O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə20/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

2.22-rasm. Bir izli ko‘ndalang turdagi bo‘lakli stansiyaning sxemasi.
Yuqorida sanab o‘tilgan ishlarni bajarish uchun stansiyalarda passajirlar hara- katlanishi va passajirlarga xizmat ko‘rsatish uchun qurilmalari, yuk harakati uchun yo‘llar, yuklar turadigan xovlilar (YuX), lokomotiv va vagon xo‘jaligi va boshqa moslamalar mavjud. 2.22-rasmda bo‘lakli stansiyaning sxemasi ko‘rsatilgan.
Passajirlar harakati uchun mo‘ljallangan qurilmalar passajir binolarini, platformalarni, tonnellarni, o‘tish ko‘priklarini, pochta va yukxonalarini, qabul qiluvchi va yuboruvchi (perron) yo‘laklarni va mahalliy passajir poyezdlari turishi uchun qurilgan to‘xtash maydonlarini o‘z ichiga oladi.
Yo‘l qurilmalari tarkibiga yuk harakati uchun qabul qiluvchi – jo‘natuvchi, saralovchi va tortuvchi yo‘llar kiradi. Parkka birlashtirilgan qabul qiluvchi – jo‘natuvchi yo‘llar stansiya ishining texnologik jarayoniga asosan poyezdlarning texnik xizmat ko‘rsatish va tijorat ko‘rigidan o‘tish vaqtida to‘xtab turishi uchun xizmat qiladi. Saralovchi parklar poyezdlarni to‘plash va qayta tuzish uchun mo‘ljallangan. Bo‘lak stansiyalarda manevr ishlarini bajarish uchun keng tarqalgan qurilmalar- bu tortish yo‘llaridir.
Saralovchi stansiyalar poyezdlarning juda katta miqdorda tuzish va ajratib tashlash uchun mo‘ljallangan. Bu marshrutlar fabrikasi hisoblangan eng yirik
stansiyalardir. Ular katta hajmda paydo bo‘ladigan va tugatiladigan vagonlarning
kelish (yuk vagonlari kelishi) joylarida hamda yirik sanoat rayonlariga va maʼmuriy markazlarga kirish joylarida bo‘ladi. Vagonlarni qayta ishlash uchun saralash stansiyalarida quyidagilar mavjud: qabul qilish, jo‘natish, saralovchi, tranzit parklari, saralash tepaliklari, tortish yo‘llari mavjud. Saralash stansiyalarida bo‘lakli stansiyalarida bajariladigan hamma vazifalar bajariladi, biroq vagonlarni tuzish va qayta joylashtirish bo‘yicha ishlar ko‘proq bajariladi.
2.23-rasm. Ikki tomonli saralovchi stansiyaning sxemasi
Saralovchi stansiyalar bir tomonli yoki ikki tomonli bo‘ladi (ikki saralovchi tizim), ular parklarnig ketma-ket, parallel va aralash joylashtirilganligi bilan tashkil etiladi. Ikki tomonli saralovchi stansiyaning sxemasi 2.23-rasmda ko‘rsatilgan.
Bo‘lakli va saralovchi stansiyalar ish texnologiyasining asoslari. Tranzit qayta ishlov talab qilinmaydigan poyezdlar tranzit yoki qabul qiluvchi-jo‘natuvchi park- larda qabul qilinadi. Vagonlarning texnik va tijorat ko‘rigi o‘tkaziladi va vagonlar taʼmirlanadi, ko‘p hollarda lokomotivlar va lokomotiv brigadalarining almashinuvi o‘tkaziladi. Tormoz tizimi tekshirilgandan keyin poyezdlar stansiyadan jo‘natiladi.
Qayta ko‘rik uchun kirib kelgan poyezdlar qabul qiluvchi parkka kiritiladi va bu yerda ham vagonlarning texnik va tijorat ko‘rigi o‘tkaziladi. Poyezd lokomotivi ajratiladi va depoga yo‘naltiriladi. Poyezdning hujjatari stansiyaning texnologik markaziga (STM) taqdim etiladi. Bu yerda hujjatlarning poyezd tarkibi bilan solishtirilishi o‘tkaziladi va saralovchi varaq tayyorlanadi, uning asosida tarkibning ajratilishi bajariladi.
Tarkib yig‘ilgandan so‘ng uning tuzilishi tugatiladi va jo‘natish parkiga (JP) yuboriladi. Jo‘natish parkida vagonlarning texnik va tijorat tekshiruvi o‘tkaziladi. STM da tuzilgan tarkibga xujjatlar tayyorlanadi va JP ga beriladi. Poyezd lokomotivi tarkibga ulanadi, mashinistga qo‘l qo‘ydirib, xujjatlar topshiriladi,
tormozlarning tekshiruvi o‘tkaziladi va poyezd stansiyadan jo‘natiladi.
Harakatdagi tarkib: lokomotivlar va vagonlar parki
Harakatdagi tarkibga quyidagilar kiradi lokomotivlar, vagonlar va motorvagonli harakatdagi tarkib.
Lokomotiv – g‘ildiraklar ustidagi dvigatel, relslarda vagonlarni harakatlantirish uchun mo‘ljallangan (lotin tilidan locus – joy va motia- harakat). Lokomotiv so‘zi Dj. Stefensonning“Lokomonsh” deb atalgan birinchi parovozidan paydo bo‘lgan.
Dvigatel turiga qarab lokomotivlar quyidagi turlarga bo‘linadi: parovozlar; teplovozlar; elektrovozlar; paroturbovozlar; gazoturbovozlar.
Bajaradigan ishiga qarab lokomotivlar quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • passajirli (yuqori tezlikda harakatlanadi);

  • yukli (tortishning katta kuchliligi);

  • manevrli.

Motorvagonlar (motorisi)–o‘ziyurar mashina, motorvagonli tashuvchining juda ham ko‘p tarqalgan turi–shahar cheti aloqa (va shahar) elektropoyezdlar va dizelli poyezdlar.
Lokomotiv xo‘jaligi temir yo‘lning tashish ishlarini tortish vositalari bilan taʼminlab beradi va ularni talab qilingan holatda saqlab beradi.
Lokomotiv xo‘jaligining asosiy ishlab chiqarish turi bo‘lib lokomotiv deposi hisoblanadi. Depo passajir va yuk poyezdlariga xizmat ko‘rsatadigan lokomotivlarning parkiga, lokomotiv binolariga, ustaxonalar va texnik xizmat ko‘rsatish, taʼmirlash uchun boshqa vositalarga ega.
Vagonlar – temir yo‘l transportida asosiy tashish vositasidir. Ular maxsus, passajir va yuk vagonlariga bo‘linadi.
Yuk vagonlari (ingliz tilidan waggon - arava) – ko‘mir shaxtalarida paydo bo‘lgan.
Yuk vagonlari quyidagicha turlarga bo‘linadi:
1) turiga ko‘ra; 2) yuk ko‘tara olish qobiliyatiga ko‘ra; 3) o‘qlar soniga ko‘ra.
Yuk ko‘taruvchanlik qobiliyati – shu vagonda tashiladigan yukning eng katta miqdori (netto).
Vagonning tarasi deb uning bo‘sh holatdagi umumiy og‘irligiga etiladi.
Vagonning brutto massasi – shu vagonda olib o‘tilgan tara va (netto) og‘irligining umumiy vazni.
Yuk vagonlari parklari quyidagi turlarga bo‘linadi:

  1. yopiq – atmosfera yog‘ingarchiliklaridan himoyalanishi zarur bo‘lgan yuklarning keng qamrovli turlarini tashishga mo‘ljallangan.

Yopiq vagonlar parki asosan yuk ko‘tara olish qobiliyati 50-62 tonna bo‘lgan 4-o‘qli vagonlardan tashkil topgan bo‘ladi.

  1. platformalar – uzun o‘lchamli va katta tonnali yuklarni tashishda ishlatiladigan (brutto massasi 10, 20, 30t) kuzovsiz vagonlar.

  2. yarimvagonlar - yoqilg‘i, ruda, qurilish va boshqa yuklarni tashishda ishlatiladigan baland bortli va tomsiz vagonlar.

  3. sisternalar – suyuq holatdagi yuklarni – neft, kerosin, benzin, kislotalar, moylarni tashish uchun mo‘ljallangan.

Yuk ko‘tara olish qobiliyati o‘qlar sonidan kelib chiqadi (4, 6, 8) va 50t dan 120 tonnagacha bo‘ladi.

  1. izotermik vagonlar (refrijeratorlar)–maxsus sharoitlarda saqlanadigan (sabzavotlar, mevalar, ichimliklar va boshqa) yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan, berilgan temperaturaning barqarorligini taʼminlovchi, maxsus termoizolyatsiyali kuzov va qurilmalari bilan jihozlangan bo‘ladi.

Maxsus vagonlar:

  • transporterlar – katta hajmdagi qurilmalarni, mashinalarni, jihozlarni tashish uchun, yuk ko‘tara olish qobiliyati — 130, 180, 230 va 300 t;

  • qoramollarni, tirik baliqni, bitumni, sementni, yengil mashinalarni tashuvchi vagonlar;

  • temiryo‘l xo‘jaligining texnik va maishiy talablarini bajarish uchun zarur bo‘ladigan vagonlar;

  • ustaxona – vagonlar;

  • qurilish va yong‘in xavfsizligi vagonlari;

  • dumpkar - vagonlari-samosvallar chaqiq tosh, qum, ko‘mir tashuvchi vagonlar;

  • xopperlar – “o‘zitushar” (“samotyok”) deb nomlanuvchi kuzov tubidagi

tushiriladigan lyuk orqali yuk tushiriladigan, tubi tushiriladigan vagonlar.



Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin