O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi o`zbekiston tarixi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə44/83
tarix19.12.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#185855
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   83
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi o-fayllar.org

Buxoro amirligi


Mang`itlar sulolasining asoschisi Muhammad Rahimbiy 174?.yilda eroniy qizil boshlarni tor-mor keltirib, Buxoroda hokiraiyatni to'ia o'z qo`liga olgan edi. U barcha viloyat, shahar va qabilalar boshliqlarini Buxoroga taklif qilib, markaziy hokimiyatni kuchaytirishga qaratilgan dasturini e'lon qilib, bo`ysunmaganlarni qatl qilaman deb ogohlantirdi.
Muhammad Rahimbiy Abdulmo`min (1747-1748), Ubaydulla Sulton (1748-1756) nomlaridan davlatni boshqargan davrida Miyonqal'a, Nurota, Hisor, Qobodiyon, Boysun, Shahrisabz, Urgut viloyatlariga bir necha bor yurish qilib, ularni o’ziga bo`ysundirdi. Bu muvaffaqiyatlar uning rasmiy hokimiyatni ham qo`lga olishiga yo'1 ochib berdi. Abulfayzxonning qiziga uylanib, xoniar avlodi bilan qarindosh bо`lgan Muhammad Rahimbiyga amir unvoni berildi va oq kigizda ko`tarilib oliy hukmdor deb tan olindi. Uning 1757-1758-yillarda markaziy hokimiyatni kuchaytirish uchun olib borgan urushlari bir qancha vayronagarchiliklarga sabab bo’ldi. Xiva xonligiga o’z ta'sirini o`tkazishga muvaffaq bо`lgan Muhammad Rahimbiyni Qo`qon, Balx, Toshkent, Marv va Qunduz kabi mustaqil mulklar hukmdorlari Buxoroning qonuniy hukmdori deb o’z elchilarini jo`natganlar.
1758-yil 24-martda vafot etgan Muhammad Rahimbiy o`rniga mang`it urig`idan bо`lgan Miyonqapa hokimi Doniyolbiy (1758-1785) taxtga ko`tarildi. Doniyolbiy Muhammad Rahimbiyning nabirasi Fozilto`rani xon taxtiga o`tkazib, hokimiyatni o’z qo`lida saqlab qoldi. Markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun yangi soliqlar tizimini joriy qilib, bir qancha ma'muriy chora tadbirlarni amalga oshirgan Doniyolbiy ko’p vaqtini bebosh amirlarni bo`ysundirish, isyonlarni bostirishga sarf qildi. U 1784 yilda Buxoroda ko`tarilgan qo’zg`olon sababli hokimiyatni shahar aholisi orasida obro`liroq bо`lgan o`g`li Shohmurodga topshirdi.
Amiri Ma'sum ("Begunoh amir") nomini olgan amir Shohmurod (1785-1800) o’z hukmronligi yillarida saroyda kamtarona yashab, bir qancha soliqlarni kamaytirdi, Buxoro ahliga tarxon yorlig`ini berib, ba'zi to`lovlardan ozod qildi, xalq orasida zoliraligi bilan tanilgan amaldorlarni jazoladi. Madrasa ta’limini olgan Shohmurod fiqh ilmi haqida "Ayn ul-hikmat" nomli risola yozib, unda ilgari surilgan qoidalarni barcha viloyatlarga joriy etdi. U pul islohoti o`tkazib tijorat ishlarini tartibga soldi, suv inshootlarini yaxshilash bilan ishlab chiqarishning rivojlanishiga zamin yaratdi. Bularning hammasi markaziy hokimiyatning nisbatan kuchayishiga va Shohmurodning umrini oxirigacha davlatni boshqarishiga imkon berdi.
1800-1826-yillarda Buxoro taxtini boshqargan amir Haydar davrida har 3-6 oyda uzluksiz ichki urushlar va qo’zg`olonlar bo`lib turdi. 1800-yilda Qarshi va Kattaqo`rg`ondagi, 1804-yilda Marvdagi, 1821-1825-yillarda Miyonqapa qo’zg’alonlari amirlik siyosiy hayotidagi muhirn voqealar bo’ldi. Ayniqsa, xalq Xiva qo`shinlarining talonchilik vurishlaridan ko’p zarar ko`rar edi. 1806-yilda Eltuzarxon boshliq xivaliklarning hujumini qaytarish uchun butun Buxoro ahli safarbar qilindi va Amudaryo bo`yigacha taqib qilingan xivaliklar daryodan kechib o`tishda ko’p kishilaridan va Eltuzarxondan ajralishdi. Bundan keyin hara Xiva xonligi qo`shinlari amirlik hududiga bir necha bor bostirib kirishgan.
Amir Xaydar hukmronligi davridagi katta qo’zg`olonlardan biri bu MiyonqaPa qo’zg`oloni edi. 1821 yilda amir amaldorlarining Miyonqapa ahlidan xiroj yig`ishdagi talon-tarojga qo'l urganligi sababli qo’zg`olon boshlangan. Qo’zg`olonchilar Kattaqo`rg`on, Chelak, Yangiqo`rg`on hududlarini qo`lga olib amir odamlarini haydab yuborishgan. 1822-yilda Qo`qon va Xiva xonlari hujumini qaytarish bilan mashg`ul bо`lgan amir Haydar qo’zg`olonchilarni bostira olmaydi. Xitoy-qipchoqlar boshchilik qilayotgan qo’zg`olonchilar amirning inisi Is'hoqbekni o’zlariga amir qilib Samarqand va Karmanaga yurish qiladilar. 1825 yil bahorigacha qo’zg`olonchilar bilan arnir o`rtasidagi kurashlar natijasida qo’zg`olonchilarni tamomila yenga olmagan amir yon bosishga, ularning mulki daxlsizligi to`g`risida yorliq berishga va bir qancha amaldorlarni jazolashga majbur bо`lgan.
1826 yilda amir Haydarning uchinchi o`g`li Nasrullo (1826-1860) taxtga o`tirdi. U o’z yo`liga to`siq bo`lishi mumkin bо`lgan akalarini shavqatsizlik bilan qatl ettirdi va bir oy mobaynida kuniga 50-100 kishini qatl qilish bilan "Qassob amir" degan nomni oldi. Ayniqsa urushlar paytida bo`ysunmagan shahar va qishloqlar aholisini qattiq qirg`in qildi.
Amir Nasrullo hokimiyatni qo`lga olgandan keyin Shahrisabz, Kitob hqkimliklari o’zlarini mustaqil deb e'lon qilgan edilar. Boshqa bir qancha bekliklar ham amirga rasmangina bo`ysunishgan. Amir Nasrullo ularni yagona davlatga birlashtirish, markaziy hokiraiyatni kuchaytirish yo’lida qafiyat bilan kurash olib bordi. Bunda u o’zining amaldor xizmatkorlar tabaqasiga va harbiy qo`shiniga tayanib ish ko`rdi. 1840 yilda Amir Nasrullo Xo`jand va o`ratepani Qo`qon xonidan tortib olib Shahrisabz, Kitob, Yakkabog` bekliklarini ham o’ziga bo`ysundirdi va 1842 yilda Qo`qon xonligini egallashga muvaffaq bo`Idi. U yerda Qo`qon xoni Muhammad Alixonni oila a'zolari bilan va shoira Nodirabegimni ham vahshiylarcha qatl ettirdi.
Bu paytda Xiva xoni Olloqulixonning Buxoro hududlariga bostirib kirganligining xabarini eshitgan Amir Nasrullo o’z qo`shinlarini Xiva xonligi yerlariga olib kelib, Xazoraspni qaraal qildi, ammo mag`lubiyatga uchradi. Shuriday og`ir sharoitda ham Amir Nasrullo Buxoro amirligi viloyatlarini birlashtirish uchun kurashni davom ettirdi. Bu kurash 30 yil davom etdi. Shahrisabz bekligini bo`ysundirish uchun Amir Nasrullo 32 marta yutish qilib 1856 yildagina o’z maqsadiga erishdi. Shunday qilib Buxoro hududlarini to`la bo`ysundirgan Amir Nasrullo Buxoromim, so`nggi mustaqil hukmdori bo`lib qoldi. Undan keyin hukmdorlik qilgan Sayid Muzaffarxon (1860-1885) davrida Shahrisabz, Kitob beklari yana Buxoroga bo`ysunishdan bosh tortdilar. Buxoro Rossiya vassaliga aylangandan keyin (1868) bu shaharlar ham ruslarga bo`ysundirildi.
Mang`itlar sulolasi hukmronligi davrida davlat tizimida anchagina o’zgarishlar amalga oshirildi. Amir oliy hukmdor bo`lib, davlat hayotiga tegishli siyosiy, iqtisodiy, diniy va boshqa barcha masalalar uning qo`lida edi. Markaziy ijroiy hokimiyat saroy ayonlaridan tashkil topgan bo`lib, Arkda joylashgan. Davlat boshqaruvida bosh vazir-qushbegi devonbegi, parvonachi, otaliq, dodhox, xudaychi, mirzaboshi kabi saroy ayonlari va shayxulislom, qozikalon kabi diniy rahbarlarning mavqei katta bо`lgan. Mahalliy boshqaruv amir tomonidan tayinlangan viloyat beklari va uning qo'l ostidagi mirshabboshi, soliq yig`uvchi araaldoriar, qozi, rais, qishloq oqsoqollari qo`lida bо`lgan.
Mang`itlar sulolasi davrida amirlik 30 ta bekiik va tumanlardan iborat ma'muriy birliklardan tashkil topgan. Har bir beklik hokimi xirojning bir qismini amirga yuborib turgan.
Buxoro amirligida yerga egalik munosabatlari iqtisodiy hayotda katta ahamiyatga ega bo`lib. yer egaligining davlat xususiy, vaqt kabi turlari bо`lgan. Qishloq aholisining katta qismi yersiz dehqonlar bo`lib, ular ijaraga yer olib ishlaganlar. Shahar aholisining asosini tashkil qilgan hunarmandlar hayoti ham og`ir soliqlar sababli juda qiyin kechgan.
XVIII asr oxiri XIX asr birinchi yarmida Buxoro aholisining umumiy soni haqida aniq ma'iumotlar yo`q bo`lib, taxminan 2 mln. atroflarida bo`igan. Ulaming ko’pchiligini o’zbeklar, shahar va ba'zi qishloqlarda tojiklar, janubiy-g`arbiy tumanlarda ko`chmanchi turkmanlar, kam sonli arab va yahudiylar tashkil etgan.
Buxoro amirligining xalq xo`jaligida dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq sohalari katta ahamiyat kasb etgan. Aholidan xiroj, zakot, boj, to`la, yaksara, nimsara kabi soliqlar undirib olingan.
XVIII asrning ikkinchi yarmida Rossiya-Buxoro savdo va diplomatik aloqalari ancha rivojlandi. Bunda 1774-1776, 1779-80 yiliarda Ernazar Maqsudov boshchiligida va 1797-yildagi Polvonquli qo`rchi elchiliklari katta ahamiyat kasb etdi. XIX asr boshlarida Rossiya-Buxoro aloqalari ancha faollashdi. Bu XIX asrning 20-yillarida O`rta Osiyoga siqilib kirishga harakat qilayotgan vngiizlar bilan ruslar o`rtasidagi raqobatning keskinlashuviga olib keldi. Amirlik qo`shni xonliklar Afg`oniston, Hindiston, Eron davlatlari bilan ham savdo aloqalari olib bordi. Yirik savdo-sotiq markazi bо`lgan Buxoroda 1848 yilda 38 ta karvonsaroy, 9 ta tim va ko’plab bozorlar mavjud bо`lgan.
Buxoro shahri amirlik davrida ham islom dinining markazi hisoblangan. Bu davrda boshlang`ich ta'lim maktabi va oliy ta'lim beruvchi madrasalar faoliyati ham ancha yuksaldi. Bu yerda faqat O`rta Osiyodangina emas, balki Volga bo`ylari, Shiraoliy-G’arbiy Hindiston, Afg`oniston va boshqa mamlakatlardan ham bilim olish uchun talabalar kelisbar edi. Bu paytda Buxoro amirligining bar bitta shaharida madrasalar bo`lib, Buxoro shahrining o’zidagi 103 ta madrasadan 60 tasi asosiy ta'lim maskani sifatida mashhur bо`lgan. Madrasada o`qitish 3 bosqichda amalga oshirilgan bo`lib, uning barcha xarajatlari, mudarrislar va boshqa xizmatchilarning maoshi, talabalar nafaqasi, kutubxona xarajatlari va boshqalar madrasaga biriktirilgan vaqf yerlaridan keladigan daromad hisobiga qoplangan. Madrasada fiqh, shariat asoslari, adabiyot, til, tarix, falakiyot, tnantiq, falsafa, matematika fanlari o`qitilgan bo`lsa ham dunyoviy ta'limga nisbatan diniy ahloqty ta'lim berishga asosiy e'tibor qaratilgan. Bu davr madaniy hayoti haqida adabiyot, tarix, hattotlik, musiqa san'ati yodgorliklart, me'morchilik obidalari muhim ma’lumotlar beradi.
XIX asr adabiy hayotining ko’zga ko’ringan namoyondalari Mirzo Sodiq Munshiy, shoir Hoziq, shoir Mujrim, Muhammad Sharif Shavqiy, Mulla Qurbon Xiromiy, Ahmad Donish (1827-1897), Ochildi Murod, Meri Kattaqo`rg`oniy (1830-1899) va boshqalar o’z asarlari bilan adabiyot rivojiga katta hissa qo’shganlar. "Mang`it hukmdorlari tarixi" she'riy usulda bitilgan asarlar, "Chor darvesh", "To`tinoma", Poraxo`r qozilar", "Murid ovlovchi" kabi asarlar bu davr adabiyotining ajoyib namunalaridir.
Mang`itlar hukmronligi davrida ham o`rta asr tarixnavisligining yetakchi an'analari saqlanib qolganligini quyidagi asarlarda ko`ramiz: Mullo Ibodullo va Muhammad Shariflarning "Tarixi amir Haydar" va "Dastoni amironi mang`it", Mirolim Buxoriyning "Fathnomayi-sultoniy", Mirzo Abdulazim Somiyning "Tarixi salotini mang`itiya", "Dahmayi shohon" kabi asarlari, Muhammad Sharif ibn Muhammad Naqining "Toju tavorix" asarini, Ahmad Donishning "Mang`itlar xonadoni hukmdorlari tarihadan qisqsch risola asarina va Mirzo Sodiq Munshini “Tarihiy silsiloti Mangitiya” (“Mang’it hukumdorlari tarihi”) asarlari mangit amirlari tarixi haqidagi birlamchi manbalardir.
XVIII asr ikkinchi yarmi-XIX asr birinchi yarmi Buxoro amirligi me'morchiligi o’ziga xos uslubda rivqjlandi. Bu davrda amirlikning bir qancha shaharlarida masjid va madrasalar bunyod etildi. Buxoro shahrida qurilgan Domullo Tursunjon (1796-1797) madrasasi, Xudoydod me'moriy majmuasi (1777-1855), Emazar elchi madrasasi (1795), 1807 yilda qurilgan Chorminor majmuasi, Qarshida qurilgan Mir Muhammad madrasasi kabi me'moriy yodgorliklar o’zbek xalqining noyob madaniy merosidir.


Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin