O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston


O‘zbekistonda avtomobil yo‘llar tarmog‘i paydo bo‘lishi



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə32/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

O‘zbekistonda avtomobil yo‘llar tarmog‘i paydo bo‘lishi


O‘zbekistonda qora qoplamali avtomobil yo‘llarini qurish XX asrning boshlariga to‘g‘ri kelgan.
1928-1932 yillarda O‘zbekistonda birinchi bo‘lib uzunligi 62 km bo‘lgan qora qoplamali Buxoro-G‘ijduvon-Qiziltepa yo‘li qurildi. Bu yo‘l qurilib bitkazilgandan so‘ng Buxoroning asosiy paxtachilik tumanlarini o‘zaro, hamda Buxoroning Samarqand bilan bog‘lanishiga xizmat qila boshladi.
Shuningdek, bu yillarda:
Samarqand – Panjikent, Pskent – Olmaliq, Toshkent – Troitsk, Qo‘qon – Sho‘rsuv, Аndijon – Kuyganyor yo‘llari qurildi va rekonstruksiya kilindi.
1933-1937 yillar mobaynida yo‘l qurilishi bo‘yicha xam ulkan ishlar amalga oshirilgan. Bu yillarda O‘zbekistan yo‘l xujaligiga 17,86 mln. sum mablag‘ sarflandi. Bu avvalgi davrdagiga qaraganda 7 marta ko‘p bo‘lib, kapi¬tal sarflarning katta qismi qattiq qoplamali yo‘llar qurishga sarf kilingan.
Bu yillarda Toshkent-Chinoz, Qo‘qon - Marg‘ilon, Dagbit-Loyish, Аsaka-
Marxamat yo‘llari qaytadan rekonstruksiya kilindi.
Shu yillarda Surxondaryo viloyatida To‘palon daryosi ustiga va Sirdaryoning Xilkovo (xozirgi Guliston) stansiyasi yaqinida temirbeton ko‘priklari qurildi. Ko‘priklarning tayanch ustuni sifatida quvurlardan foydalanildi.
1937 yilga kelib, O‘zbekistonda yo‘llar tarmog‘i 22000 km ni, shu jum- ladan qattiq qoplamali yo‘llar 2200 km ni tashkil etdi.
1938-1940 yillarda Samarqand viloyatida Samarqand - Juma, Jizzax - Rovot, Toshkent viloyatida Tuytepa - Аngren. Buxoro viloyatida Romiton — Shurchi, Farg‘ona viloyatida Farg‘ona - Gorchakove yaxshilangan (mustaxkamligi oshirilgan) korishmali yo‘llar qurildi. 1940 yilda uzunligi 708 km bo‘lgan Katta O‘zbek trakti qurilishi xaqida qaror qabul qilindi va qurilishishlari 1941 yilning 4 oyi mobaynida tugallandi.
II jaxon urushi yillari Respublikada yo‘l qurilish ishlari bir muncha pasaydi, yo‘l qurilishi ishlari uchun ajratiladigan mablag‘lar keskin qisqardi, yangi yo‘llarni qurish butunlay to‘xtatildi. Faqatgina xarbiy sanoat korxonalari, ruda konlari faoliyati uchun 234 km yo‘l qurildi. Urushdan keyingi yillarda ko‘plab yo‘llar va ko‘priklar qaytadan qurildi va tiklandi. Bu yillarda yo‘l idoralari tizimi takomillashtirildi. 1948-1949 yillarda 5 ta MPS (mashina dorojnaya stansiya) Toshkent, Mirzacho‘l, Аndijon, Farg‘ona va Samarqandda tashkil etildi. 1950 yili Nukus va Namanganda ham ana shunday ikkita MDS tuzildi. 1950 yilga kelib, O‘zbekistonda 28,7 ming km, shundan 6,0 ming km qattiq qoplamali yo‘llar mavjud bo‘lgan.
1951-1955 yillarda Toshkent viloyatida Toshkent-Minvoda, To‘ytepa-Аngren, Samarqandda Ishtixon-Kattaqurgon, Kattakurg‘on-Mirbozor, Аndijon viloyatida KFK-Oltinko‘l, Shaxrixon-Qushtepasaroy, Yozyovon-Nasriddinbek (Bo‘z) yo‘llari qurildi. 1955 yilda umumiy uzunligi 28,8 ming km bo‘lgan yo‘ldan 7100 km yoki 24% qattiq qoplamali yo‘l bo‘lgan. Bundan takomillashtirilgan qora qoplamali yo‘llar 1200 km bo‘lib, Respublikadagi umumiy yo‘l uzunligining 4 % ni tashkil etgan.
1960 yilga kelib qattiq qoplamali yo‘llar uzunligi 9900 km ga yetdi, shundan
qora qoplamali yo‘llar 5700 km ni tashkil etdi. Bu esa respublikada yo‘llar tarmog‘ining birmuncha yaxshilanishiga olib kelganligini ko‘rsatadi.
Bu davrda yo‘l tarmog‘i tizimini takomillashtirish maqsadida ularning Respublika va maxadllny axamiyati bo‘yicha bo‘linishini taqozo etardi.
Yo‘llarning uzunligi, texnik xolati va qaysi idoraga qarashli ekanligini aniqlash maqsadida 1957 yilda dastlabki, Respublika avtomobil yo‘llari tarmog‘ining xatlovi (inventarizatsiyasi) o‘tkazildi. Bu tadbir materiallari asosida 1958 yili Respublika xukumati tomonidan yo‘l xujaligini tubdan yaxshilashga qaratilgan qaror qabul qilindi. Аna shu qaror asosida joriy etilgan yangi yo‘llarning klassifikatsiyasi yo‘l tarmoqlarining umumiy foydalaniladigan va korxona- xujaliklarga qarashli yo‘llarga bo‘linishini ko‘zda tutadi.
1960 yilga kelib avtomobil yo‘llarining bir yillik usishi 800 km ni, qoraqoplamali yo‘llarning usishi 1200 km va asfaltbeton qoplamali yo‘llar o‘sishi 20 km atrofida edi.
O‘sha paytda O‘zbekistonda bor yugi 110 km sementbeton va asfaltbeton qoplamali yo‘llar bo‘lgan. Bundan kurinib turibdiki asfaltbeton qoplamali yo‘llar qurish kam mikdorni tashkil etgan. Shu sababli xam O‘zbekiston avtomobil va tosh yo‘llar Vazirligi respublikada kapital yo‘l qurilish industriyasining asosi bo‘lmish asfalt va beton ishlab chikaruvchi zavodlar barpo etish rejalarini amalga oshirdi.
Bu esa mustaxkamligi yukori bo‘lgan asfaltbeton qoplamali yo‘llarning keng mikyosda qurilishini taʼminladi. 1961-1970 yillar mobaynida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari tarmoqlarini rivojlantirishda yangi yo‘llarni qurish va mavjud avtomobil yo‘llariii rekonstruksiya kilish bilan yukori toifaga o‘tkazish sohaning asosiy yo‘nalishi bo‘lib qoldi. Mana shu 10 yil mobaynida barcha avtomobil yo‘llarning miqdori o‘zgarmagan xolda qattiq qoplamali yo‘llarning uzunligi 12 ming km ga yoki 2,3 marta oshdi. Umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan yo‘llar 234 % ga, Respublika amiyatiga ega bo‘lgani 280
% va maxalliy axamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar 2 marta ko‘paydi. 1971 yil 1 yanvar xolatiga O‘zbekistondagi umumiy foyda¬lanishdagi avtomobil yo‘llari 29,5 ming km ni, shundan qattiq qoplamali yo‘llar 21,5 ming km yoki 73 % ni, shundan 1,64
ming km yo‘l asfaltbeton va sementbeton qoplamani tashkil etdi.
Qattiq qoplamali yo‘llar tarmogi Toshkent, Аndijon, Namangan, Buxoro viloyatlarida keng mikyosda, shuningdek, Qorakalpog‘iston va Xorazmda ham birmuncha darajada rivojlandi.
1970-1975 yillarda yo‘l - qurish va foydalanish tashkilotlarining ishlab chiqarish bazasi ancha yaxshilandi, ularnnng parklari yangi mashina mexanizmlar bilan to‘ldirildi. Yo‘l qurish industriyasining asfaltoeton korishmasi, temirbeton konstruksiyalari ishlab chiquvchi, inert materiallarini qayta ishlovchi va sifatini yaxshilovchi obyektlar ishga tushirildi. Bu esa Respublika yo‘llar tarmog‘ini yuksaltirishda yuqori natijalarga erishishni taʼmin etdi.
1981 yilga kelib O‘zbekistonda umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llar uzunligi 31 ming km dan ortikni tashkil etdi. Bundan tashqari 20 ming km uzunlikdagi ichki xo‘jalik yo‘llariga xizmat ko‘rsatildi. Jami yo‘l tarmog‘i bu davrda 51 ming km ni tashkil etgan.
1981-1985 yillarda, xamda 1990 yilgacha bo‘lgan davrda mavjud magistral avtomobil yo‘llari tayanch tarmoqlarini jadal rivojlantirish ishlari olib borildi. Ularni taʼmirlash va saqlash ishlari sifatiga, xarakat xavfsizligini oshirishga alohida eʼtibor berildi.

Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin