1370 yilda Movaraunnaxrga hukmronlik qilgan Аmir Temur halqaro savdoga homiylik qildi. U Buyuk Ipak yo‘lini saqlab qolish va uning Movaraunnahr orqali o‘tuvchi tarmog‘ini tiklash tarafdori edi. Xorazm qo‘shib olingach, Urganch bozorlaridan oqib o‘tgan savdo yana Аmir Temur saltanatining poytaxti - Samarqandga yo‘naltirildi.
70-yillarning oxirida Аmir Temur o‘z nigohini Xurosonga qaratdi. U orqali Movaraunnaxr va Hindistondan boshlanib Balxda Xitoy bilan tutashgan katta magistral yo‘li o‘tgan. Bu yo‘llar bo‘ylab boy bozorlar bo‘lgan, ayniqsa Hirotda ko‘proq rivojlangan. U yerda O‘rtaerdengizi va Xurosondan keltirilgan mollarni: ipak va paxta matolarini, parcha va ro‘mollarni, kiygiz va gilamlarni; Nishapurdan bebaho feruza toshlarni, hushbo‘y atirlarni; anor, uzum, pista, bodomlarni, hamda Xirotda tayyorlanadigan temirni, xorosan tillasi va kumushini Movaraunnaxrdan qimmatbaho toshlarni topsa bo‘lar edi. Bu bozorlarda otlarni, molarni, qo‘y va tuyalarni sotib olish mumkin edi. XIV asrning 80-yillarida Xuroson va Xirot Аmir
Temur imperiyasining tarkibiga kirdi. 1389-1395 yillarda Temur Oltin O‘rda xoni To‘xtamishga qarshi uch marta yurish qildi, uning natijasida Oltin O‘rda poytaxti – Berke Saroyni (Volga pastki quyidagi shahar) qulatdi, u orqali o‘tgan karvon yo‘llar esa yopildi. Saroy Berke qulagandan so‘ng shimoliy mintaqalararo yo‘l o‘z xoliga tashlab qo‘yildi. Saroy, Urganch va O‘trar yo‘llari o‘rniga karvonlar yana Xirot, Balh va Samarqand orqali yura boshladi. Аmir Temurning Eronga, Kavkazga, Hindistonga va Turkiyaga bo‘lgan keyingi hamma yurishlari mo‘g‘ullargacha bo‘lgan davrlarda (yaʼni Chingizxongacha) xizmat qilgan Buyuk ipak yo‘lining savdo magistrallarini tiklashga yo‘naltirilgan edi.
Аmir Temur davlatni boshqargan yillarida Xitoy bilan savdo-sotiq aloqalari mustahkamlandi. O‘rta Osiyo va Xitoy o‘rtasidagi karvon savdo-sotiq ishlarini davom ettirishiga yangi stimul paydo bo‘ldi. Xitoy manbai hisoblangan “Min shilu” (“Min imperatorlari boshqaruvi yillaridagi voqealar xaqidagi yozuvlar”) kitobidan olingan maʼlumotlarga ko‘ra, 1368-1398 yy. orasidagi davr mobaynida Xitoyga Аmir Temurdan elchilar to‘qqiz marta kelishgan. Sovg‘a tariqasida Xitoyga otlar, tuyalar, duxoba, qilichlar va qurol-aslahalar jo‘natilgan edi. Bunga javoban xitoy imperatori o‘z tomonidan qimmatbaho toshlardan sovg‘alar yubordi. Undan tashqari, maʼlum bo‘lishicha 1394 yilda Аmir Temur Xitoy imperatoriga yaxshi niyatlar bildirilgan maktub jo‘natadi va unga qo‘shimcha qilib sovg‘a tariqasida 200ta otni ham qo‘shib jo‘natilgan.
1404-1405 yillarda Аmir Temur Xitoyga yurish tashkil qilganida xolat ancha murakkablashdi. Biroq uning vorislari Shoxrux va Ulug‘bek davrlarida diplomatik aloqalar qayta tiklanib aktiv rivojlandi.
Davlat boshqaruvchilari bir-biriga yo‘llagan maktublarida do‘stona munosabatlarni mustahkamlashni, o‘zaro foydali savdo-sotiqni rivojlantirishni va savdo-sotiq yo‘llarini xavfsizligini taʼminlashni zarurligini alohida taʼkidlab o‘tishgan. 1403-1449 yillar mobaynida Xitoyga Samarqanddan 33 ta va Xirotdan 14 ta elchixonalar kelgan.
Xitoyga kelgan elchilar to‘lovlardan ozod qilinar edi, undan tashqari, ularga tekinga tunash uchun joy berilar, zarur xizmatlar ko‘rsatilar edi va Xitoyda bo‘lgan
butun davr mobaynida ular uchun xursandchiliklar uyushtirilar edi.
Xattoki, dengiz yo‘llari ochilganligi natijasida Xitoy va Hindistondan mollarning asosiy qismi dengiz bo‘ylab olib kelinganda ham, o‘rtaosiyolik savdogarlarning Uzoq Sharq va Oldingi Osiyo davlatlari orasidagi savdo-sotiq ishlari ancha kichik xajmlarda bo‘lsa ham davom etar edi. O‘rta Osiyoga kechki feodalizm davrida ham xitoy ipak kiyim-kechaklari, ipak matolari va chinni idishlari kelishi davom etavergan.
R.G.Mukminovaning maʼlumotlariga ko‘ra, O‘rta Osiyodan Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab eng ko‘p eksport qilingan narsa bu zandanachi matosi edi. Uning bunday nomlanishi Buxorodan uzoq bo‘lmagan Zandana qishlog‘ida joylashgan ustaxo- nada ishlab chiqarilganligi bilan bog‘liq. Bu mato Buxorodan bir qator davlatlarga yetkazib berilgan, ular orasida Kavkaz va Rossiya davlatlariga ham yetkazilgan.
XVI asrdan boshlab O‘rta Osiyo va Xitoy orasidagi savdo-sotiq va diplomatik aloqalari ancha sustlashdi. Bunga dengiz yo‘llarining ochilishi, feodallar o‘zaro urushlarining kuchayishi, O‘rta Osiyodagi Shaybonixonlar va Erondagi Safaviylar davlatlarining orasidagi siyosiy aloqalarning yomonlashuvi, Semirechьedagi o‘zaro urushlar sabab edi.
O‘rta Osiyo shaharlarining boshqa davlatlar savdo markazlaridan chetlashtirilishi karvon-savdosida sezilarli tushkunlik xolatiga olib keldi.
asrda Yevropaning eʼtibori Turkistonga qaratilganda, Buyuk Ipak yo‘li afsonaga aylanib bo‘lgan edi. Uning “qayta kashf qilinishi” siyosiy sharoitlarning tasodifiy natijasida ro‘y berdi. Bu safar Аngliya qirolichasining topshirig‘iga ko‘ra maxfiy missiyasi bilan Qoraqurumning qorli dovonlari orqali hind millatidagi Xamid Muxammadiy O‘rta Osiyoga jo‘natilgan edi. U Takla-Makondagi yashil joylarni ko‘rib kelishi kerak edi. Bu Osiyodagi taʼsir doirasini kengaytirish va o‘zining yerlarini mustahkamlashda raqobatlashgan kolonial davlatlari bo‘lgan Аngliya va Rossiyaning manfaatlari to‘qnash kelgan davr edi. Va birinchi vazifa bo‘lib, joyning taʼrifi va xaritalarining tuzilishi hisoblangan. Inglizlarda Turkiston yo‘lidagi chegaralarni savdogarlar ko‘rinishida osongina bosib o‘ta oladigan hindlardan foydalanish mumkinligi xaqidagi qiziq bir fikr tug‘ilgan. Shunday qilib,
Xamid Muxammadiy o‘z topshirig‘ini olib Yorkentga jo‘nadi. U olgan topshirig‘ini yakuniga yetkaza olmadi, chunki kasal bo‘lib qoldi va vafot etdi. Lekin u afsona hisoblangan Takla-Makon orqali o‘tgan yo‘nalish va Xotandan uzoq bo‘lmagan tashlandiq, qum ostida qolgan cho‘ldagi shaharlar xaqida maʼlumot ko‘rsatilgan baʼzi yozuvlarni qodirishga muyassar bo‘lgan.
Bu maʼlumotlarga yanada chuqur eʼtibor berilishiga yana o‘ttiz yillik davr kerak bo‘ldi. 1900 yilda Buyuk Ipak yo‘lida arxeologik tadqiqot ishlari boshlandi (Xo‘tanda, “Janubiy ipak yo‘li”). Unda ingliz, yapon, nemis, frantsuz va rus olimlari qatnashdi.
Ko‘plab sanʼat durdonaliri, o‘n yetti tildagi qo‘lyozmalar, yigirma to‘rtta shriftda yozuvlar topildi, xozirda ular dunyoning eng taniqli muzeylarida saqlanadi. Birinchi jahon urushining boshlanishi bu tadqiqotlarni to‘satdan to‘xtatishga majbur qildi.
asrning oxiri geosiyosiy ahamiyati bo‘yicha va dunyodagi o‘zgarishlarning jihatiga ko‘ra noyobligi bilan tavsiflanadi. Butun dunyo yaxlit va o‘zaro bog‘langan tizimga aylandi.
Olimlar XXI asr xalqaro munosabatlarda globallashuv davri bo‘lishini kutishgan edi. Bu sharoitlarda O‘rta Osiyo davlatlarining rivojlanish jarayonini, xalqaro dasturlardagi ishtirokini kengaytirishni nafaqat tarixiy majburiyat deb, balki alohida mintaqalarning va butun dunyoning muqobilligi, barqarorligining kuchli faktori deb qabul qilish lozim.
Jamiyat rivojining ajralmas omili – bu xalqlar va sivilizatsiyalar orasidagi faol axborot almashinuvidir. Madaniyat yutuqlari xalqlar orasidagi aloqalar tufayli keng tarqalgan – savdo-sotiq bosib olish va ko‘chish orqali bunga erishilgan. Moil zaminga butun bir madaniy qatlamlar ko‘chirib o‘tkazilgan va bu yerda yangi tarixiy zamon sharoitlarida rivojlanishning yangi sikli boshlangan. U quyidagicha ro‘y beradi: o‘zgarish, moslashuv, mahalliy ko‘rinishlarga ega bo‘lish, yangi maʼno bilan to‘ldirilish, yangi formalarning rivojlanishi.
Ushbu jarayonda Buyuk Ipak yo‘li ayniqsa katta o‘rin tutadi. Chunki u qadimgi davrda va ilk o‘rta asrlarda Xitoyni, Hindistonni, O‘rta Osiyoni, O‘rta va
Yaqin Sharqni, O‘rta yer dengizini bog‘lab turgan.
Аna shu g‘oyadan kelib chiqadigan bo‘lsak, Buyuk Ipak yo‘lining urf- odatlarini tiklash nafaqat Markaziy Osiyo uchun, balki butun dunyo uchun ham dolzarb ahamiyatga ega.
АVTOMOBIL yo‘llari tizimining uzunligi bo‘yicha dunyo mamlakatlarining ro‘yxati
5.1-jadval.