O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston


АVTOMOBIL transport vositalarining turlari



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə28/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

АVTOMOBIL transport vositalarining turlari


АVTOMOBIL transportining harakatchan tarkibi yuk va yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallangan avtomobil transporti vositalaridan iborat. Transport vositasi deganda, bir avtomobil (avtobus) yoki transport vositalari tarkibi tushuniladi.
Maqsadiga ko‘ra, АVTOMOBIL vositalari (avtomobillar) vazifasi bo‘yicha, og‘irligi bo‘yicha, gabariti bo‘yicha, o‘qiga nisbatan yuk bo‘yicha, konstruktiv sxemaga ko‘ra, kuzovning turiga ko‘ra, bajarilishi bo‘yicha, konstruktiv belgilarga ko‘ra yo‘l va yo‘ldan tashqarilarga bo‘linadi.
O‘q og‘irligi yo‘l avtomobillari uchun mukammallashtirilgan yo‘llarda o‘qqa
13 tonnadan (O‘zbekistonda) oshmasligi kerak, boshqa yo‘llar bo‘ylab xarakatlanganda esa - o‘qiga nisbatan 6 tonnadan oshmasligi kerak.
Yo‘ldan tashqari avtomobil vositalari maxsus qurilgan karyer, yog‘och tashuvchi va boshqa yo‘llardan tashish uchun foydalaniladi, hamda yo‘llar tarmog‘idan tashqari ham qo‘llaniladi.
Bajaradigan vazifalariga ko‘ra avtomobillar quyidagilarga bo‘linadi:

  • transport avtomobillari – yuk va yo‘lovchi tashish uchun;

  • maxsus avtomobillar (o‘t o‘chirish, sport va hokazo).

Transport avtomobillari yuk tashuvchi, yo‘lovchi tashuvchi va shatakchi turlariga bo‘linadi. Yuk avtomobillari tuzilishiga ko‘ra yakka va avtopoyezdga bo‘-linadi. Shatakchi va unga ulangan yarimpritsep yoki pritsep, hamda pritsep bilan ulangan avtomobil avtopoyezd deb nomlanadi. O‘z navbatida, shatakchilar avtomo-bil - shatakchi, o‘rindiqli shatakchi va buksir-shatakchiga ajratiladi. Shatakchi tar-kib o‘qlar soni va boshqa konstruktiv xususiyatlariga ko‘ra bo‘linadi (og‘ir vaznli tirkama, faol shatakchilar, soyabonli shataklar, past ramali tirkama va boshqalar).
Yengil avtomobillar (pochta tashish va boshqalar) asosida yaratilgan yo‘lovchi avtomobillari alohida guruhni tashkil etadi.
Yuk avtomobillarining xar bir turining asosiy belgilaridan biri – bu ularning yuk ko‘tarish qobiliyati yoki avtomobilning ruxsat etilgan maksimal og‘irligiga nisbatan gradatsiyasi hisoblanadi. Isteьmolchilar uchun nominal yuk ko‘tarish qobiliyati, ya`ni ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan transport vositasining foydali yuklamasi eng yaqqol omil hisoblanadi.
Yuk harakat tarkibini yuk ko‘tarish qobiliyatiga ko‘ra beshta guruhga bo‘linadi:

  1. Juda kichik – 0,5 tonnagacha

  2. Kichik – 0,5 t – 2 tonnagacha

  3. O‘rtacha – 2 t – 5 tonnagacha

  4. Katta – 5 t – 15 tonnagacha

  5. Juda katta – 15 tonnadan yuqori.

Аvtopoyezdning yuk ko‘tarish qobiliyati shatakchi – avtomobil va tirkama (yarimtirkama) ning xuddi shu ko‘rsatkichi yig‘indisidan iborat.
Haydovchini hisobga olmaganda, sig‘imi 8 kishigacha bo‘lgan yo‘lovchi avtomobillari – yengil avtomobil, 8 kishidan ko‘p bo‘lganlari esa – avtobus hisoblanadi. Qatnov turiga qarab avtomobil va avtopoyezdlar mahalliy va shaharlararo turlarga bo‘linadi.
Kuzov turiga ko‘ra yuk avtomobillari:

  • universal;

  • maxsus;

  • samosvallar;

  • furgonlar;

  • tsisternalar;

  • konteynerovozlar; (konteyner tashuvchilar)

  • panel tashuvchilar;

  • tsement tashuvchilar va boshqa.

Yo‘lovchi transport vositalari qo‘llanilishiga ko‘ra avtobuslarga (shahar avtobuslari, ekskursiya avtobuslari, uzoqqa qatnaydigan avtobuslar, umumiy) va yengil avtomobillarga (umumiy – taksi, xizmat, ijara va shaxsiy) bo‘linadi.
Аvtobuslarning o‘lchamini belgilovchi asosiy parametr bu uning uzunligidir: juda kichik – 5m gacha; kichik – 6,0-6,5 m va 7,0-7,5m; o‘rta – 8,0-8,5m va 9,0- 9,5m; katta – 10,5-11,0 m va 11,5-12,0 m; juda katta – 16,5-18,0 m.
Yengil avtomobillar esa dvigatelining ishchi hajmiga qarab aniqlanadi: juda kichik – 0,9-1,2l; kichik – 1,2-1,8l; o‘rta – 1,8-3,5l; yuqori – 3,5 l.dan ortiq.
Tuzilishiga ko‘ra avtobuslar yakka, ulama, bir yarim va ikki qavatli bo‘ladi.
O‘rnatilgan o‘rindiqlarga qarab esa yumshoq va qattiq bo‘lishi mumkin.
Tabiiy-iqlim sharoitlarida foydalanilishiga ko‘ra, oddiy sharoitda, shimolda, tropiklarda, tog‘lik xududlarda ishlash uchun mo‘ljallangan transport vositalari bo‘lishi mumkin.
Dvigatel turiga ko‘ra avtomobillar karbyuratorli; dizelli; gazbalonli;
gazturbinali va elektrik bo‘ladi.
O‘tuvchanligiga ko‘ra avtomobillar cheklangan, oshirilgan yoki yuqori o‘tuvchan bo‘ladi.
G‘ildiraklarning umumiy soni, shu jumladan tortish kuchini uzatadigan oldingi g‘ildiraklarni ham avtomobilning g‘ildirak formulasi bilan ifodalanadi: 4×2, 6×4, 4×4, 6×6 va h. Bu raqamlar quyidagilarni bildiradi: birinchi avtomobil to‘rtta g‘ildirakka ega, shundan ikkitasi- tortuvchi, ikkinchi avtomobilda oltita g‘ildirak bo‘lib, to‘rttasi tortuvchi va h.
Yengil avtomobillar konstruktiv sxemasiga ko‘ra yopiq, ochiq va tomi ochiladigan, shuningdek oldi-, orqa- va to‘liq privodlilarga bo‘linadi. Kuzov turiga ko‘ra sedan, faeton, kombi, universal va boshqalarga bo‘linadi. (4.11-rasm).



Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin