Portlar, ularning turlari va asosiy elementlari.
Suv yo‘llarida portlarda yuk va yo‘lovchi oqimi boshlanib, o‘z nihoyasiga
yetadi.
Port – kemalarning xavfsiz to‘xtab turishini taʼminlash uchun va suv va quruqlikdagi transport turlari orasidagi tashish operatsiyalarini amalga oshirilishini taʼminlash uchun mo‘ljallangan qurilma va inshootlar yig‘indisidir.
Portlar quyidagilarga bo‘linadi: vazifasiga ko‘ra (3.5-rasm), texnik-iqtisodiy tavsifiga ko‘ra, geografik joylashuviga ko‘ra, foydalanish muddatiga ko‘ra, foydalanish ishlari xarakteriga ko‘ra, suv sathiga nisbatan, xizmatlar xarakteri va to‘liqligiga ko‘ra, transport vazifasiga ko‘ra.
Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ko‘ra portlarni 4 guruxga bo‘linadi: I, II, III darajadagi portlar va darajadan tashqari portlar (juda yirik portlar–Odessa, Ilichevsk, Sankt-Peterburg, Gdansk, Liverpul va boshqa).
Umumiyvazifali quruq yuktashuvchi kema Dengizrefrejeratorkema
Konteynertashuvchikema Rolker
Balker Daryoyogochtashuvchi kemasi
Tanker Gaztashuvchikema
Daryoyuk-yo‘lovchiparomi Daryo temir-yo‘l paromi3.4-rasm.Maxsuslashtirilgan kemalarning turlari.
Umumiy
Ixtisoslashtirilgan
Aralash
Xarbiy
Sanoat
Boshpana porti
Bunkеrli
Sport kеmalari uchun
3.5-rasm.Portlarningturlari. Geografik o‘rniga qarab portlar joylashishi bo‘yicha: ochiq dengiz sohilida, tabiiy ko‘rfazlarda, lagunalarda, limanalarda, ichki, orol va daryo etagida joylashgan portlarga bo‘linadi.
Xizmatlar turiga ko‘ra bazalilarga bo‘linadi: cheklangan xizmatli va minimal xizmat ko‘rsatuvchi;
Transport vazifasiga ko‘ra portlarni butunjaxon xalqaro va kabotaj portlarga bo‘linadi;
Ekspluatatsion ishning xarakteriga ko‘ra: tranzit va so‘nggi portlarga bo‘linadi. Portning asosiy elementlari 3.5-rasmda ko‘rsatilgan.
Portlar suv yuzasi va quruqlik hududlarini o‘z ichiga oladi. Portning suv yuzasi
– port akvatoriyasi, quruqlik yuzasi esa – port xududi deb yuritiladi. Аkvatoriya ichki va tashqiga bo‘linadi. Tashqi akvatoriya – portga kirishdagi suv yuzasi. Ichki akvatoriya esa tashqi chegaralovchi inshootlar bilan chegaralangan suv yuzasi. U ichki reyddan, reyd prichallaridan (kemalar to‘xtab turish joyi) va alohida suv havzalaridan iborat.
Ichki reyd kemalarning ichki akvatoriya doirasida harakatlanishi uchun mo‘ljallangan.
Reyd prichallari kemalar to‘xtab turishi va ularga qayta yuk ortish uchun mo‘ljallangan.
Аloxida suv havzalari – bu ichki reydga yondosh gavanlar (kemalar bekati) bo‘lib, ular doirasida sohil prichallari yaqinidagi kemalarga xizmat ko‘rsatiladi.
3.6-rasm.Portning asosiyelementlari: 1-mol, ya’ni port akvatoriyasini dengiz to‘lqinlaridan ximoya qiluvchi baland to‘siq; 2-portdanchiqish o‘qi; 3-reyd yoki qirg‘oqning bir qismini dengiz to‘lqinlari taьsirlaridan chegaralovchigidrotexnikinshoot (volnalom);4-tashqi reyd; 5-ichkireyd; 6-portga kirish o‘qi; 7-suzish vositalari (qayiq, parom va h.kz.); 8-keng pirslar, ya`ni ichki tomonidan kemalarniboylabqo‘yish uchunmo‘ljallangan port inshooti; 9-yo‘lovchilar maydonchasi; 10-temiryo‘llar;11-omborlar. Port akvatoriyasi yoki uning alohida bir qismini to‘lqinlar, oqim yoki muzlardan himoyalovchi inshootlar – to‘suvchi inshootlar deb ataladi. Qirg‘oq bilan tutashgan to‘suvchi inshootlarni mollar deyiladi. Qirg‘oqdan ajratilgan
to‘suvchi inshootlar esa – volnorez (to‘lqinni kesuvchilar) deyiladi.
Portlarni 2 toifaga ajratish mumkin:
Dengiz portlari. Ular dengiz sohili yoki yirik daryo etagida joylashgan bo‘lib, dengiz kemalariga xizmat ko‘rsatadi. Bunday portlar xalqaro ahamiyatga ega tashqi hamda mahalliy ahamiyatga ega ichki portlar bo‘lishi mumkin.
Daryo portlari. Ular ichki suv yo‘llaridagi kemalarga xizmat ko‘rsatadi. Bunday portlar daryolar, kanallar, ko‘l va suv omborlarida barpo etiladi. Vazifalarga ko‘ra portlar:
Savdo portlari – yuk va yo‘lovchi tashishni taʼminlaydi;
Boshpana portlari – kemalarni taьmirlash va to‘fon vaqtida joylashash uchun;
Ov portlari – baliqchilik va hayvon ovlovchi kemalarga xizmat qiladi;
Dengiz portlari. Ish hajmiga qarab barcha dengiz portlari shtatlarni o‘rnatish maqsadida darajalarga bo‘linadi. Eng yirik portlar – Odessa, Murmansk, Vladivostok darajadan tashqari portlar hisoblanadi.
Dengiz portlari qirg‘oqqa nisbatan joylashuviga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
daryo etaklaridagi – yirik daryolar etagida quriladi (Leningrad, London, Gamburg va boshqalar);
orol portlari – qirg‘oqdan maʼlum masofada tabiiy yoki sunʼiy orollarda quriladi;
ichki portlar – dengizdan ancha uzoqda yoki kemalar qatnaydigan daryoning quyi qismida (Аrxangelsk, Xerson) yoki dengizdan mamlakat ichkarisiga qarab qazilgan sunʼiy kanalda barpo etiladi (Manchester, Аmsterdam, Bryussel).
Daryo portlari turlari:
yuk va yuk-yo‘lovchi;
boshpana-portlari–to‘fon vaqtida kemalarning xavfsiz turishini taьminlaydi;
zatonlar-qishda turishi va kemalarning navigatsiyaaro taʼmirlanishini o‘tkazadi.
karantin portlar-xavfli epidemiya bilan zararlangan rayonlardan keluvchi kemalarga xizmat ko‘rsatadi.
Suv yo‘li turiga qarab dengiz portlari:
ozod daryolarda bo‘ladi;
shlyuz daryo va kanallarida bo‘ladi;
ko‘llarda va suv omborlarida bo‘ladi.
Portning asosiy elementlari. Port rejasi quyidagi asosiy elementlardan iborat: akvatoriya, tarritoriya, prichal fronti va ularni tuzuvchi gidrotexnik inshootlar.
Аkvatoriya – bu kemalarning harakatlanishi, qirg‘oq frontlari (prichallarda) va suzib turganda yuk operatsiyalarini bajarish, yuklarni bir kemadan boshqasiga qayta yuklashda, hamda yuk frontlariga kirish uchun kutib turganda kemalarning turishi uchun yoki portdan chiqib, manevr qilish uchun suv maydonlari.
Territoriya–bu qirg‘oq yuk frontlari joylashgan, barcha port operatsiyalarini bajarishga mo‘ljallangan xizmat, xo‘jalik va maishiy qurilmalar bilan jihozlangan quruqlikdagi yo‘l maydoni.
Prichal fronti kemalarni bog‘lash va yo‘lovchi, yuk ortish – yuk tushirish va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratishga hizmat qiluvchi prichal. Kema port territoriyasiga yon tomoni bilan yaqin kela olishi uchun qirg‘oqda yaxlit vertikal devor qirg‘oqbo‘yi (naberejnaya) tashkil etiladi. Ushbu devor qirg‘oqqa nisbatan burchak ostida joylashgan bo‘lsa, u pirsalar deb nomlanadi. Ichki suv yo‘llarida suzuvchi prichallar (yuk va yo‘lovchi debarkaderlari) ko‘p uchraydi.