O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi o-fayllar.org
Islom dini. O`rta Osiyoga arab bosqinining dastlabki davri. Qutayba yurishlari Jahon tarixida ulkan iz qoldirgan davlatlardan biri-bu Arab xalifaligidir. Arab xalifaligi davri O`rta Osiyo, Eron, Afg`oniston, Yaqin va o`rta Sharq, shimoliy Hindiston, Pireneya yarim oroli va shimoliy Afrika xalqlarining ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotida o`ziga xos yuksalish davrini belgilab berdi. Arab istilochilari xususida shubhasiz eng asosiy ma'lumot]arni arab, musulmon mualliflari berib o`tganlar. Shu xususda, jumladan, al-Balazuriyning “Futuh al buldon” (Mamlakatlarning fath etilishi), at-Tabariyning “Tarixi rasuli va muluk” (Payg`ambarlar va podsholar tarixi) asarlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Islom dinining vatani Arabiston yarim orolidir. Arablar semit qabilalari guruhiga mansub bo`lib, asosan ko`chmanchi, chorvachilik bilan hayot kechirgan. Ko`chmanchilar badaviylar deb yuritilgan. Vohalardagi aholi dehqonchilik bilan shug`ullangan. Dengiz bo`ylari, vohalarda, shaharlar qad rostlagan bo`lib, ularda asosan savdo-sotiq va hunarmandchilik bilan kun ko`radigan aholi yashar edi.
VI asrning ikkinchi yarmi, VII asrning birinchi yarmidagi arab ijtimoiy hayoti juda murakkab va rang-barang edi. Unda urug`-aymoqchilik munosabatlari endigina kurtak ochib kelayotgan feodal munosabatlar bilan chatishib ketgan edi. Asosiy savdo yo`llarining bu hududdan o`tishidan arab zodagon-savdo ahli juda manfaatdor edi. Lekin mamlakatda bu paytda siyosiy parokandalik hukm surar edi. O`zaro qabilaviy urashlar natijasida dehqonchilik va savdo-sotiq ishlariga katta zarar yetkazilar, xonavayronlik avj olgan edi. Bu holat arab aslzoda guruhlari, zodagonlari manfaatiga zid bo`lib, mamlakat iqtisodiy yo`nalishida yuqoridagi salbiy holatlar katta zarar yetkazar edi. Yuqoridagi vaziyat ham turli tabaqa, toifa kishilarining o`zaro hamjihatlikka yagona, kuchli davlat atrofiga birlashishga chaqirar edi. Aholi ichida ko`p xudolik-butparastlik urf edi (xususan Ka'bada 360 ta but bo`lib, ularning eng yiriklari Hubal va Lut bо`lgan).
Shunday vaziyatda Islom to`g`ri va haq yo`lni ko`rsatuvchi din sifatida yuzaga keldi. Islom-bu Alloh yagona deb e'tirof etib, unga bo`ysunmoqlik va butun qalbi bilan unga ixlos qilmoqlik va Alloh buyurgan diniy e'tiqodga iymon keltirmoqlik demakdir. Islom “itoat”, “bo`ysunish” ma'nolarini bildiradi. Bu dinning asoschisi Muhammad Payg`ambar (s.a.v.) (570-632) makkalik Abdullohning o`g`li bо`lgan.
Uning bobosi Abumutallib quraysh qabilasining boshlig`i bо`lgan.
Muhammad payg`ambarning ta'limotiga ergashganlarni “muslim”, ya'ni “itoatkorlar” deb yuritganlar. O`z payg`ambarlik faoliyatini Muhammad Makkada boshlagan. Makka Arabiston yarim orolining g`arbiy qismidagi Hijoz viloyatida joylashgan shahar bo`Iib, bu yerda Ka'ba joylashgan edi. Diniy ta'limotga ko`ra Ka'bani odam Ato barpo qilgan bo`lib, uni Ibrohim payg`ambar o`z o`g`li Ismoil bilan birga qayta qurgan va birinchi Haj safarini uyushtirgan. Ka'baning ichida muqaddas tosh “Hajar-ul-asvod” o`rnatilgan. Har yili bu muqaddas joyga millionlab musulmonlar ziyoratga keladilar.
Muhammad payg`ambar muslim (musulmon)larning yagona Alloh oldida teng ekanliklarini, Yaratganning o`zi rizq-ro`z ulashishini, jamiyatdagi adolatsizlikka qarshi jazo muqarrar va har bir kishi bu dunyodagi ishlariga ko`ra taqdirlanishi, inson yaratgan, yolg`iz Allohgagina e'tiqod qilishini targ`ib qiladi. Bu ta'limot aholining barcha qatlamlari manfaatlariga mos bo`lib, tez orada birinchi navbatda shahar ahli ichida tarqala boshlaydi. Lekin yangi din tarafdorlarining ahvoli ularning e'tiqodlariga ko`ra og`irlashib borgandan so`ng bir qism musulmon aholi Habashistonga, ba'zilari shimolga qarab ketishga majbur bo`ldilar. Muhammad ham o`ziga qarshi turgan quraysh qabilasi a'zolarining ta'qibi kuchayib ketgan 622 yil 16 iyulda (ba'zi adabiyotlarda 15 iyul deyiladi). O`zining eng yaqin do`sti va safdoshi Abu Bakr bilan Makkadan Madinaga ko`chishga majbur bo`ladi. Bu arab tilida “hijrat” deb atalib, shu kundan boshlab musulmon olamida qabul qilingan hijriy yil boshlanadi. (Hijriy yil hisobi 2 xil bo`ladi: hijriy-qamariy, ya'ni oy hisobi bo`yicha va hijriy-shamsiy, quyosh hisobi bo`yicha).
Madinada Muhammad o`z ta'limotini davom ettiradi. Madinada shuhrat qozongan makkaliklar butparastlik g`oyalariga qarshi ham harbiy, ham siyosiy zarba bera boshlaydilar. Muhammad (s.a.v.) payg`ambar vafot etgach (632 y), ketma-ket “Xulofoiy rashoddin” (haq yo`ldan borgan sahih xalifalar) nomlarini olgan Abu Bakr, Umar, Usmon va Alilar (661 yilgacha) payg`ambar siyosatini davom ettirib, Arabiston yarim orolida markazlashgan-Arab xalifaligi davlatiga asos soladilar. O`zaro qabilalar birlashuvi, dini islomning yoyilishida ilohiy muqaddas kitob Qur'onning o`rni nihoyatda katta bo`ldi.
VII asrning ikkinchi yarmidan boshlab xalifalik kengaya borib o'z chegaralarini g`arb va sharq tomon kengaytirishga harakat qildi. Yaqin va O`rta Sharqning boy viloyatlari qo`lga olinib, nihoyatda uyushgan va jangovar arab qo`shini shiddat bilan harakatlarini boshlab yuborgan edi. Bir vaqtning o`zida arablar o`z yurishlarini Vizantiya va Eronga qarshi olib bordilar. Sosoniylarning so`nggi vakili Eron shohi Yozdigard III (632-651) arablarga qarshi turishga harakat qildi. Lekin Kadisiya (636 y.) va Nahavand (642 y.)dagi janglarda arablar qo`shini forslarga qaqshatqich zarba berib Sosoniylar sulolasiga barham berdilar. Vizantiyaga qarshi qilingan harbiy harakatlar natijasida Falastin, Misr, Suriya, Iroq egallandi. Xalifa Umar ibn al-Xattob (634-644) davrida ilk bora arab istilochilari Xuroson chegaralarida paydo bо`lgan edi. 643-644 yillarda arab sarkardasi Abdulloh ibn Varqa Kirmonni egallab Xurosonning janubdagi darvozalari hisoblangan Tabas va Qureynga yurish qiladi. Bu yerning aholisi o`z zimmasiga yiliga 60000 dirham soliq to`lash majburiyatini oladilar.
Arablarning keyingi harbiy harakatlari 650-651 yillarga to`g`ri keladi. Shu yillarda Basra noibi ibn Kurayza Xuroson bilan chegaradosh yerlarga yurish qiladi. 651 yilda Marv shahri egallandi. Marv marzaboni (hokitni) Abraz (Baraz) sarkarda ibn Arairga 2 mln. 200 ming kumush dirham evaziga tinchlik bilan shaharni topshiradi
Arablar Amudaryodan (Jayxun) shimolda joylashgan yerlarga “Movarounnahr”, ya'ni, “daryoning narigi tomonidagi yerlar” deb nom berishadi. Hozirgi Afg`onistonning shimoli, Eronning shimoli-sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bо`lgan hududlar esa Xuroson deb yuritilgan. Avval boshda Xurosonning markaziy shahri Marv keyinchalik Hirot shahri bо`lgan.
Arablarning Movarounnahrga qarshi harbiy yurishlari o`z maqsad va rejalari bilan 2 davrga bo`linadi. Birinchi davrda xalifalik istilo etishni emas, balki harbiy jihatdan tayyorgarlik ko`rish, mahalliy hukmdorlar kuch-qudratini sinab ko`rish, mavjud geografik, harbiy, iqtisodiy, siyosiy joylashuvini o`rganish, kichik yurishlar orqali katta o`ljalar orttirish rejasini amalga oshiradi.
651-yili noib Abdulloh ibn Amir hukmronligi davrida arablar Xurosondagi Nishopur Obinahr, Tus, Jom, Obivard va boshqa katta-kichik qo`rg`on shaharlarni egalladilar. Faqatgina 651-yilning o`zida Xuroson noibi ibn Amir yangi egallangan yerlardan xalifa xazinasiga 6 mln. 200 ming dirham to`plagan soliqlarni yuboradi. Balx yaqinidagi hal qiluvchi jangda (652-y.) arablar Balx shahrini egallashadi. O`sha yili Sirdaryodan o`tib Movarounnahrga hujum qilish rejasi arablar uchun muvaffaqiyatsiz tugaydi. Lekin shu bilan birga, har holda Xuroson noibi Abdulloh ibn Amir 652-yil boshida Chag`oniyonni egallashga muvaffaq edi. Bu esa ilk bor Movarounnahr yerlarini egallash edi. 654-yili Maymurg` qapasiga arablarning birinchi hujumi bo`Iadi.
657-yili Chag`oniyonga arablar qayta yurish qilib eftalitlarga qarshi qafiy zarba berdilar. Arablar keng miqyosdagi hujumlarga tayyorgarlik ko`ra boshlagan edilar. Xalifalik ichidagi o`zaro hokimiyat uchun ichki nizolarning kuchayishi natijasida arablarning Movarounnahr yerlariga hujumlari bir oz to`xtab qoladi. Hatto 658-659 yillarda noib Xulayd Nishopur va Marv aholisidan arzimas soliqlar olish xususida shartnoma imzolab, bosib olingan Xuroson yerlaridagi nazoratni ancha susaytiradi. 661 yili hokimiyat boshiga yangi Ummaviylar (661-750) sulolasining kelishi harbiy harakatlarning faollashuviga sabab bo`ladi. 665-yili xalifa Muoviya (661-680) Ziyod ibn Abu Sufyonni Basra, Seyiston va Xuroson noibi etib tayinlaydi. Xalifa unga jadal harbiy harakatlar qilish topshirig`ini bergan edi.
Narshaxiyning yozishicha, 673-yilning kuzida xalifa Muoviyaning farmoni bilan Xuroson noibi Ubaydulloh ibn Ziyod Amudaryodan kechib o`tib Buxoro viloyatiga bosib kiradi, Poykand va Romitonni egallab, Buxoro shahrini qamal qiladi. Yordamga kelgan turkiylar buxoroliklar bilan bir qator turib arablarga qarshi jangda qatnashadilar. Bu jangda arablar g`olib keladilar. O`sha yili arablarning ar-Rabiy boshchiligidagi harbiy otryadi Amul, Zemm va Xo`jand atroflarigacha bо`lgan yerlarga hujum qilib, katta o`lja bilan orqaga qaytishgan edi. 676-yili Xurosonning yangi noibi Sayid ibn Usmonning Buxoro va Samarqandga yurishida Muhammad payg`ambarning jiyani Qusam ibn Abbos ibn Abdul-Mutallib ishtirok etadi. Samarqand yonidagi janglardan birida halok bo`lib, so`ng keyinchalik Shohi Zinda (tirik shoh) nomini olgan qabristonga dafn etiladi.
Sayid ibn Usmonga qarshi Buxoro malikasi Xo`takxotun So`g`d, Kesh, Nasafdan yordamga kelgan 120000 kishilik harbiy qo`shin bilan peshvoz chiqadi. Lekin so`g`dliklar jang maydonini tashlab chiqib ketganlaridan so`ng malika kattagina boj (300000 dirham) to`laydi.
Sayid ibn Usmon Buxorodan Samarqandga yo'l oladi. Samarqand 1 oy davomida qamal qilinadi. So`g`dliklar jasorat bilan qarshilik ko`rsatadilar. Sayid ibn Usmon so`g`dliklar bilan sulh tuzishga majbur bo`ladi. U Samarqanddan 30000 kishini asirga olib, orqaga qaytadi va yo'1-yo'lakay Termiz shahrini ham istilo etadi.
Xalifa Yazidning vafotidan (683 y.) so`ng toju-taxt uchun kurash boshlanib ketadi. Bunday vaziyatda arablar yana Movarounnahrga hujum qilishdan deyarli to`xtab, o`z ichki nizolari bilan band bo`lib qoladilar.
Xalifa Abdulmalik ibn Marvon (685-705) davrida ichki nizolarga chek qo`yilgandan so`nggina arab siyosiy arboblari va zodagonlari Movarounnahrga haqiqiy yurish qilish vaqti keldi deb topdilar. Yangi tayin etilgan Xuroson noibi Qutayba ibn Muslimga Iroq noibi al-Hajjoj Movarounnahrni butkul egallashni va qafiyat bilan harakat qilishni topshiradi. Arab bosqinchiligining ikkinchi davri, ya'ni, Movarounnahr yerlarini xalifalikka butunlay qo`shib olish boshlanadi.
O`rta Osiyodagi siyosiy parokandalik va kichik davlatlarning bir-birlari bilan tez-tez nizolarga borib turishi Qutaybaga qo'1 keldi. O`z harbiy yurishlarini Qutayba 705 yil Balx viloyatini bosib olish bilan boshladi. Balxdan tashqari Qutaybaga Chag`oniyon, Shuman va O`rta Osiyoning janubidagi kichik viloyatlar bo`ysunadi. Chag`oniyon hokimi Tish arablar tomoniga o`tib ketadi.
706-yil Qutayba katta qo`shin bilan Movarounnahrga kirib keldi. Tabariyning ma`lumotlariga ko`ra, Qutayba eng obod va boy shaharlardan biri Poykand tomon harakat qildi. Uning qo`shini tarkibida arablar xizmatiga o`tgan Balx va Chag`oniyon hokimlarining ham qo`shinlari bor edi. Poykandning ko`pchilik aholisi savdogarlar edi. Shaharda qoldirilgan harbiy qo`shinga turk sarkardasi bosh edi. So`g`d va boshqa viloyatlardan kelgan kuchlar bilan poykandliklar arablarga qattiq turib qarshilik ko`rsatdilar. Arablar sug`dlar tomonidan o`rab olinib Qutaybaning barcha yo`llari kesib qo`yildi.
Lekin ichki ittifoqning yo`qligi, o`zaro nizolar natijasida Poykand himoyachilarining kuchi zaiflasha bordi. Qutayba qal`aga birinchi safda borgan va shahid bо`lgan kishilarning oilalariga katta mukofot va'da qildi. Ketma-ket 15 kun davom etgan janglardan so`ng arablar qal'a devorini teshishga muvaffaq bo`ldilar. Shahardagi og`ir janglardan so`ng Poykand arablar qo`liga o`tdi.
Poykand fojeasidan so`ng Qutayba boshliq kuchli raqibga zarba berib uni mag`lub etish maqsadida Sug`d podshosi Tarxun, Buxoro hukmdori Xunukxudod, Shopurkom hokimi Vardanxudod boshliq katta qo`shin yig`ildi. Ularga turklar yordamga kelib, jami qo`shinning miqdori 40000 kishi atrofida edi.
Ittifoqchilar qo`shini Buxoro yaqinida Torob, Xunbun, Romiton oralig`ida to`plandi. Qutayba qurshovda qoldi. Arablarning ahvoli nihoyatda og`irlasha bordi. Shunda bu ahvoldan qutulisb uchun Qutayba makkorlik yo`lini tutib, nayrang ishlatadi. Narshaxiyning yozishiga ko`ra, Qutayba Xayon-an-Nabatiy ismli o`z kishisini ittifoqchilar ichida qudratli bо`lgan So`g`d podshosi Tarxunga maxfiy suratda vakil qilib yuboradi. Nabatiy Tarxunga arablar havo sovushi bilan shundoq ham Marvga qaytib ketajaklarini, holbuki turkiylar So`g`dni arablar ketganidan so`ng butkul egallab olajaklari xususida soxta xabar yetkazadi. Bu xabar ittifoqchilar ichida bo`linishga sabab bo`ladi. Tunda sarosimaga tushgan Tarxun Qutayba lageriga sovg`a-salomlar bilan 2 mln. dirham yuborib, evaziga sulh shartnomasi matnini oladi.
Arablar ittifoqchilarni zaiflashtirib, ketma-ket ular yerlarini egallay boshlaydilar. 708-709 yillar mobaynida Qutayba Buxoro va uning atrofiga bir necha bor hujum qilib, Buxorxudod Tug`shod qo`shinlarini tor-mor etadi va unga amir etib o`z yaqinlaridan birini tayinlaydi. Amir Buxorxudod ustidan nazorat qilib turish, Buxoroda qoldirilgan harbiy qismga askarboshilik qilish, aholidan soliq undirishi va uni o`z vaqtida xalifalikka yetkazib berish vazifasini ado etar edi.
Xorazmda boshlangan ichki ziddiyatlar Qutayba fikrini o`zgartirdi. Xorazmda xalq g`alayoni boshlangan bo`lib, unga Xorazmshoh Chag`onning ukasi Xurzod boshchilik qilar edi. Qutayba Xurzod boshchiligidagi qo`zg`olonchilarni tor-mor keltiradi. 710-712 yillarda Xorazmshoh Qutayba bilan tinchlik sulhini tuzib, unga 10000 qoramol miqdorida boj to`laydi. Xorazm shu bilan o`z mustaqilligini yo`qotib arablar hokimiyatini tan oladi. Qutayba esa o`z qo`shini hamda Xorazmshoh va Buxorxudod qo`shinlari bilan birgalikda Samarqandga yo'l oladi.
Shu paytda norozilik va qo`zg`olon natijasida shahar podshosi Tarxun taxtdan ag`darilgan edi. Sug`d podshosi va Samarqand afshini sifatida Tarxunning ukasi Hurak (710-737) taxtga o`tiradi. Tarxun esa hibsda o`zini-o`zi halok etadi.
Hurak Qutaybaga qarshi chiqadi. Kattaqo`rg`on yaqinidagi Arbinjon mavzesida shiddatli jang bo`lib o`tadi. Ammo Hurakning kuchlari ozlik qilib Samarqandga chekinishga majbur bo`ladi. Arablar tomonidan Xorazm va Buxoro hokimlari qo`shinining qatnashuvi, sug`diylarning yakkalanib qolishlari va atrofdan yordam ololmasliklariga sabab bo`ladi. Undan tashqari Samarqand zodagonlari ichida birlik ham yo`qoladi. Tarxunning o`limidan so`ng uning tarafdorlari ko`proq arablarga yon bosa boshlashadi. Panjikent hokimi Devashtich shu guruhga rahbarlik qila boshlaydi. Qutayba esa “Tarxun o`limi uchun qasd olaman” deb e'lon qiladi.
Qamalda qolgan Hurak Shosh podshosi, Turkiy hoqon va Farg`ona, ixshidiga murojaat qilib ulardan yordam so`raydi. Turkiylar qo`shini bu paytda Sug`d chegarasi yaqinida bo`lib Farg`ona va Shosh qo`shinlari bilan birgalikda ittifoqchilar lashkarini vujudga keltiradi. Ittifoqchilar qo`shinining tepasiga lashkarboshi etib Turkiy hoqonning kichik o`g`li Inal hoqon tayinlanadi. Qutayba darhol o`z ukasi boshchiligida saralangan qo`shin tuzib, ittifoqchilar yo`liga tuzoq qo`yadi. Arablar ittifoqchilarni tor-mor etib, ularning mol-mulklarini talaydilar.
Qutayba shundan so`ng Samarqandga hujumni kuchaytiradi. Shahar ra'danroz (tosh otg`ich)lardan o`qqa tutiladi. Bu janglarda ayniqsa buxoroliklar, xorazmliklar katta jonbozlik ko`rsata boshlaydilar. Bir oy davomida shahar mudofaachilari Samarqandni qahramonona mudofaa qildilar. Arablar oxir oqibatda shahar devorlarini buzib shahristonga bostirib kirdilar. Samarqand arablarga taslim boladi. Hurak va Qutayba o`rtasida sulh tuzildi.
Qutayba jo`nab ketishi oldidan shaharda o`z ukasi Abdurahmon ibn Muslim boshliq yaxshi saralangan qo`shinni qoldirib ketadi. Lekin matonatli Sug`d aholisining qarshiligi bu bilan tugamaydi. Al-Yaqubiyning yozishicha, 712-yil kuzida Samarqandda arab noibiga qarshi qo`zg`olon ko`tariladi. Ularga turklar yordam beradi. Faqatgina 713 yil bahorida Qutaybaning yetib kelishi bilan shahardagi qo`zg`olon bostiriladi.
Mug` tog`idan topilgan hujjatga ko`ra Qutayba o`zining keyingi yurishlarida Shosh, Farg`ona va Turkiy hoqonlik qo`shinlaridan iborat yana bir harbiy ittifoqning qarshiligiga duch keladi. Sug`d, Choch, Farg`ona ittifoqiga Panjikent hokimi Devashtich ham qo`shiladi. U Choch va boshqa yerlarga o`z elchisi Fatufarnni yuboradi. Fatufarn nomani Choch hukmdori Moxedu tudun (Bahodir tudun)ga topshiradi, Qolgan ikki maktubni Farg`ona elchisi orqali turkiylar hokimi va Farg`ona ixshidiga berib yuborgan.
Qutayba bu o`lkalarni tezda o`ziga bo`ysundirish harakatiga tushadi. Tabariyning ma'lumotlariga ko`ra, Qutayba 713-yil Buxoro, Kesh, Nasaf va Xorazm aholisidan 20000 askar to`plab berishni talab qildi. O`z qo`shini bilan uni qo`shib, qo`shinni 2 ga bo`lib ajratadi. Kesh, Nasaf, Xorazmdan kelgan qo`shin Choch viloyatiga, o`zi esa asosiy kuch bilan Ustrishona orqali Farg`ona vodiysiga yo'1 oladi. Birinchi qo`shin Choch qo`shinini tor-mor etib, Choch viloyatini egallaydi. Qutayba esa Ustrishonda hal qiluvchi jang olib borib Xo`jand va Kosonni zabt etadi.
714-yil Qutayba Turkiy hoqonlikdan harbiy yordam kelish yo`lini ochish maqsadida Choch vohasiga qayta bostirib kiradi. O`sha yili asosiy yo`ldagi Isfijob (Sayram)ni ishg`ol etadi. 715-yil boshida esa Farg`ona podshosi qochib ketishga majbur bo`ladi. Qutayba o`sha yili ishqargacha bо`lgan yerlarni istilo etadi. Hamma viloyatlarga ramardan bо`lgan amirlarni noib etib tayinlaydi. O`sha yili arab xalifasi Volid vafot etadi. Xalifalik taxtiga Sulaymon ibn Abdulmalik o`tiradi. Qutayba Sulaymonga nisbatan g`animlik munosabatida bo`lib, uni qo`llamas edi. Qutayba uni taxtga chiqishidan norozi bo`lib isyon ko`taradi. Natijada bu isyon muvaffaqiyatsiz tugab Qutaybaning o`zi Farg`onada o`ldiriladi (715-y).
Shunday qilib, 10-yil davomida olib borilgan doimiy kurashlar natijasida Movarounnahr xalifalik ixtiyoriga kirsa-da, ammo uning mag`rur aholisi o`zini butkul tobe etilgan deb hisoblamaydi. Shuning uchun ham Qutayba har yili qishlash uchun Marvga jo`nab ketar, bahorda esa yangi kuchlar bilan Movarounnahrga hujum qilar edi. Shuning uchun ham arablar Movarounnahrni egallashda muvaffaqiyat qozondilar. Buning asosiy sabablari quyidagicha edi. Avvalo mamlakatda hukm surayotgan siyosiy tarqoqlik va kichik hukmdorlarning o`zaro kurashlari arablarga juda qo'l kelgan edi.
Bu vaziyatdan ular ustalik bilan foydalanishar edi. Ular kichik davlatlarning o`zaro birlashuviga yo'1 qo`ymaslikka harakat qildilar va buning uddasidan chiqdilar. Arablar o`zaro kurashayotgan hokimlarning biriga ikkinchisini yengishi uchun yordam ko`rsatib, keyin ularning har ikkisini ham birin-ketin bo`ysundirdilar. So`g`dni zabt etishda Qutayba arab qo`shini bilan bir qatorda Xoraztn, Buxoro va Nasafning kuchlaridan foydalangan edi.
Ayniqsa arablar ko`chmanchi jangovar turkiylar bilan o`troq dehqonchilik viloyatlari aholisi o`rtasida ba'zan yuzaga kelgan kelishmovchiliklardan foydalanib, ularni birini ikkinchisiga qarshi qo`ydilar va ittifoqchilarni ajratib yuborishga muvaffaq bo`ldilar. Shu bilan birga, xalifalik Movarounnahrdan harbiy qurol-aslahalar jihatidan unchalik ustun bo`lmasa ham, biroq qo`shin saflarini to`ldirib turish imkoniga ega edilar.
Arablar qo`shiniga muntazam ravishda yangi harbiy kuchlar ichki viloyatlardan safarbar qilib turilar edi. Undan tashqari keskin qarshilik kurashini olib borgan xalq, mahalliy hukmdorlarning xoinona harakatlari, arablar bilan maxfiy til biriktirishlari tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchradi.