O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'zbekiston


TRАNSPORTNING UMUMIY XАRАKTERISTIKАSI



Yüklə 9,23 Mb.
səhifə6/84
tarix14.12.2023
ölçüsü9,23 Mb.
#178875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
2 Автомобиль йўллари ривожланиш тарихи ва алоқа йўллари 2 китоб

TRАNSPORTNING UMUMIY XАRАKTERISTIKАSI

  1. Transport tarixining rivojlanishi


Tayanch so‘zlar va iboralar: So‘qmoqlar, yo‘llar, g‘o‘la, qoplama, hayvonlarni harakati uchun so‘qmoqlar, savdo yo‘llari, deqonchilik, chorvachilik, daryo bo‘ylab harakatlanish, botqoqlik.
Yuklarni tashishga bo‘lgan talab inson madaniyatining birinchi bosqichlaridanoq vujudga kelgan. Yurish yo‘laklarining paydo bo‘lishi inson jamiyatining paydo bo‘lishi, doimiy yashash joylarining paydo bo‘lishi, chorvachilik va dehqonchilik bilan uzviy bog‘liqdir. Mahalliy yo‘l qiyinchiliklarini yengib o‘tishda insonlar ovga, baliq tutishga yo‘l olishganda eng maqbul yo‘llarni tanlashgan. Ko‘plab o‘tishlar natijasida yo‘laklar vujudga keldi. Bu yo‘laklar asosan yashash makonlaridan chiqish va kirish joylariga to‘g‘ri kelgan.
Shuni ham taʼkidlab o‘tish kerakki, bu bosqichda insoniyatning transportga bo‘lgan talabi minimal darajada edi va shu o‘rinda shaxsiy ehtiyojlarni qondirish imkoniyati ham cheklangan edi.
Quruqlikdagi transportning ilk «texnik vositalar»idan biri taxtali sudragichlar bo‘lgan, oddiy, kalta taxtalar, keyinroq ular o‘zgarib bordi. Bir necha juft taxta hammaga maʼlum bo‘lgan zambilga aylandi.
Uy hayvonlaridan buqa va eshaklarni qo‘lga o‘rgatishdan so‘ng (Misrda eramizdan oldingi V-VI asrlarda) yo‘l tanlash va qurilishga bo‘lgan birinchi extiyoj vujudga keldi, bu xalaqit berayotgan shox-shabbalarni sindirish yo‘li bilan amalga oshirildi.
Shu davrda suv transporti ham sekin astalik bilan yuzaga kela boshladi. Daraxtlarning suvda suzishi odamlarda qayiq qurish fikrini uyg‘otdi.O‘yilgan daraxtning ko‘rinishi esa qayiqni kuydirish va o‘yish yo‘li bilan yasash mumkinligini ko‘rsatdi. Chorvachilik yaxshi rivojlangan davlatlarda esa bu qayiqlarga teri kiydirish kabi fikrlarni uyg‘unlashtirdi. O‘rmonsiz shimol dengizi tomonlarda esa terili qayiqlar va boshqalar paydo bo‘ldi.
Metall qurol aslahalarning paydo bo‘lishi bilan dehqonchilik va chorvachilik rivojlanib, birinchi qishloqlar o‘rtasida keyinchalik esa uzoq yurtlarga savdo–sotiq
qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Shunday qilib, savdo vujudga keldi. Qo‘shni yurtlarni bosib olish, asrlarni qulga aylantirish boshlandi. Harbiy nizolar bir-biriga qo‘shni yurtlar uchun maqsadli tarzda yerlarni egallashga undadi. Bu quruqlik va suv yo‘liga bo‘lgan quyidagi talabni yuzaga keltirdi:

  • savdo uchun;

  • harbiy yurishlar uchun;

  • davlatni boshqarish uchun;

  • diniy marosimlardagi yurishlarda (shahar ko‘chalari).

Bizga maʼlum bo‘lgan qadimiy va mashhur katta davlatlar va sivilizatsiyalar Qadimiy Sharqda Nil, Tigr va Yefrata, Inda, Ganga, Xuanxe va Yantszi daryolari qirg‘oqlari bo‘ylarida, hattoki O‘rta yer dengizi sohilida, Qadimiy Gretsiya va Qadimiy Italiyada (Rimda) vujudga keldi. O‘zining rivojlanishi bilan ushbu buyuk sivilizatsiya sohiblari hosildor yerlari, baliq boyliklari bilan kuchli transportga, eng avval suv transportiga ega bo‘lgan.
Masalan, Misr Geradotning maʼlumotlariga ko‘ra, bizning eramizdan 5000 yil avval ko‘p sonli dengiz va daryo flotiga ega bo‘lgan, unda 700 ming kishilik juda katta armiya xizmat qilgan. Nildagi qayiq va kemalarda asosan katta hajmli meva, sabzavotlar, hayvonlar, mahalliy hunarmandchilik buyumlari, daraxtlar, 3 tonnagacha bo‘lgan piramida haykallari, qasrlar, cherkovlar, uylar uchun qurilish materiallari tashilgan.
Misrning greklar va makedoniyaliklar tomonidan egallanishi bu davlatda daryo suv yo‘lini rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Аleksandriyadagi eng katta portga balandli 200m li noyob mayoq qurildi (Faros orolida). Faros mayoqi dunyoning 7 mo‘jizasidan biri bo‘lib hisoblangan.
Bizning eramizdan ancha avval Misrda ulkan kemalar qurila boshlangan. Masalan, ulardan bittasining uzunligi 93m bo‘lgan, bu kema harakatga 200ta eshkak bilan keltirilgan va ularni 1500ta eshkakchi boshqargan. Uning bortlari 24ta minorali qalʼa devorlari bilan himoyalangan; peshtoqiga 7 taran mahkamlangan; harakatini 4 ta 15mli rul eshkaklari boshqargan; kema 4 ta yog‘ochli va 8 ta temirli langar bilan jihozlangan. Kema o‘rtacha 3 mingta xarbiylarni tashiy olgan.
Misrliklar transportning muhim ahamiyatga ega ekanligini tushunganliklarini yana bir faktga asosan ko‘rsa bo‘ladi: ular tomonidan O‘rtaer dengizi bilan Qizil dengizni bog‘lash uchun kanal qurilishining birinchi urinishi Buyuk Ramzes II davriga (eramizdan oldingi XVI asr) tegishli bo‘lgan. Bundan Misrning asosiy maqsadi Аraviya bilan savdoni rivojlantirish bo‘lgan, bu ularga mis tashish imkonini yaratgan.
Kanal qazishga 2 - marta urinish eramizdan oldingi 610-595yy. faraon Nexao tomonidan qabul qilingan, chunki u Hind okeaniga chiqish imkoniyati borligini bilgan. Geradotning fikri bo‘yicha, Nexao Аfrikani o‘rganish uchun finikiyalik dengizchilarni ishga olgan. Qizil dengizdan chiqib, ular butun bir qitʼani aylanib, 2 yildan so‘ng Gibraltar tomonidan Misrga kirib kelishdi. Biroq folbinlar bunga qarshi chiqishdi va qazish ishlari yakuniga yetkazilmagan va 100 yildan keyingina Doriy 1 tomonidan Qizil dengiz va O‘rtaer dengizi tutashdi.
Inson jamiyatining rivojlanishidagi ahamiyatli o‘rnini quruqlik yo‘llari transporti tashkil qiladi. Qadimiy lotin tilidagi jumlada shunday deyiladi: ”Via est vita” (Yo‘l - bu hayot). Uni yana bunday o‘zgartirish mumkin – “Transport– bu hayot”. Qadim zamonda so‘qmoqlardan yukchilar tomonidan tashilgan yuklar bilan bir qatorda qishloqlararo, shaharlararo, davlatlararo muhim aloqalar joylarida karvon yo‘llari paydo bo‘la boshladi. 7000 km uzunligidagi “Buyuk ipak yo‘li” Uzoq Sharqni Аfrika va Yevropa bilan bog‘lagan.
Taraqqiyotning ilg‘or qadami bo‘lib g‘ildirakning kashf etiilishi bo‘ldi (taxminan eramizdan avval V-IV arslarda). G‘ildirak konstruksiyasi butun bir evolyutsiyani o‘z ichiga oldi: qalin diskdan tortib to zanjirli g‘ildirakgacha.
G‘ildirak fikrini insoniyat daholigining eng buyuk kashfiyotlaridan biri deb hisoblash zarur, chunki birinchidan, g‘ildirakning tabiatda o‘xshashi yo‘q, ikkinchidan, g‘ildirakli ekipaj insoniyatga bir necha ming yillardan buyon xizmat qilib kelmoqda va quruqlikdagi zamonaviy transportning asosi hisoblanadi.
Birinchi g‘ildirakli aravalar – “kolesnitsa”lar (1.1-rasm), Janubiy Osiyoning cho‘lli zonasida eramizdan 5 ming yil avval paydo bo‘lgan, mavjud hududning relefi harakatlanish uchun qiyinchilik tug‘diramagan.
G‘ildiraklar avval dumaloq to‘sinlarning ko‘ndalang chopib olingan yog‘ochlar ko‘rinishida edi, so‘ng yog‘och taxtalar bilan urilgan dumaloqlar ko‘rinishida bo‘lgan. Keyinchalik g‘ildiraklarni “stupitsa” va “spitsalar” bilan yasay boshladilar, yaʼni biz o‘rganib qolgan hozirgi ko‘rinishdagi g‘ildiraklar.
G‘ildirakni kashf qilinganidan keyin quruqlikdagi yo‘l transportining rivojlanishidagi keyingi qadam bo‘lib, sunʼiy yerusti yo‘llarining yaratilishi bo‘ldi. Tajriba shuni ko‘rsatdiki, qanchalik arava g‘ildiragi ravon, tekis va albatta qattiq qoplamaning ustidan harakatlansa, shunchalik aravaning tortish kuchiga extiyoj kamroq talab qilinadi. Yo‘lning qatnov qismidagi katta notekisliklar keskin qiyinlashtiradi yoki butunlay to‘xtatib qo‘yadi.
Sunʼiy yo‘llarning qurilishi – inson jamiyatining tarixidagi muhim voqea bo‘l- di. Dengiz va daryo aloqa yo‘llaridan farqli ravishda, sunʼiy yo‘llarning qurilishi tabiat tomonidan belgilanmaydi va istalgan joyda, istalgan yo‘nalishda qurilishi mumkin. Quruqlik yo‘llari qaerda qurilgan bo‘lsa, o‘sha yerda mamlakatlar hudu- diy rivojlanib, xo‘jalik va siyosiy munosabatlar mustahkamlangan. Eramizdan ol- dingi VI asrda daryo orqali kemada yurishdan mahrum qilingan Eron yonbag‘r- larida yashovchi buyuk fors qirolligi aholisining asosiy qismi Misrni, Vavilonni, Kichik Osiyoni, Kavkaz ortining bir qismini,O‘rta Osiyoning va Hindistonning bir qismini bosib olib, o‘zining qo‘li ostida juda katta xududni ushlab turgan, bu Sharqdagi Ind daryosidan tortib, to G‘arbdagi Egey dengizigacha to‘g‘ri keladi.


Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin