi va yo‘l yoqasini qurish uchun mo‘ljallangan yer bo‘lagi- yo‘l poyi deyiladi. Yo‘l poyi yuzaki suvlarni qochirish va yo‘l poyini quritish uchun xizmat qiluvchi yo‘l chetki qiyaligini tutashgan joyi yoki yon ariqlarga ajratiladi. Yo‘l poyini ko‘tarmada qurishda kerak bo‘ladigan tuproq yaqin orada joylashgan o‘ymadan transport yordamida olib kelinadi yoki yetishmaydigan tuproqni rezerv deb ataluvchi yo‘l yaqinida tarqalgan chuqur bo‘lmagan ishlab chiqarishlardan olinadi. O‘ymadagi ortiqcha grunt kavalьer deb ataluvchi vallarga yotqiziladi.
АVTOMOBIL yo‘liniing erkin va transport vositasini maʼlum tezlikda xavfsiz harakatlanishiga imkon beradigan muhim elementi qatnov qismi xisoblanadi (5.6- rasm). Qatnov qismi o‘lchamlari va geometrik tasvirlari bo‘lishi, yo‘l harakati talablariga muvofiq yetarli darajada mustahkam va yuzasi tekis bo‘lishi jihatidan maʼlum qatʼiy vaziyat egallashi lozim.
Ko‘chaning umumiy kengligi qurilish balandligining o‘zaro munosabatiga va qurilish tarmoqlararo masofasiga, ko‘kalamzorlashtirish xarakteriga, qatnov
qismining kengligiga, yo‘lkalarga, yer osti inshootlarini qurish texnik mintaqaga va
boshqa omillarga bog‘liq.


5.6-rasm. АVTOMOBIL yo‘lining ko‘ndalang kesim elementlari.

    1. bitta harakat qismli; b) ikkita harakat qismli va ajratuvchi tasmali;

1. Аriqning tashqi qiyaligi; 2. Egri mustahkamlangan tasma; 3. Yo‘l o‘qi; 4. Harakat qismining cheti; 5. Ko‘tarma qirg‘og‘i; 6. Ichki qiyalik; 7. Yo‘l yoqasi; 8. Qatnov qismi; 9. Yo‘l poyi;
10. Qatnov qismining o‘qi; 11. Ko‘tarma qiyaligi; 12. Аjratuvchi tasma.
Qatnov qismi va yo‘lkalarning zaruriy kengligi eng ko‘p yuklamali joylar uchun maksimal harakat davridagi kelgusidagi transport oqimi va piyodalar tarkibi va o‘lchamlariga muvofiq belgilanishi kerak. Qatnov qismining zaruriy va yetarli kengligini to‘g‘ri belgilash yangi shaharlarni loyihalashda, undan tashqari mavjud magistrallarni rekonstruksiya qilishda katta texnik va iqtisodiy ahamiyatga ega. Uzoq kelajakni nazarda tutib, ko‘chalarning inshootlari va qatnov qismining ekspluatatsiyasi uchun katta harajatlarni hisobga olib, uning kengligini minimallashtiriladi, lekin transport oqimining o‘tkazishi uchun yetarli bo‘lishi kerak. Eski shaharlarda harakatning oshishi tufayli ko‘chalarni va ularning qatnov qismini kengaytirishdagi kamchiliklar juda katta xarajatlarga olib keladi.
Ko‘cha harakat qismining xaddan tashqari kengligi ularning inshooti va ekspluatatsiyasiga nafaqat ortiqcha xarajatlarni keltirib chiqaradi, balki magistralning o‘tkazish qobiliyati kenglikka proportsional o‘smasligi ulardan foydalanishni samarasizlantiradi. Xatto chorraxaning ortiqcha kengligi avtomobillar va piyodalar kesishuvida vaqt davomiyligining kattalashishi xisobiga o‘tkazish qobiliyatini pasaytirishi ham mumkin.
Ko‘chalar qatnov qismining zaruriy kengligi, xisobiy transport birligida gabaritli kenglik kattaligi yig‘indisi va xavfsizlik tirqishlari yig‘indisidan belgilangan harakat tasmasi qo‘shilishi transport vositalarining harakati uchun bevosita mo‘ljallangan.
Gabaritli namunaviy kenglik zamonaviy trolleybus va avtobuslar uchun 2,6 m, yangi trolleybus va avtobuslar uchun 2,7 m, yuk avtomobillari uchun 2,5 m va yengil avtomobillar uchun 2 m deb qabul qilinishi mumkin.
Xavfsizlik tirqishlari qarshi harakatda, quvib o‘tish va bir tomonlama harakatda transport birligini kuzovlari orasidagi, shuningdek, yo‘lka yoki avtomobillar vaqtincha to‘xtashi uchun mo‘ljallangan tasmaning kuzovlari va yon tomonlari orasidagi minimal zaruriy va yetarli masofani belgilaydi.
Yo‘l harakati qoidalarida shahar ko‘chalari bo‘yicha yengil avtomobillar uchun cheklangan harakat tezligi 60 km/soat, yo‘lkaning yon tomoni va birinchi tasma bo‘ylab harakatlanayotganda transport vositalarining kuzovlari orasidagi xavfsizlik tirqishining kattaligi taxminan 0,7 m, va bir tomonlama harakatlanayotgan avtomobillarning kuzovi orasida 1....1,2 m qilib belgilanishi mumkin. Shahar magistrallaridagi qatnov qismining kenligi 3,75 m deb belgilangan.
Аvtomobil yo‘llarini loyihalash normalarida ko‘chalar va xar xil ahamiyatdagi yo‘llar uchun bitta harakat tasmasining eni va tasmalarning eng kam soni belgilangan (5.5-jadval).
Birinchi navbatda magistral ko‘chalaridagi qatnov qismining kengligini qurishda ikki tomonlama trolleybus harakatida 10,5 m gacha, ikki tomonlama avtobuslar xarakatida 9 m gacha kamaytirish mumkin.
Kelajakda qatnov qismini barcha o‘lchov kattaliklarini kengaytira olish uchun xarakat tasmasining o‘qi bo‘ylab vaqtinchalik ularni ko‘kalamzorlashtirish bilan zaxira tasmasini qoldirish zarur. O‘q bo‘ylab joylashgan zaxira tasmasi xech qanday qayta qurishlarsiz qatnov qismini kengaytirish imkonini beradi. Zaxira tasmasi yo‘lka bo‘ylab joylashgan bo‘lsa, yo‘lkaning yon tomonlarini va suv qabul qiluvchi quduqlarni qayta qurish, yo‘lka belgilarini o‘zgartirish, baʼzida xatto binolarga kirishni qayta qurish zaruratini tug‘diradi.
Relslarsiz transport vositalari qarshi oqimini bo‘lish, maxalliy harakatda tranzit oqimini ajratish va tranportli va piyodali oqimni izolyatsiya qilish uchun ajratuvchi tasma quriladi.
Yo‘lka bo‘ylab yashil ajratuvchi tasmaning eni ochiq tuproqda daraxtlar va butalar o‘tkazish va uzuq ajratuvchi yashil tasma xisobiga bitta harakat tasmasida chorraxa yonidagi qatnov qismini kengaytirishga imkoniyati tug‘ilgan sharoitda 3,5 m deb qabul qilinishi mumkin. Yashil tasma va yo‘lka yoni orasida xizmatli o‘tish va qorlarni yig‘ish uchun yo‘lka tasmasi kengligini 0,75 ... 1 m qoldirish kerak. Qatnov qismi va yo‘lka orasida ajratuvchi tasmaning eng kam kengligi 2 m.
Yo‘lka bo‘ylab yashil ajratuvchi tasmani qurish piyodalar harakatini tartibga soladi, transport vositalari harakat tezligini va xavfsizlikni oshiradi, ko‘chalarni obodonlashtirish uchun yordam beradi, magistral ko‘chalarida joylashgan uylarda yashovchi odamlar va piyodalar uchun gigienik sharoitlarni yaxshilaydi.
Qatnov qismi orasida qarshi yo‘nalish bo‘yicha harakatni ajratish uchun mar- kaziy ajratuvchi tasma quriladi. Markaziy ajratuvchi tasma xavfsizlikni va harakat tezligini oshiradi, transport vositalarini qarshi oqimini to‘qnashuviga imkon bori- cha yo‘l qo‘ymaydi, piyodalar va transport vositalari harakatini tartibini yaxshilay- di. Markaziy ajratuvchi tasmaning kengligi tezkor yo‘llarda 6 m va uzluksiz hara- katli magistral ko‘chalarda va yuklamali harakatdagi yo‘llarda 4 m deb qabul qilingan.
Umumshahar ahamiyatidagi magistrallarning markaziy ajratuvchi tasmasida o‘tish joylarida xavfsizlik orolchalarini qurish svetoforning yashil chirog‘i yonishini kutishda yig‘ilgan piyodalar uchun zaruriy joyni taʼminlaydi va sariq chiroq yonish davomiyligini kamaytiradi.
Ko‘cha va yo‘llarning boshqa elementlaridan qatnov qismini ajratuvchi tasmalar qatnov qismi ustidan 15 ... 20 sm ko‘tarib qo‘yilishi kerak.
Markaziy ajratuvchi tasmalar qatnov qismi ustidan ko‘tarib qo‘yilishi yoki yo‘l qoplamasiga oq kraska bilan surtilgan belgilangan ikki parallel liniyalar belgilari bilan birgalikda joylashtirilishi mumkin.
Murakkab relʼefli tog‘ yonbag‘rida joylashgan yo‘llardagi qatnov qismining
xar bir yo‘nalishlarida burchakdagi ajratuvchi tasmani qurish bilan turli xil balandlikda joylashishi mumkin. Bunday xulosa yer ishlari xajmini kamaytiradi, qatnov qismining har bir yo‘nalishining qatnov qismining joylashuvini tabiiy relьefga yaqinlashtiradi.
Sunʼiy inshootlar xarajatini kamaytirish maqsadida ko‘priklar, estakadalar, yo‘l o‘tkazgichlar va tonnellarda ajratuvchi tasmalarning qurmaslikka (yoki kengligini kamaytirishga) ruxsat beriladi. Yo‘nalishlar va xizmat o‘tish bo‘yicha joylari bo‘yicha harakatni ajratish uchun tasmaning qabul qilingan eng kam kengligi 1,2 m. Harakat yo‘nalishi bo‘yicha sutkaning turli vaqtlarida katta transport oqimining notekis taqsimlanishini hisobga olib, harakatlanuvchi ajratuvchi tasmani qurishni nazarda tutish maqsadga muvofiq.
Tezyurar yo‘llarda, shuningdek, intensiv harakatli va frontal qurilishli umumshahar ahamiyatidagi magistral ko‘chalarda mahalliy harakatlanishning qatnov qismlari tranzit harakatlanishning asosiy qatnov qismilaridan tezkor ko‘chalar va uzluksiz harakatlanish magistrallaridagi kengligi 3 m dan kam bo‘lmagan ajratuvchi tasmalar bilan va tartibga soluvchi xarakatlanishning umumshahar ahamiyatidagi magistral ko‘chalarda kengligi 6 m bo‘lgan ajratish tasmalari bilan ajratiladi.
Ko‘pqavatli binolar oldidagi bog‘chalarning eng kam kengligi 6 m, birqavatlilarning oldidagisi esa - 4 m, bunda binolarning tashqi devorlaridan to daraxtlarning poyasining o‘qigacha bo‘lgan masofa 5 m dan kam bo‘lmasligi va nishabligi 5...50%0 atrofida bo‘lishi kerak. Gazonlarning kengligi qorni yig‘ish imkonini, hamda ularning tagida yerosti muhandislik tarmoqlarini joylashtirishni hisobga olgan holda belgilanadi.
Parklarga, stadionlarga, plyajlarga, ko‘rgazmalarga, sanoat korxonalariga, shahar tashqarisidagi magistrallarga, shahar atrofidagi tumanlarga va dam olish zonalariga olib keluvchi ko‘chalar va yo‘llarda velosiped yo‘lkalarini o‘rnatish loyihalashtirilmoqda. Velosiped yo‘lkalarining kengligi bir qatorda harakatlanish uchun 1,5 m dan kam bo‘lmasligi va bir yo‘nalishda ikki qatorli harakat uchun 2,5 m bo‘lishi kerak.
Bir qatorli harakatda o‘tkazish qobiliyati 300 vel/soatni tashkil etadi. Velosiped yo‘lkalari trotuardan kengligi 1,2 m bo‘lgan butalar tasmasi bilan, qatnov qismidan esa - 0,8 m kengligida bo‘lgan butalar tasmasi bilan ajratiladi.
Velosiped yo‘lkalari uchun bo‘ylama nishablik 4 ‰ dan kam emas va 50 ‰ dan ko‘p emas qilib, ko‘ndalang nishablik 15... 25‰ deb qabul qilingan.
Yo‘lka kengligi ikki yo‘nalishda piyodalar harakati o‘lchamlariga muvofiq aniqlanadi, yashil ekinzor to‘siqli yo‘lkalar va yo‘lakchalarda harakatning bir tasmasi kengligi 0,75 m va uning yo‘lkalarda xisobiy o‘tkazish qobiliyati 1000 odam/soat deb qabul qilingan. Do‘konli qurilishlar mavjud yo‘lkaning o‘tkazuvchanlik qobiliyati qurilish oldidagi bitta harakat tasmasi bo‘yicha 700 odam/soatgacha pasayadi, alohida yashil tasma qurilishida 800 odam/soatgacha, sayr yo‘lakchalari va alleyalarda esa 600 odam/soatgacha pasayadi.
Yo‘lkaning ixtiyoriy kengligini quyidagilar bo‘yicha qabul qilish lozim:

  • umumshahar ahamiyatidagi magistrallarda 4,5 m;

  • tuman ahamiyatidagi magistrallarda 3 m;

  • turar joy ko‘chalarida 2,25 m;

  • mahalliy ahamiyatidagi sanoat va kommunal-omborli tumanlardagi yo‘llar, shuningdek, mahalliy yo‘llarda 1,5 m.

Yo‘lkaning ixtiyoriy kengligiga faqatgina piyodalar harakati uchun bevosita mo‘ljallangan maydon kiradi. Yo‘lka va piyodalar yo‘lakchalari chegaralarida tashqi yoritish machtini, tramvay yoki trolleybusning kontaktli simining tayanchi va boshqa to‘siqlarni joylashtirishda piyodalar harakati uchun yo‘lkaning minimalь kengligi to‘siqlarning kengligiga muvofiq kattalashadi (0,5... 1,2 m).
Piyodalarning ommaviy to‘planish joylarida: stadionlar yaqinida, shahar xiyobonlariga, ko‘rgazmalarga, vokzallarga, metropoliten stansiyalariga, teatr va kinoteatrlarga, katta univermaglar va boshqa punktlarga kirish joylarida – yo‘lkaning kengligi piyodalar harakatining maksimal o‘lchamlariga muvofiq belgilanadi.
Yo‘lkalar qatnov qismidan 15 sm balandlikda loyihalanadi, ularni yon toshlari bi- lan o‘raladi va ularga qatnov qismi tomonida 10... 15‰ ko‘ndalang nishablik beriladi.
Yo‘lkaning ko‘ndalang nishabligi 60‰ dan oshmasligi kerak. Katta nishabliklarda alohida joylarga yo‘lka va piyodalar yo‘lakchasi zinapoya bilan quriladi.
Ko‘chalarning umumiy kengligi ularning namunaviy ko‘ndalang kesimlariga va ularga kiruvchi elementlarga muvofiq belgilanadi.
Shahar tezyurar yo‘llarida harakat qismining kengligi, yaʼni xizmat yo‘lkalari bilan birgalikda faqatgina 20... 30 m ni egallaydi, qurilishni shovqin va changdan izolyatsiyalash uchun katta ko‘kalamzorlashtirish daraxtlari va butazorlar bilan kengligi 50 m dan kam bo‘lmagan tasmalar quriladi.
Ikki tomondan turarjoylar mavjud tezyurar yo‘lni egallab turgan xududning umumiy kengligi mahalliy yo‘llar va yashil tasmalarda yo‘lka konstruksiyasi hisobiga taxminan 130... 180 m ni tashkil etadi (5.7-rasm). Tezyurar yo‘llarning bir tomonida mavjud turarjoy uni egallab turgan xududning kengligi 80... 105 m gacha qisqartiriladi.
Tezyurar yo‘lning ko‘ndalang kesimi yomonlashmasdan turli sathlarda kesishmalar qurish uchun uning qatnov qismini 3...5 m chuqurlikdagi o‘ymada quriladi. O‘ymadagi burchaklar yoki tirgak devorlar bir vaqtning o‘zida bir qancha shovqin tarqalishini cheklovchi ekran vazifasini bajaradi.
Tezyurar yo‘llarga kirish va undan turli sathdagi kesishmalarga chiqish uchun tezyurar harakat qismi bilan mahalliy yo‘llarni bog‘laydigan yon qiyaliklar (panduslar) quriladi. Tezyurar yo‘llar egallab turgan xududning umumiy kengligi.
Katta shaharlardagi peregonlarda turli sathlardagi barcha kesishmalar konstruksiyalari bilan uzluksiz xarakatdagi umumshahar axamiyatidagi magistralь ko‘chalarning kengligi 55... 73 m (5.8-rasm).


Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin