Maʼlum bir hisobdagi poyezdlarni yo‘l bo‘ylab maʼlum bir uchastkadan poyezdlarning xavfsiz harakatini taʼminlash maqsadida temir yo‘l liniyalari ajratilgan punktlari bilan ko‘chirib o‘tish yoki blok-uchastkalarga bo‘linadi.
Аjratilgan punktlarga kesib o‘tish yo‘llari, quvib o‘tish punktlari va yo‘l postlari, avtoblokirovkadagi va stansiyalardagi o‘tish svetoforlari kiradi. Kesib o‘tish yo‘llari- bu bir izli temir yo‘llaridagi poyezdlarning tutashishi va quvib o‘tish uchun yo‘l rivojlanishiga ega ajratilgan punktlar. Kesib o‘tish yo‘llari bo‘ylama, yarim bo‘ylama va ko‘ndalang bo‘ladi (2.16-rasm).
2.16-rasm. Bo‘ylama (a), yarim bo‘ylama (b) va ko‘ndalang (v) kesib o‘tish yo‘llariningjoylashuvi sxemasi: 1 va 1- a asosiy yo‘llar; 2 va 3 – qabul qilish va jo‘natish yo‘llari;4–yuklarniyuklash-tushirish vavagonlarning to‘xtab turishiuchun mo‘ljallangan; 1-11o‘qli o‘tishyo‘linomerlari;5,30-yo‘llarorasidagimasofalar,m.
2.17-rasm.Yo‘llarda ko‘ndalangkesishish turi Ko‘ndalang kesib o‘tish yo‘lining tashqi ko‘rinishi (2.17-rasm) da ko‘rsatilgan.
2.18-rasm.O‘tishyo‘li Ikki izli temir yo‘l liniyalaridagi ajratilgan punktga, poyezdlarning o‘tishiga, bir bosh yo‘ldan ikkinchi yo‘lga olib o‘tishga mo‘ljallangan o‘tish punktiga etiladi. (2.18-rasm.) Undan tashqari o‘tish punktlarida yo‘lovchilarni o‘tkazish va tushirish, baʼzi holatlarda katta bo‘lmagan xajmdagi yuk ortish operatsiyalari amalga oshiriladi.
2.19-rasm. Yo‘llarning ko‘ndalang joylashuvili o‘tish punktining sxemasi: I va II- asosiy yo‘llar;3va 4-qabulqilish va jo‘natish yo‘llari;1–13, 15, 17, 19– o‘qlio‘tishningraqamlari, Lpl–stantsion maydonchaninguzunligi; 4,10i 5,30– yo‘llarningoraliqmasofasi, m. Yuqorida sanab o‘tilgan jarayonlarni amalga oshirish uchun o‘tish punktlarida quyidagilar mavjud:
asosiy yo‘llar;
qabul qilish va kuzatish punktlari (har bir yo‘nalishda bittadan);
dispetcherlik joylari (1/11 markadagi o‘qli o‘tish yo‘li va asosiy yo‘llar orasidagi joylarda bo‘ladi) poyezdlarni bir bosh yo‘ldan ikkinchisiga ko‘chirish uchun;
passajirlar uchun qurilmalar- passajirlar binosi yoki pavilьonlar platformalar va ular orasidagi o‘tish yo‘llari;
xizmat binosi;
o‘qli postlar;
STsB va aloqa, yoritish va kontakt tarmog‘ining qurilmalari. O‘tish punktlarining to‘rt xil toifasi mavjud:
qabul qilish va kuzatish yo‘llarining ko‘ndalang joylashishi (2.19-rasm);
qabul qilish va kuzatish yo‘llarining yarim bo‘ylama joylashishi;
qabul qilish va kuzatish yo‘llarining bo‘ylama joylashishi;
passajirlar inshootlarining va yuk harakati uchun mo‘ljallangan yo‘llarning ketma-ket joylashishi.
O‘tish yo‘llarining ko‘ndalang joylashuvi sxemasi ikki izli yo‘llar uchun qo‘llashda asosiy deb hisoblanadi. O‘tish yo‘llarining yarim bo‘ylama joylashishi esa poyezdning joyidan siljishi va tezlashishini osonlashtirish zarur bo‘lsa amalga oshiriladi, bo‘ylama joylashuvi esa- passajir poyezdlarining tezyurar harakat liniyalarida qo‘llaniladi.
Yo‘l postlari – bu poyezdlar xarakatining tartibini kuzatish uchun mo‘ljallangan, yo‘l rivojlanishisiz ajratish punktlari (yarimavtoblokirovkali blok- postlar (LАB), bir yo‘lli olib o‘tish yo‘lidagi postlar va boshqa). Xuddi shu funktsiyani avtoblokirovka (АB) bilan jihozlangan joylarda o‘tish svetoforlari bajaradi (2.20-rasm), joyning avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi (АLS) bilan jihozlanishida esa–blok-joylarning belgilangan chegaralari amalga oshiradi.