O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə30/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

Yo‘llarning rivojlanish tarixi


Rossiyada sunʼiy tuproq yo‘llar qurilishi Pyotr I davrida boshlangan. XVIII asr boshida u qurilishi kerak bo‘lgan pochta yo‘llari ro‘yxatini tasdiqlagan.
XIX asr davomida Rossiyada yo‘l tarmog‘ini mukammallashtirish olib borildi. 1809 yil oxirida suv va quruqlik aloqasi Bosh boshqarmasi tashkil etilgan. Mam- lakat o‘nta okrugga bo‘lindi, har bir okrugga suv va yo‘l tarmog‘ini qurish, yaxshi- lash va takomillashtirish ishlarini bevosita nazorat qilish topshirildi. Shu maqsadlar uchun imperator Nikolay I hattoki maxsus soliq-har bir kishi boshiga soliqni ham joriy etgan. 1834 yildan boshlab yangi qurilgan yo‘llardan o‘tish uchun maxsus yo‘l to‘lovi olina boshlangan. Ushbu to‘lov ikki toifada olinar edi – qishki va yozgi edi va otlar soni, ulov turi va yurish masofasiga qarab qiymati farq qilgan.
Yana “yo‘l ayblovi” deb nomlangan majburiyat ham bo‘lgan: dexqonlar yo‘l to‘shamasining taʼmirlanishi bo‘yicha ishlarda va inshootlarni qurishda, yog‘och materiallarini ko‘priklarni qurish uchun yetkazib berishda ishtirok etishga majbur edilar. Bunda yog‘och mahalliy quldorlar (pomeshiklar) tomonidan ajratilgan.
Sekin-asta yo‘llarning tashqi ko‘rinishi biz ko‘rishga o‘rganib qolgan ko‘rinishga ega bo‘la boshlagan. 1817 yildan boshlab, qiya oq qora chiziqlar bilan bo‘yalgan yog‘och yo‘l stolbalarini o‘rnatish boshlangan. Xuddi shu davrda imperatorning farmoniga binoan “har bir qishloqqa kirishda qishloqning nomi, uning egasining nomi va necha jonga egalik qilayotgani yozilgan taxta osilgan ustunning bo‘lishitalab qilingan”. Yo‘llarning darajasiga qarab, yo‘l ustunlaridagi yozuvli taxtachalar turli rangda bo‘yalar edi.Uezdlar va guberniyalar chegaralarida chegara ustunlari qo‘yilar edi.
1830 yilda qurilgan Moskva-Peterburg yo‘li Rossiyadagi birinchi shosse bo‘l- di. Shossening kengligi 5 metrga yaqin bo‘lgan va unga qo‘shimcha katta bo‘lma- gan yo‘l poylari, 15sm li qum asosi va 15-17 sm shag‘al qatlami bo‘lgan. Keyin- chalik bunday yo‘llar Moskvadan Yaroslavlga, Nijniy Novgorodga, Ryazanga, Xarkovga, Varshavaga, Kievga ham yotqizildi. 1896 yilda Rossiyada jami 50 ming km shosse (qattiq qoplamali) va 290 ming km tuproq yo‘llar mavjud edi. Sibir Rossiyaning yevropa qismi bilan faqat birgina Buyuk Sibir trakti bilan bog‘langan edi.
1865 yilda Yo‘l aloqasi Vazirligining tashkil etilishi ushbu sohaning davlat va halq xo‘jaligidagi o‘rni qanchalik muhim ekanligini taʼkidladi. 1883 yilda quruqlik yo‘llari ikki sinfga ajratilganda, ko‘plab beloruss yo‘llari birinchi toifali - umumdavlat ahamiyatiga ega yo‘llar bo‘lib, unga Dnepr va g‘arbiy Dvina daryolaridan g‘arbda joylashgan barcha yo‘llar kirgan.
XIX asrning birinchi yarmidagi yo‘l qurilishining aktiv davridan keyin, ikkinchi yarmida yo‘l qurilishi kamaydi, chunki bu temir yo‘l qurilishining keng darajadagi dasturini amalga oshirish bilan bog‘liq edi va u ko‘p kuch va xarajatlar talab qilar edi. Lekin XIX asr oxiri - XX asr boshlaridan boshlab, yangi shosse- larning kurilishi va quruqlik yo‘llarining umumiy yaxshilanishi yana Yo‘l aloqasi Vazirligining va mahalliy maʼmuriyatning ustivor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Qo‘l mehnatidan hali ham keng foydalanilsada, o‘tgan asrning so‘ngi choragidan birinchi yo‘l mashinalari ham paydo bo‘ldi. Yo‘l taʼmirlash va qurish amaliyotida bug‘ g‘altaklari va boshqa mexanizmlardan foydalanila boshlangan.
Shosse yo‘llari maʼlum qismlarga bo‘linib, texniklar tomonidan nazorat qilingan (har bir texnik hisobiga yo‘lning 50-60 km i to‘g‘ri kelar edi), yo‘l ustalari (30-35 km ga bittadan usta) va taʼmirlovchi ishchilar (4-5 km ga bitta ishchi) tomonidan xizmat ko‘rsatilar edi. Lekin baribir chor Rossiyasining yo‘l tarmog‘ining holati va umumiy rivojlanishi o‘sha davr talablaridan ortda qolar edi. 1914 yilda o‘tkazilgan shosselar quruvchilarining Birinchi sʼezdini ochilishida aloqa yo‘llari ministri S.V.Ruxlov o‘z nutqida uni shunday taʼrifladi: “Butun Rossiyada faqatgina 4 foizgina shosse liniyalari, 2 foiz qattiq qoplamali yo‘llar mavjud, 94 foizdan ortig‘i esa ularni Xudo qanday yaratgan bo‘lsa, shunday holatda, yaʼni ob-havo qachon bunga yo‘l qo‘ysa, ana o‘shandagina ular orqali harakatlanish mumkin.” Bu avtomobil ishining rivojlanishiga to‘sqinlik qilar edi.
Shunisi hayratlanarliki, asr boshida temir yo‘llar bilan taьminlanganlik shosselarga nisbatan yaxshiroq edi. 1900 yilda Rossiya imperiyasining yevropa qismida ularning nisbati 1:0,6 bo‘lgan, masalan Frantsiyada esa temir yo‘llarning uzunligi shosse yo‘llariga nisbati 1:10 edi.

Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin