O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston


Qo‘llanilishiga ko‘ra suzish vositalarining turlari



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə23/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

Qo‘llanilishiga ko‘ra suzish vositalarining turlari


Butun dunyo suv kengliklarida tuzilishi va ish faoliyati turiga ko‘ra turli xil kemalar ishlatiladi.
Qo‘llanilishiga ko‘ra dengiz va daryo kemalari quyidagilarga bo‘linadi:

  • transport kemalari: yuk, yo‘lovchi, yuk – yo‘lovchi, shatakchi kemalar;

  • texnik kemalar: satxni chuqurlashtiruvchi kemalar, suzuvchi doklar (kemalarni tuzatuvchi qurilmalar), kranlar;

  • maxsus kemalar: muz yoruvchilar, qutqaruv, o‘t o‘chirish kemalari, debarkaderlar (suzuvchi pristanlar);

  • sanoat kemalari: baliqchilik, hayvonlarni ovlaydigan kemalar;

  • sport kemalari;

Harakatlanish vositasiga ko‘ra kemalar quyidagilarga bo‘linadi:

  • o‘ziyurar kemalar, o‘zining dvigateli bilan jihozlangan (teploxodlar, paroxodlar, gazoxodlar, dizelь-elektroxodlari, atomoxodlar)

O‘ziyurar bo‘lmagan kemalar.
Tranzit va maxalliy yuk – yo‘lovchi kemalar maʼlum yo‘nalishlar bo‘ylab yo‘lovchilarni va shoshilinch yuklarni tashishga xizmat qiladi. Bunday kemalar suv yo‘lining toifasi, uzunligi va ushbu yo‘nalishlarda yo‘lovchilarning ko‘pligiga qarab turli o‘lcham va sig‘dirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Mahalliy va shahar atrofida qatnaydigan yo‘lovchi kemalari odatda sekin yuradigan kemalardir. Shatakchi kemalar o‘ziyurar bo‘lmagan yuk kemalarini tashishga xizmat qiladi.
Suv transportiga xizmat ko‘rsatuvchi xizmatchi-yordamchi kemalar: port va shlyuz shatakchi – itaruvchi kemalar; muz yoruvchi kemalar, kemalarga xizmat ko‘rsatish katerlari; suzuvchi ustaxonalar.
Texnik flot tarkibiga yo‘l va ekspluatatsion ishlarni bajaruvchi, tubni chuqurlashtiruvchi snaryadlar va kemalar kiradi.
Yuk kemalari o‘zi yurar va o‘ziyurar emas bo‘lishi mumkin.
Kemalarning muhim tavsifi bo‘lib, ularning suvning siljishi xususiyati hisoblanadi. Katta miqdordi suvsiljishi bo‘lib, kemaning butunlay yuklanganligi holatidagi kemaning yuk bilan birgalikdagi tonnalarda ifodalanib yuklanishi og‘irligi hisoblanadi.
Hamma kemalar, o‘lchami va vazifalaridan qatʼiy nazar, suzishning xavfsizligi
va qulayligini taʼminlovchi, dengiz navigatsion xususiyatlariga ega bo‘lishi lozim. Аsosiy navigatsion xususiyatlar: suzuvchanlik, mustahkamlik, cho‘kmaslik,
manevrlilik. Navigatsion xo‘jalik qirg‘oqdagi va suzuvchi mayoqlardan, yoritilgan va yoritilmagan belgilardan, bakenlardan, buylardan va qulflardan iborat.
Ekspluatatsion xususiyatlar: yuk ko‘tarish qobiliyati, xajm, tezlik, avtonomliligi.
Kema transportida kabotaj tushunchasi mavjud, yaʼni bir davlatning portlari orasida suzish. Аlohida basseynda suzish uchun qo‘llanma – lotsiyadan foydalaniladi, uning ichida suzishning navigatsion xususiyatlari keng ko‘rinishda tasvirlab beriladi. Suv yo‘llari mayoqlar va navigatsion belgilar bilan jihozlanadi, ular suv xavzalarining qirg‘oqlarida yoki farvaterlarda o‘rnatiladi.
Suv transporti yo‘l sifatida yuklarni kemalarda va oqizib jo‘natish uchun tabiiy va sunʼiy suv xavzalarini ishlatilishiga asoslangan. Suv transportining ikki turi mavjud: dengiz, uning harakat yo‘li bo‘lib, okeanlar, dengizlar, ko‘rfazlar, dengiz kanallari, yirik daryolarning quyilishlari hisoblanadi, hamda daryo (ichki suv yo‘llari), harakat yo‘llari bo‘lib daryolar, ko‘llar va suv omborlari xizmat qiladi.
Dengiz transporti ham bir dengizning turli portlari orasida, hamda turli dengizlarning portlari orasida ham tashqi savdo-sotiq va ichki (kabotaj) tashishlar uchun keng qo‘llaniladi.
Daryo transporti asosan ichki suv yo‘llari bo‘ylab yo‘lovchi va yuk tashishga xizmat qiladi.
Suv transportining asosiy ishlab chiqarish vositalari bo‘lib quyidagilar xisoblanadi:

  1. yo‘l – kema qatnovi uchun moslashtirilgan tabiiy yoki sunʼiy holatdagi suv oqimi yoki suv xavzasi;

  2. yuk va yo‘lovchilarni tashish, suv yo‘llariga texnik xizmat ko‘rsatish uchun (flot) kemalar;

  3. yuk va yo‘lovchi operatsiyalarini amalga oshirish, hamda kemalar va suv yo‘llariga texnik xizmat ko‘rsatish uchun maxsus qurilmalar bilan jihozlangan pristanlar va portlar;

  4. odatda yirik dengiz portlari yaqinida joylashgan, tasodifiy, davriy va kapital taʼmirlash, hamda kemalarning rekonstruksiyasini amalga oshiruvchi kemalarni taьmirlash zavodlari. Kema taьmirlash zavodlarining muhim elementlari – quruq va suzuvchi doklar bo‘lib, aynan ular zavodning texnik imkoniyatlarini belgilab beradi.

  5. suv transportining barcha ishlab chiqarish bo‘g‘imlari va tashuv jarayonini boshqarish uchun mo‘ljallangan aloqa vositalari.

Shamol – to‘lqin rejimining shartlariga ko‘ra kema qatnovi barcha ichki suv yo‘llari (kanallar, daryolar, suv omborlari va ko‘llar, shu jumladan yopiq dengizlar ham) 4 toifaga bo‘linadi: “M”, ”O”, ”R” va ”L”. Bunday bo‘linish asosida to‘lqinlarning maksimal balandligi va uzunligi yotadi. Аgar to‘lqinning balandligi 3m, uzunligi esa – 40m ga yetsa, unda bu suv yo‘li “M” toifasiga kiritiladi; unga mos ravishda 2m va 20 m ga yetsa – “O” toifasiga; 1,2m va 12m – “R” toifasiga kiradi. “L” toifasiga “R” toifasiga kirmagan suv yo‘llari oid. Bularga misol qilib Oka, G‘arbiy Dvina, Dnestr daryolarini, hamda hamma katta daryolarning yuqori quyilishlarini keltirish mumkin.
Suv transporti transportning arzon turi hisoblanadi, chunki u tashishga boshqa transport turlariga qaraganda kamroq energiya sarf etadi. Yukni suv yo‘li bo‘ylab tashish (kichik tezlikda) uchun temir yo‘ldan yukni tashish uchun zarur dvigateldan 6-7 barobar quvvati kichik dvigatelь (shataklash uchun esa 10 barobar kichik) kerak.
Flot kemalarining turlari.
Kemalar dengiz transportining asosiy ishlab chiqarish bo‘g‘ini bo‘lib, ular aloxida ishlab chiqarish rejasiga ega bo‘lishi mumkin va uzoq vaqt davomida dengiz transportining boshqa element va bo‘g‘inlaridan mustaqil ravishda transport mahsulotlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish imkoniga ham ega. Tashiladigan yuk turiga ko‘ra barcha kemalar quruq yuklarga va quyma yuklarga mo‘ljallangan bo‘ladi;
ishlatish vazifasiga ko‘ra – transport (3.1-rasmda yo‘lovchi, 3.2-rasmda yuk, 3.3-rasmda yuk-yo‘lovchi va shatakchi) kemalar, ov kemalari (baliqchilik va
hokazo), texnik kemalar (tubni chuqurlashtiruvchi, kranlar, qaytayuklovchi, suzuvchi ustaxonalar), maьmuriyat kemalari va maxsus kemalar (muz yoruvchi, o‘t o‘chiruvchi, suzuvchi mayoqlar va pristanlar) ga bo‘linadi;
suzish hududiga ko‘ra – daryo, kanal, ko‘l, dengiz, okean kemalari;
korpus materialiga ko‘ra – po‘lat, yog‘och, kompozit (po‘lat va yog‘och), temir-beton (suzuvchi kranlar va ustaxonalar), plastmass kemalar.

3.1-rasm. «Oasis of the Seas» passajirlar teploxodi harakatlanish usuliga ko‘ra – o‘ziyurar va o‘ziyurar bo‘lmagan kemalar; dvigatel turiga ko‘ra (o‘ziyurar kemalar) – paroxodlar, teploxodlar, eletroxodlar (turbo yoki dizel), atomoxodlar;
Kemani harakatlantirish uchun dvigatelning mexanik ishlashidan foydalanish usuliga ko‘ra – vintli, g‘ildirakli, suv purkovchi (vodomyot), havo vintli (glisserlar). Shatakchi va shataklangan o‘ziyurar bo‘lmagan kemalar yig‘indisi daryo karvoni (tarkibi) deb yuritiladi. Dengiz floti tarkibida universal kemalar bilan bir qatorda maxsus kemalar ham bo‘ladi, ularga tankerlar, balkerlar, konteyner tashuvchilar, rolkerlar (Ro-Ro), lixterlar, gaztashuvchilar va boshqalar (3.4-rasm).
Balkerlar – val bo‘lmagan yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan kemalar (ko‘mir tashuvchi, ruda tashuvchi).

3.2-rasm. Yuk tashuvchi teploxod turi «MSC DАNIT».


3.3-rasm. Tolkach-buksir 428 quvvati 2000 ot kuchi.
Rolkerlar–yuk ortish-tushirishning kransiz yoki gorizontal tizimli kemalar. Lixterlar – yuklarni tashish uchun o‘ziyurar bo‘lmagan dengiz kemasi.
Shuningdek, portga kira olmaydigan, chuqur o‘tirishli, reyd davomida yuk ortish yoki tushurishda prichalsiz yuk operatsiyalarini bajaradigan kema.
Dengiz kemalari suzish hududiga ko‘ra: cheklanmagan (okean), cheklangan (bir dengiz doirasida), sohilbo‘yi, mahalliy va reyd (mahalliy tashishlar uchun va reydlarga xizmat ko‘rsatish uchun), muz hududlarda suzuvchi kemalar (mustaqil yoki muzyorar ketidan).

    1. Yüklə 9,23 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin