O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə36/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

5.3-rasm. АVTOMOBIL yo‘lining rejasi (shartli)
Yo‘l rejasi – kichraytirilgan masshtabda bajarilgan, gorizontal tekislikka yo‘lning proektsiyalari (yo‘l tasmasi kengligi chegarasidagi) tushirilgan grafik tasviri (5.3-rasm).
Yo‘lni berilgan punktlar orasida har doim ham qisqa masofada o‘tkazish mumkin emas. Tog‘lar, jarliklar, ko‘llar, daryolar, botqoqliklar va boshqa kontur to‘siqlarni aylanib o‘tib, trassani uzaytirishga va uni siniq chiziq ko‘rinishida o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Trassaning yo‘nalishi o‘zgargan joylarda to‘siqlarni aylanib o‘tishda burilish burchagi paydo bo‘ladi. Natijada trassa egri chiziqlar bilan turli uzunlikdagi to‘g‘ri joylarning birikmasini tashkil qiladi.
Trassani rejaning elementlari o‘zaro bog‘langanligi bilan, o‘zaro va unga tutashgan xududning bo‘ylama va ko‘ndalang kesimlari mavjud, harakatlanish
sharoitlariga ularning taʼsirining baholanishi bilan va yo‘lni ko‘z oldiga keltirib
loyihalashtiriladi.
Аtrofdagi landshaftni saqlab kolish uchun yo‘lni o‘tkazishda landshaftli loyihalash tamoyillaridan foydalaniladi. Landshaftli loyihalash – bu trassa elementlarining ravonligi hamda uning atrof-muhit bilan hamohangligini taьminlovchi yo‘l qurilishidir. Bunda yo‘l landshaftiga xudud relьefining formalari, o‘simlik qatlami, suv va botqoqlik yuzalari, hamda inson faoliyati natijasida vujudga kelgan qishloq xo‘jaligi ekinlari, o‘rmon ishlab chiqarilishi va tog‘lik xududlaridagi ishlab chiqarish, aholi punktlari va sanoat korxonalari kiradi.
Landshaft loyihalashtirishning maqsadi-xarakat xavfsizligini va qulayligini taʼminlovchi, xaydovchilar va yo‘lovchilar uchun charchoqsiz, landshaftning manzarasini to‘liq saqlanishiga imkon beradigan yo‘lni yaratish kiradi.
Yo‘llarni landshaft loyihalashtirish “Аtrof-muhitni himoya kilish to‘g‘risida”gi talabning bajarilishini taьminlaydi. Bunday loyihalash yo‘llarni o‘tkazishni nafaqat mavjud tabiiy landshaftlarni buzmasdan, balki ularning yanada manzarali bo‘lishini taʼminlovchi va yerlarning hosildorligini oshirishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Landshaft loyihalashtirish, odatda, yer ishlari xajmining kamaytirilishi hisobiga yo‘llarning qurilish narxining pasaytirilishiga olib keladi.
Yo‘lning bo‘ylama kesimi–yo‘l o‘qining vertikal proektsiyasining maʼlum masshtabda bajarilgan grafik tasviri. Yo‘lning (yoki ko‘chaning) bo‘ylama kesimi - trassaning o‘qi orqali o‘tadigan yo‘lning vertikal tekislik bilan kesmasining tasviri. Bo‘ylama kesim yo‘lning maʼlum joylarining loyihalangan nishabliklarining kattaligini va uning qatnov qismining tabiiy yuzalikka nisbatan joylashishini tavsiflaydi (5.4-rasm).
Yo‘lning maʼlum joylarining loyihalangan chizig‘i ikki nuqta orasidagi bo‘ylama nishablik i bilan tavsiflanadi, yaʼni i shu nuqtalar orasidagi h balandligining farqining ular orasidagi l1 gorizontal masofaning munosabati bilan tavsiflanadi. Bo‘ylama nishablik a chizig‘i nishabligi tangens burchagining gorizontga nisbati bilan aniqlanadi:
i=tga=h/l1 (5.1)
Nishablik kattaligi i foizlarda, promillda (minglar nisbatida) yoki birlikdagi
nisbatda ifodalanadi: i=3% yoki i=30%0, yoki i=0,03. Promilldagi nishablikning ahamiyati yo‘l o‘qi trassasining 1000 m masofada necha metrga ko‘tarilishi yoki tushishini bildiradi.
Ko‘tarilishlar – musbat, tushish esa manfiy og‘ish hisoblanadi.
Geodezik tadqikotlarda ikkita nuqta orasidagi gorizantal masofa l1 emas, balki yer yuzasi bo‘ylab masofa l xisoblanadi.
5.4-rasm. АVTOMOBIL yo‘lining bo‘ylama kesimi
Shuning uchun umuman olganda, og‘ish tga ga emas, balki sina sifatida hisoblanadi.
i=sina=h/l
Trassaning bo‘ylama og‘ish burchagi a ko‘pincha 3....40 dan oshmasligini hisobga oladigan bo‘lsak, sina tga hisoblasak bo‘ladi. Yo‘l va ko‘chalarning bo‘ylama og‘ishi talablarga javob berishi shart, bu avtomobil harakatlanishi uchun normal sharoitlarni yaratib beradi.
Zamonaviy avtomobillar qisqa quruq masofalarda ancha yuqoriga ko‘tarila olsada, bunda harakat tezligi sezilarli darajada kamayadi. Yo‘l yuzasi sirpanchiq yoki loy bo‘lsa, tezlik ko‘tarilish vaqtida yanada kamayadi.
Ko‘cha va yo‘llarning bo‘ylama kesimini loyihalashda turli nishabliklar bilan qushni hududlarning kesishish nuqtasida sinishlar hosil bo‘ladi. Bo‘ylama kesim
sinishlari orasidagi yaqin masofa va ko‘tarilish-tushishlarning tez-tez almashinuvi
harakatlanishda noqulayliklarni keltirib chiqaradi, chunki yurish rejimini o‘zgartiradi, tezlik o‘zgartiriladi, ba`zan to‘xtashga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun kesim sinishlari orasida katta masofalarni saqlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Kesimning botiq va qavariq sinishlari mavjud. Qavariq sinishlar harakat ravonligini buzadi va oldinda harakatlanayotgan avtomobil yo‘lini ko‘rishga halaqit beradi. Botiq sinishlarda esa turtkilar paydo bo‘ladi, markazdan qochma kuch taʼsirida ressoralarga katta bosim tushadi.
Turtki va zarbalarining oldini olish maqsadida hamda ko‘rish sifatini yaxshilash uchun yo‘lning bo‘ylama kesimidagi sinishlar vertikal egri chiziqlar bilan yumshatiladi. I ,II toifali yo‘llardi 5%0 va undan ortiq, III – toifali yo‘llarda 10%0 va undan ortiq, IV,V toifali yo‘llarda esa 20%0 va undan ortiq og‘ish ko‘rinishida vertikal egri chiziqlar hosil qilinadi. Bundan maqsad harakat ravonligini va havfsizligini taʼminlash.
Ko‘rish masofasi haydovchining ko‘zlari avtomobilning xarakatlanishning chet tasmasi bo‘ylab o‘qidan 1,2 metr tepada, bo‘rt toshidan 1,5 metr masofada joy- lashganligi deb qabul qilinadi. Yo‘l va ko‘chalarni rekonstruksiyalash, shuning- dek, tog‘li hududlarda ularni loyihalashda, ko‘rish masofasi va vertikal egri chiziq- lar radiusi belgilangan harakat tezligiga mos ravishda kamaytirilishi mumkin.
Yo‘l yoki kuchaning bo‘ylama kesimini yaratishda birinchi bo‘lib yerning tabiiy yuzasi chiziladi, u qora chiziq deb yuritiladi. Qora chiziq yerning tabiiy yuzasidagi qora nuqtalarini o‘zaro tutashtiradi, ularning dengiz sathidan absolyut balandligiqidiruv ishlarida geodezik asboblar bilan o‘lchanadi yoki hudud rejasida gorizontallar bilan aniqlanadi.
Yo‘l yoki kucha trassalashadigan xududning tabiiy relьefi, odatda, bo‘ylama kesimь loyiha chizig‘i talablariga mos kelmaydi, relьefni tuproqni olish yoki to‘kish yo‘li bilan rejalashga to‘g‘ri keladi. Loyixalashirilayotgan yuzadagi nuqtalarning belgilanishi loyihalangan yoki qizil nuqtalar deb nomlanadi, ularni tutashtiruvchi chiziq esa loyixa chizig‘i yoki qizil chiziq deyiladi. Loyixa chizig‘i qurilayotga yo‘lning yer yuzasiga nisbatan joylashuvini ko‘rsatadi.
Bo‘ylama kesimning bitta ordinatasi uchun qizil va qora nuqtalar orasidagi
farq ishchi nuqta deyiladi. Аgarda loyixa chizig‘i yer yuzasi chizig‘idan tepada joylashsa, yo‘l ko‘tarma ustiga quriladi. Аgar loyixa chizig‘i yer yuzasi chizig‘idan pastda bo‘lsa, u o‘ymada joylashadi. Loyixa chizig‘i va yer yuzasi chizig‘i kesishgan nuqta – nol nuqta deyiladi. Loyixa chizig‘i turli radiusli vertikal egri chiziqlar bilan tutashtirilgan gorizontal va og‘ma kesmalardan iborat bo‘ladi. Аgar xududning tabiiy sharoitlari imkon bersa, bo‘ylama kesimdagi egri chiziqlar radiusi kamida 3000 metr olinadi. Bo‘ylama kesimda egri chiziqlar uzunligi: qavariq bo‘lsa kamida 300 metr, botiq bo‘lsa, 100 metr qilib olinadi.
Chizma masshtabi turlicha ishlanadi: gorizontal masofalar 50 metrga 1 santimetr; vertikal masofalar esa 5 metrga 1 santimetr masshtabda bo‘ladi.
Yo‘lning ko‘ndalang kesimi deb, vertikal tekislikda yo‘l o‘qiga perpendikulyar ravishda tasvirlanishiga aytiladi. Yo‘l ko‘ndalang kesimining asosiy parametrlari 5.5-jadvalda keltirilgan.
Yo‘lning ko‘ndalang kesimda harakat qismi bo‘ylab ikki tomonlama gruntli tasma – yo‘l yoqasi quriladi (5.5-rasm).
Yo‘l ko‘ndalang kesimining asosiy parametrlari.
5.5-jadval.



Йўл элементлари параметрлари

Йўл тоифаси

I-a

І-б

II

ІIІ

ІV

V

Ҳаракат тасмаси сони

4; 6; 8

4; 6; 8

2

2

2

1

Ҳаракат тасмаси кенглиги, м

3,75

3,75

3,75

3,5

3

-

Ҳаракат қисмининг кенглиги, м

2х7,5

2х7,5

7,5

7

6

4,5




2х11,5

2х11,5
















2х15

2х15













Йўл ёқаси кенглиги, м

3,75

3,75

3,75

2,5

2

1,75

Йўл ёқасидаги мустаҳкамланган тасма
кенглиги, м

0,75

0,75

0,75

0,5

0,5

-

Харакатланишнинг турли йўналишлари
орасидаги ажратувчи тасманинг энг кам кенглиги, м

6


5


-


-


-


-


Ажратувчи тасма четидаги хавфсизлик
тасмасининг кенглиги, м

1

1

-

-

-

-

Йўл пойининг кенглиги, м

28,5; 36

27,5;35

15

12

10

8




43,5

42,5

















Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin