O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston


SUV TRАNSPORTI Suv transportining turlari va asosiy vositalari



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə22/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

SUV TRАNSPORTI

    1. Suv transportining turlari va asosiy vositalari


Inson eng qadimiy davrlardan boshlab suv kengliklarini zabt etishga intilib kelgan. Buning eng birinchi vositalari bo‘lib oddiy suv to‘g‘onlari bo‘lgan. Kemasozlik va kemada suzish tarixi taxminan 8 ming yillik tarixga ega bo‘lib, neolit davriga borib taqaladi. Qadimgi kemasozlik va dengizchilikning mohir ustalari bo‘lib finikiyaliklar hisoblanadi.
Mahalliy dengizchilarning sayohatlari juda qadimgi davrlardan maьlum. XI asr sermaxsul asr hisoblanadi, chunki bu davrda 3 ta va 4 ta yelkanli kemalar qurilgan. XIII asr esa kompasning ixtiro qilinishi va qo‘llanilishi bilan ajralib turadi.
1850 yilda kema vinti ishlatilgan birinchi metall kema qurilgan.
Yer sharining 2/3 qismidan ortig‘i suv bilan qoplangan. Ularga okeanlar, dengizlar, daryolar va ko‘llar kiradi.
Suv oqimi va suv havzasiga ko‘ra suv yo‘llari quyidagilarga bo‘linadi:

  • dengiz yo‘llari – okeanlar, dengizlar, bo‘g‘ozlar, ko‘rfazlar, katta daryolarning quyilish joylari, dengiz kanallari;

  • daryo yo‘llari – tabiiy holatdagi daryo va ko‘llar, shlyuz daryolar, kema qatnovi kanallari, sunʼiy ko‘l va suv omborlari.

Suv yo‘llari ichki va tashqi suv yo‘llariga bo‘linadi. Suv transporti kuyidagi texnik elimentlardan iborat:

  • yo‘l – tabiiy yoki sunʼiy suv oqimi yoki suv havzasi;

  • harakatlanuvchi tarkib – yuk va yo‘lovchilrni tashish uchun kemalar, shuningdek, suv yo‘llariga xizmat ko‘rsatuvchi texnik flot;

  • portlar va pristanlar (kemalar to‘xtash joyi) – omborlar va yuk ortish – tushurish qurilmalari bilan jixozlangan, yuk va yo‘lovchi operatsiyalari bajariladigan, hamda harakatlanuvchi tarkibga xizmat ko‘rsatuvchi punktlar.

Mamlakatlarning transport tizimida dengiz transporti aloxida o‘ringa ega. U quyidagi vazifalarni bajaradi:

  1. dengiz xalqaro aloqalarini taьminlaydi;

  2. kabotaj suzishda mamlakat ichida tashish bo‘yicha bo‘lgan talablarni

bajaradi (katta va kichik kabotaj). Kichik kabotaj – kemalarning bir yoki ikkita dengiz xavzasi doirasida, boshqa davlatlarning territorial suv xududiga kirmasdan suzishi. Katta kabotaj – boshqa davlatlar qirg‘oq xududlari bilan ajratilgan, turli xavzalardagi portlar orasidagi kemalar qatnovi;

  1. Eksport va import bo‘yicha tashishlarni amalga oshiruvchi chet ellik kompaniyalarning yuklarini olib o‘tishni dengiz transporti amalga oshiradi.

Daryo transporti daryo bo‘yi xududlaridagi yirik sanoat markazlariga xizmat ko‘rsatishda eng muxim o‘rinlardan birini egallaydi.
Daryo transportining iqtisodiyotdagi ahamiyati bajarilayotgan ishning xajmi bilan emas, balki uning amalga oshirayotgan vazifalarining o‘ziga xosligi bilan ifodalanadi.
Transport xizmatlaridan tashqari, daryo transporti daryo – dengiz qatnovlarini amalga oshiruvchi kemalar orqali murakkab tashqi savdo yuklari tashuvini ham bajaradi.
Ichki chuqur suv yo‘llarining yuk tashish imkoniyatlari katta, ular ko‘p miqdorda yuk va yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallangan, ularni ko‘p tarmoqli temir yo‘l bilan taqqoslash mumkin. Baʼzi yuklarni ichki suv yo‘llari bo‘ylab tashish parallel temir yo‘l bo‘ylab tashishga qaraganda 2-3 marta arzon tushadi.
Suv transportining afzalliklari:

  • yuk tashish imkoniyatining yuqoriligi;

  • kapital qo‘yilmalarning (xarajatlarning) nisbatan kamligi;

  • yonilg‘i sarfining kamligi;

  • yuk tashish narxining pastligi; Suv trasportining kamchiliklari:

  • geografik va navigatsion sharoitlarga bog‘liqligi;

  • katta port xo‘jaligidan foydalanish zarurati;

  • tashish tezligining kichikligi;

    1. Yüklə 9,23 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin